2.2. Farzand kamolotida ota-onalarni shaxsiy namunalari.
Bolalar ma`naviy dunyosining o`ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni
obro`yli siymo, namuna deb bilishlari, ulardan maslahat olishlari, taqlid qilishlari
va lozim bo`lgan paytda xar qanday yordamni olishlariga ishonch hosil
qilishlaridir. Hech qanday narsa bolalarga namuna kuchidek ta`sir ko`rsata
olmaydi.Namuna taqlid uchun asosiy manba rolini o`ynaydi. Shaxsiy namuna esa
tarbiya olish sifatida o`sib kelayotgan yosh avlodning ongiga va xulqiga ta`sir
ko`rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faolijatlari
YiG`indisidir. Bolalar ruhining o`ziga xos xususiyatlaridan biri, ko`pincha o`zi
sezmagan holda, o`z oldida namuna olsa arziydigan, taqlid qilishga loyiq, biror-bir
ijobiy shaxs bo`lishini juda xohlashidir. Bolalarda etarli darajadagi bilim va tajriba
yo`qligi sababli, ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila
boshlaydilar. Yoshlari ulg`aya borishlari bilan kattalarga taqlid qilishi ham
o`zgacha ma`no kasb eta boradi.
Masalan, bolalar o`smirlik yoshida kattalarning xulqi va muomalasini
tanqidiy baxolay boshlaydi, natijada ularni u yoki bu xatti-harakatlariga aqli etib,
uni tushunib hamma vaqt ham taqlid qilavermaydi. O`zi uchun mas`ul bo`lgan
xatti-harakatlarigagina taqlid qiladi. Maktabgacha yoshda esa, buning aksi bo`ladi.
Oilaviy tarbiyada, ayniqsa, mustahkam o`zbek oilalarida otaning roli nihoyatda
ulkan. Chunki oilada er hamma vaqt bolalarning va turmush o`rtog`ining doimiy
23
tayanchi bo`lib kelgan. Shu sababli oiladagi o`g`il doimo otasiga taqlid qilgan.
Xalqimizning dono maslahatlarida o`g`il tarbiyasida otaning roli ulug`lanib
kelingan. Ota-ona namunasi bolalar uchun ko`rgazmali hayot darsidir. Otaning
onaga, ona mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a`zolariga bo`lgan munosabati bola
qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma`qul yoki noma`qul ishlari xaqidagi dastlabki
tushunchalarni vujudga keltiradi. Maqsadsiz tarbiya natijalarini hisobga olmasdan
qilingan ota-onalar mehnati baribir samarasizlik bilan tugaydi.
Og`zaki so`zlar emas, balki ongli, o`ylab qilingan ishlar bola ongi va qalbiga
borib etadi. Bola odatda, ko`p vaqtini oilasi davrasida o`tkazadi va kattalarning
qiliqlari, o`ziga xos xususiyatlarini osonlik bilan qabul qiladi. Oila muhiti – bu
qandaydir alohida uzib olingan tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta
yoshdagi kishilarning xar taraflama olib borgan tarbiyaviy ishlarining natijalari,
oila a`zolarining o`zaro yuksak axloqiy munosabatlarining yig`indisi va
kattalarning ijobiy ta`sir ko`rsatish namunasining natijasidir. So`z qudratli kuchga
ega. Donolar fikrlaricha, yumshoq Mehribonlik bilan aytilgan so`z shunday
qudratli kuchki, uning bilan xech qanday jazoni tenglashtirish mumkin emas.
Oiladagi totuvlik, o`zaro hurmat, mehr-muxabbat, kelishuvchanlik kabilar
ota-onalar bilan bolalar o`rtasida ruhiy muhitni qaror toptiradi, ularning kamolotiga
ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Oilaviy tarbiya ota-onalarning o`z farzandlariga mehr-
muxabbatda bo`lishlariga va bolalarning ota-onlarini chuqur sevishlariga
asoslanganligi uchun ham ko`proq ahamiyat kasb etadi va boshqa tarbiyalardan
farq qiladi. Ota-onalarning mehr-muxabbati jagona ulkan hissiyotdir, u ajoyiblarni,
jangi odamlarni jaratadi, axloqiy qadr-qimmatni vujudga keltiradi. Lekin ular
bolalarning nomaqbul tarbiyasi sababchisi ham bo`lishi mumkin. Hayotda onaning
meyordan ortiq sevgisi bolaga baxtsizlik keltirishi ham mumkin, bo`lgan xollarni
uchratish mumkin. Oiladagi ota-onalar, bobo va buvi, hattoki kata yoshdagi aka-
uka hamda singillarning o`zaro munosabatlari oilaning boshlang`ich jamoa sifatida
hayot tarzini va o`ziga xoslikni vujudga keltiradi.
24
Obro`y qozonish juda murakkab masala, buning uchun birinchi navbatda
to`g`rilik, xalollik bo`lishi lozim. Bola kattalarning so`zlari, xatti-harakatlari, ja`ni
berayotgan va`da, yurakdan qilinayotgan muammolariga yoki do`q –
po`pisalaridan qat`iy nazar, ularga ishonishi lozim. Bolalarga turli-tuman va`dalar
berishda juda ham ehtiyot bo`lish tavsija qiladi. Berilgan va`da bajarilmay qolsa,
uni to`g`ri dalillar bilan asoslash lozim. Oilaviy ijobiy an`analarini bajarish
jarayonida katta yoshdagi kishilarning namunasi bolalarni o`ylashga, fikrlashga
iytimoiy hayotni tushunishga majbur qtadi. Chunki an`analar ma`naviy omillar
sifatida bolaga hayotning u yoki bu jabxasida qanday yaxlit tadbir qo`llash,
o`zining yoki boshqalarning xulqiy muammosini baxolashga yordam beradi.
Katta avlod vakillarning oilada bo`lishlari faqat bolalar kamolotiga
g`amxo`rlik bilan cheklanmay, balki ularning tarbiyasiga ham ijobiy ta`sir etadi.
Bunday yordam omillari ichida ota-onlar va kata yoshdagi kishilarning oila
mustahkamligi va qon-qarindoshlik xissiyotlarining uzviy birligi asosiy rol
o`ynaydi. Natijada oilaviy tarbiyada bolalarga shakllantirish lozim bo`lgan
umumiy ijobiy Kamolot, xarakter, qat`iylik, izchillik kabi ijobiy sifatlar faqat ota-
onalar tomonidagina emas, balki kata avlod vakillari, xatto qarindosh-urug`lar
tomonidan ham nazorat qilinadi. Katta avlod vakillari bo`lmagan, ajralgan yoki
alohida yashovchi oilalarda bolalarga ko`rsatilgan tarbiyaviy ta`sir ayollari qisman
farqlanadi. Chunki avvalo, ota yoki onasining yo`qligi, ikkinchidan, bobo yoki
buvisining yo`qligi bolalarning ruhiy kamolotiga albatta, u yoki bu darajada salbiy
ta`sir ko`rsatadi. Bu masala xozirgi kunda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki ota-onalarning ajralishi ko`payib bormoqda.
Qishloq joylarda ota-onalarning barcha mehnat faoliyatlari bolalar ko`z
o`ngida sodir bo`ladi. Shu sababli ular bolalarni tarbiyasiga xaqiqiy halol
mehnatlari orqali ta`sir ko`rsatadilar. Ularni shahar oilalari tarbiyasidan to`g`ridan-
to`g`ri ajratib turadigan ustunliklari ham mana shundadir. Shahar oilalari
tarbiyasida bu masala ko`proq ota-onalarning, katta yoshidagi kishilarning suhbati,
ertak va hikoyalari, sayohat va o`qigan kitoblari asosida amalga oshiriladi.
25
Tarbiya jarayonida ota-onalar bolalarni (ayniqsa kichkintoylarni) uy-ro`zg`or
ishlariga tortishlari nihoyatda muhimdir. Lekin, oz bo`lsa-da, shunday ota-onalar
ham borki, ular bolalarning maktabda metallom yig`ish, gul va daraxt ko`chatlari
o`qazishlariga tortilishini quvvatlamaydilar. Ularning fikricha, bunday "mayda"
ishlar bolalarning oiladagi, maydonchadagi shaxsiy ishlariga xalaqit berar emish.
Ayrim ota-onalar esa bolalariga kasblar xaqida noto`g`ri tushuncha berishadi.
Ularning fikricha, kasblar ichida ma`qullari, shuningdek, oilalari sha`niga mos
kelmaydigan kasblar borligini ta`kidlashadi. Bolalari tomonidan ota-onalarning
bilim, obro`ylariga mos kelmaydigan kasbning tanlanishi ularning g`ururiga, izzat-
nafsiga tegar emish va xokozo. Bolani nafaqat u bilan gaplashganda, nasixat
qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman, deb o`ylash
noto`g`ri. Siz bolani turmushingizning har bir daqiqasi o`zingiz uyda
yo`qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va
boshqalar
xaqida
qanday
gaplashishingiz,
xursand
bo`lishingiz
yoki
tashvishlanishingiz, do`st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz,
kulishingiz, gazeta o`qishingiz va hikoyalarning hammasi bola uchun katta
ahamiyatga ega. Gapingiz ohangi sal o`zgarsa ham, bola buni darrov payqab oladi
yoki sezadi, bola fikringizdagi hamma o`zgarishlarni xar xil yo`llar bilan bilib
oladi, lekin o`zingiz bundan bexabar bo`lasiz. Agar siz uyda qo`pollik yoki
maqtanchoqlik qilsangiz – siz bolalaringizga nihoyatda katta zarar etkazgan
bo`lasiz, ularga yomon tarbiya bergan bo`lasiz va sizning bu nojo`ya
qiliqlaringizning oqibati juda yomon bo`ladi.
Yuqorida ta`kidlaganidek, hayotda ko`plab namunali va obro`li mustahkam
oilalar ko`p. Bunday oilalarda ota-ona halol mehnat bilan mashg`ul bo`lsa, bola
ularni hurmat qilishga majburdir. Ba`zi oilalarda esa, ota-onalar bolalariga namuna
bo`la olmaydilar. Bunday oilalarda ishyoqmas, ko`cha bozori, erkatoylar kamol
topadi. Bizning nazarimizda, bolalari bilan do`st, ularga diqqat-e`tibor bilan
qaraydigan, qayg`ulariga hamdard, xursandchiliklarini baham ko`ruvchi,
talablarida sabrli, bolalariga doimo ma`naviy ko`maklashuvchi ota-onalargina
26
xaqiqiy ma`noda namuna bo`la oladilar. Ularning obro`si xalol mehnatlari bilan,
do`stona munosabatlari, kerak bo`lsa xatto, ayblari uchun kechirim so`rashlari
bilan mustahkamlanadi.
Oilaning
xar
tomonlama
mustahkam
bo`lishi-bola
tarbiyasining
poydevoridir deb bejiz aytilmaydi. Chunki oila qanchalik mustahkam bo`lsa,
bolalar tarbiyasi shunchalik to`g`ri va ijobiy bo`ladi. Shuning uchun ham o`zbek
xalqimizda "qush uyasida ko`rganini qiladi", deb bejizga aytilmagan. Demak, bu
fikrlardan bolaning kelajakda qanday inson bo`lib etishishi, uning bolalikda o`z
ota-onasi qo`ynida olgan tarbiyasiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun bola
tarbiyasiga juda ehtiyotlik bilan yondashish zarur. Bola oilada yaxshi tarbiya topib,
buzuq xulqlardan saqlanib, go`zal xulq va fazilatlarga odatlanib katta bo`lsa, u
Baxtiyor inson bo`ladi. Bu ota-ona baxtidir. Bu o`rinda atoqli pedagoglarimizdan
A.Avloniyning "tarbiya yo hayot, yo mamot, yo nayot, yo xalokat, yo saodat, yo
falokatdir",-degan fikrini keltirish joiz bo`ladi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev "oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi
shuki, avvalambor qaerda ishlashidan qat`i nazar, kim bo`lishidan qat`i nazar agar
oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e`tibor
bermasa, hech qachon natija bo`lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning
tarbiyasiga juda katta e`tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham
alohida o`zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini
bilaman, orzusini, istagini bilaman"-deb aytadi. Bugungi kunda biz hech kimdan
kam bo`lmaydigan demokratik davlat, xalqimiz uchun ozod va farovon hayot
qurish maqsadlari bilan yashar ekanmiz, oila institutini yanada mustahkamlash, bu
borada olib borayotgan ishlarimizni yangi bosqichga ko`tarish alohida ahamiyat
kasb etadi,
Prezidentimizning yuqorida keltirilgan so`zlari negizida juda katta ma`no-
mohiyat bor. Chunki oila sog`lom ekan – jamiyat va bolalar tarbiyasi mustahkam.
Tarbiya mustahkam ekan, mamlakat barqaror. Bu isbotsiz qabul qilinadigan
aksiomadir. O`zbekiston oilalarining ma`naviy-ahloqiy salohitini tiklashga
27
yo`naltirilgan faoliyatining kontseptual asosi sifatida quyidagi tamoyillarni
keltirish mumkin:
1. Farovon va ijtimoiy to`kis oila, sog`lom va barkamol avlodni
tarbiyalashni oliy qadriyat sifatida tan olish;
2. Ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida biznes - tuzilmalarni
davlat oilaviy siyosati amaliyotiga faol jalb etish;
3. Aholi turmush darajasi va sifatini ta`minlashni oilaviy
siyosatning ustuvor yo`nalishiga aylantirish;
4. Aholida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish va shu asosdagi
hulq-atvorni shakllantirish;
5. Mamlakatimizda tinch-totuv hayot, xalq farovonligini yanada
mustahkamlash garovi sifatida oilalarda sog`lom ma`naviy muhitni yaratish. Bu
tamoyillar bizningcha, oilani qo`llab-quvvatlash maqsadidagi ijtimoiy loyihalar va
davlat dasturlarni shakllantirishning majburiy shartlari sifatida qabul qilinadi. Shu
tariqa, yosh oilalarni qo`llab-quvvatlash maqsadini amalga oshirishda – mazkur
holatlarni asosli deb bilish va o`z o`rnida ularni aniq vazifalarni echimini topishda
qo`llaniluvchi yordam shakllarida samarali foydalanish mumkin.
Shubhasiz farzand dunyoga kelar ekan, oila mustahkamlanadi. Farzandning
sihat-salomat kamol topishi ota-ona hayotining eng asosiy mazmuniga aylanadi.
Xususan, Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi "xotin-qizlarni qo`llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni hamda 2018 yil 27
iyundagi
"O`zbekiston
Respublikasida
oila
institutini
mustahkamlash
kontsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida"gi qarorida nazarda tutilgan asosiy masala
jamiyatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni va nufuzini yuksaltirish, qonuniy
huquq va manfaatlarini samarali himoyalash hamda onalik va bolalikni har
28
tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar mustahkamligini ta`minlash orqali har bir
insonning baxtli hayot kechirishini ta`minlashga qaratilgan. Biroq, afsuski, hech
narsaga qaramay ajrashishni maqsad qilgan er va xotinlar yo`q emas. Quyida
ajrimlar, ularning sabablarini tahlil qilish jarayonida aniqlangan holatlarga to`xtalib
o`tamiz.
Ko`p hollarda azaliy qadriyatlarni unutish, oilada er-xotin o`rtasida
munosabatlar to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi oilaviy ajrimlarga sabab bo`lmoqda.
Xususan, farzandlarini birga tarbiyalab, risoladagidek yashab kelayotgan er yoki
xotindan birining o`ylamay gapirgan bir og`iz so`zi va ikkinchi tomonning jahl
ustida qaytargan javobi oxir-oqibat oilaning buzilishiga olib kelmoqda. Bu esa
farzandlarning yo ota, yo ona mehridan, tarbiyasidan mosuvo bo`lishiga sabab
bo`lmoqda. Oilada farzand tarbiyasida sinalgan tarbiya metodlaridan biri –
namunadir. Bobo, buvi, ota-ona, bola atrofidagi katta yoshdagi kishilarning xatti-
harakatlari,
yurish-turishlari,
muomalasi,
o`zlarini
tutishlari,
tarbiyaga
munosabatlari namuna sifatida juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bolaga
aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi asoslari ota-ona namunasi asosida singdirib
boriladi.
Ota-ona farzand oldida o`z aql-zakovati, muomalasi, kiyinishi, qat`iyatligi,
mehnatsevarligi, oila yuritishda adolatparvarligi bilan namuna bo`lmog`i zarur.
Bola xarakteriga ota-onaning o`zaro janjallari, oilaga, jamiyatga, atrof-muhitga
salbiy munosabati, yolg`on so`zlashi, qat`iyatsizligi, kiyinishida, ro`zg`or
yuritishidagi pala-partishligi, mehnatni sevmasligi tezda o`zining salbiy ta`sirini
ko`rsatadi. Ota-onaning bir-biriga nisbatan yuksak ahloqiy munosabatini ko`rgan
bola kelgusida oila qurganda o`z turmush o`rtog`i bilan shunday yashashga tayyor
bo`lib boradi. Hayot ilmida ona qiz bola uchun, ota esa o`g`il bola uchun ustoz,
murabbiydir. Dono xalqimizda "onasini ko`rib qizini ol, raxini ko`rib bo`zini ol"
deb bejiz aytilmagan. Oila tarbiyasida uzluksizlik oimli - tarbiya onaning kornidan
boshlab oila, ta`lim muassasalari ya`ni maktabgacha ta`lim tashkiloti, maktab, o`rta
29
maxsus kasb hunar kollejlari, oliy ta`lim, jamoachillik, mahala va hokazolarning
muvafaqqiyatli mehnatlarning samarali tashkil etishdan iborat.
Shu o`rinda N.K.Krupskaya maktab, oila va jamoachillik birgalikda ish olib
borgandagina yosh avlodni tarbiyalashda muvafaqiyatga erishish mumkin deb
hisoblaydi.Yoshlar shaxsini tarkib toptirishdan barcha tarbiyalovchi kuchlar
uzluksizllikda ish olib borilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib,
bolani faqat ayrim kishilargina tarbiyalab qolmaydi,balki oilaviy ta`lim va butun
maktab jarayoni tarbiyalaydi, ko`cha kuy tarbiyalaydi, ta`lim muaassasalari, butun
tevarak-atrofdagi sharoit, butun ijtimoiy tuzum tarbiyalaydi, jamiyatdagi voqea va
hodisalar tarbiyalaydi.
Oilada bola tarbyasining uzluksiz muhim tamoiyllaridan qo`yidagilarni keltiramiz:
oilada tarbiyaning ilmiy merosga asoslanganligi:
oilada tarbiyaning xayotiy tajribaga asoslanganligi:
oilaviy tarbiyada bo`sh vaqtlarni samarali tashkil etish asoslari:
oila tarbiyasida mehnatsevarlikni tashkil etish yo`llari:
oilada bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalash:
oilada yaxshi fazilatlarni vujudga keltirish:
oilava bolani halollika tarbiyalashning muhim vositalari va hok.
Ba`zi oilalarda bolalarni tarbiyalash ishining hammasi onaga yuklab
qo`yiladi, ota esa bu muhim vazifalarga kam e`tibor beradi. Bola tarbiyasiga
yondashish, otaning o`z farzandini tarbiyalash ishidan chetda turishi bu katta
xatodir. Oila tarbiyasi asosan ota-onalar va oilaning yoshi katta a`zolari tomonidan
amalga oshiriladi. Oila tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish ko`p jihatdan oilada
ham ota, ham onaning bo`lishi, ularning birdamlik va tenglikka erishishi, kuch-
g`ayratlarini
birlashtirishiga
bog`liqdir.
Shu
nuqtai
nazardan,
Birinchi
Prezidentimiz I.A. Karimov "Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo`l qo`ymaslik
uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma`naviy iqlimni o`zaro hurmat, axloq-odob,
insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo`lur edi. Bu haqda gapirganda,
30
men mumtoz yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning «O`tkan kunlar» asaridagi
qahramonlarning o`zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik
farzandlarini ham «siz"lab gaplashishi misolida ota-bobolarimizning oila
ma`naviyatiga qanchalik katta e`tibor berganiga ishonch hosil qilaman» , deb
yozgan edi.
Ota-ona o`rtasidagi o`zaro totuvlik va hurmat farzandlarga munosabat
yanada mustahkamllanib, oilaviy munosabatlarda mehr-muruvvatning yangi-yangi
xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Biroq, hayot g`oyat murakkab bo`lib, ota-
ona va farzandlar munosabati har doim ham bir maromda, bir tekis davom
etavermaydi. Xuddi jamiyatning o`zi kabi, oilaviy munosabatlarda ham ba`zan
yuksalish va inqirozlar, anglashilmovchiliklar, adashishlar sodir bo`lishi, o`zaro
muloqotlarda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
31
XULOSA
Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
Har bir yilning bir-biri bilan bog‘liq holda nomlanishi va bu borada amalga
oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Ushbu yillar orasida “Oila yili”,
“Sog‘lom avlod yili”, “Sihat salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Barkamol
avlod yili”ning dasturlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning bosh
g‘oyasi mazmunida xalqimiz, Vatanimizning ravnaqi, oilalarning baxtli hayoti
mujassamdir. Bu ishlarning zamirida xalq farovonligi, oila totuvligi, oilaviy
munosabatlarning ijobiy qaror topishi singari hayotiy ko‘nikmalar yotadi.
O‘zbek oilasi qadimdan ezgulik va sadoqat, ahillik va poklik timsoli bo‘lib
shakllangan va bugungi kungacha xalqimiz bu an’anani muqaddas saqlagan holda
asrlar silsilasidan o‘ta oladi. O‘zbek oilasida an’anaviy tarbiya hamisha bosh
mezon bo‘lib kelgan va undagi ma’naviy muhit muhim o‘rin tutadi. Shaxs
ma’naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodiga oid ko‘nikmalar asosan
oila sharoitida shakllanadi. Oila ibrat maktabi, tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i,
g‘oyaviy tarbiyaning omilidir.
Oilada ma’naviy tarbiyani shakllantirishda ota-onaning vazifalari keyingi
kichik mavzudan joy olgan bo‘lib, jamiyat uchun zarur hisoblangan farzandlarni
ruhan va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazish ota-onaning nafaqat shaxsiy
ishi, balki ijtimoiy burchi ekanligi ta’kidlanadi.
Oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bilimli, aql-zakovatli,
uddaburon, zukko, ruhan va ma’naviy barkamol insonni voyaga yetkazish,
shuningdek, oila an’analarini, shajarasini davomiyligini ta’minlash, farzandni
bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, giyohvandlik maishiy nopoklik, axloqsizlik kabi
illatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi fikrlar mavzuning ikkinchi kichik bobida
bayon qilingan.
32
Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali yoshlarni milliy
vatanparvarlik, isnosnlarparvarlik g‘oyalariga, umuminsoniy qadriyatlarga
sadoqatli qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri
mahallada tashkil etiladigan tadbirlarda, yaxshilik va og‘ir kunlarda
mahalladoshlar orasida bo‘ladigan oqibatli ishlardan farzandlarni ogoh etish va
ularning yoshlariga va jinslariga qarab tadbirlarda ishtirok etishlarini
ta’minlashdan iboratdir. Umuman olganda o‘zbek oilasi hamisha ma’naviy
tarbiyaga alohida e’tibor berilgan holda odob doirasidagi ko‘rinishlarda tarbiya
mezoniga tayanadi. O‘zbek oilasida ma’naviy tarbiyani shaklantirish va unga
alohida e’tibor berish haisha bosh vazifa bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Ota-onalik maqomiga aloqador munosabatlarni tashqarida boshqalarga ham
qo‘llashga ko‘nikib boradi. Shuning uchun to‘ng‘ichlarda kirishimlilik, kichiklarga
g‘amxo‘rlik, mustaqil qarorlar qabul qilishga, mas’uliyatni bo‘yniga olish va
liderlikka moyillik rivojlanib boradi.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |