Microsoft Word dahshat ziyouz com doc



Download 307,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/74
Sana16.06.2021
Hajmi307,24 Kb.
#67498
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
dahshat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

pashshaning amri bilan tuxumni yerga qo‘yib, ustiga qozonni to‘ntardi va toshbaqani 



qo‘yib yubordi. Pashsha bir somon parchani ushlab qozonning qoqtepasiga qo‘nib turdi. 

Toshbaqa qozon atrofida aylana berdi, aylana berdi. Oxiri qozon yorilib chilparchin bo‘ldi, 

ammo hech qanday tovush chiqmadi. Toshbaqa bilan tuxum ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qozon 

yorilgan vaqtda allaqayoqqa borib tushgan pashsha, ushlab turgan somon parchasini 

keltirib Said Jalolxonga berdi va g‘ing‘illadi: 

—  Mana shuni tering orasiga tiqsang, ko‘zdan g‘oyib bo‘lasan. Sen hammani 

ko‘rasan, seni hech kim ko‘rmaydi. 

Qishloqda kimda qancha ko‘knor bo‘lsa hammasi seniki bo‘ladi. 

Said Jalolxon darhol bir cho‘p bilan bilagini tirmalab, somon parchani terisi orasiga 

joyladi va qanday ko‘zdan g‘oyib bo‘layotganini ko‘rib turdi: boshlab kavshining uchi, 

so‘ngra birdaniga tizzasigacha oyog‘i ko‘rinmay qoldi... 

Tamom ko‘zdan g‘oyib bo‘lganidan so‘ng Said Jalolxon tikka o‘zining ulfati mulla 

Shamsiddinning uyiga bordi. U eshik oldidagi supada, oldida bir g‘alvir mayiz, cho‘pini 

terib o‘tirgan edi. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning yoniga borib o‘tirdi. Mulla 

Shamsiddin uni ko‘rmadi; g‘alvirga qo‘l solib bir changal mayiz oli — payqamadi. 

Said Jalolxonga uning bir qadoqqa yaqin ko‘knorisi borligi ma’lum edi, shu ko‘knorini 

izlab uyga kirdi. Hujrada bir qadoq emas, bir lingcha ko‘knor bor ekan. Said Jalolxon 

ko‘knorining hammasini qo‘tarib jo‘nadi; uni hujrasiga qo‘yib yana ko‘p joylarga bordi, 

hatto yuk avtomobilining kapoti ustiga ayri minib shaharga ham tushib chiqdi. Hech 

qaerda bunday ulgurji g‘animat uchramadi. Said Jalolxon yiqqan ko‘knorini uyning 

o‘rtasiga to‘kib, qancha vaqtgacha yetishini mo‘ljallab ko‘rdi — olti oyga yetar ekan. Bu 

atrofda ko‘knor qolmadi-ku, olti oydan keyin nima bo‘ladi? Said Jalolxonni vahima bosdi. 

Birdan uning esiga bir narsa tushdi: modomiki, uni hech kim ko‘rmas ekan, kolxoz 

raisining oldiga borib "bu yil paxta atrofiga ko‘knor ektirib berasan" desa nima qiladi? 

Said Jalolxonga bu fikr shuncha yoqdiki, aqli ko‘payib boshi kattaroq bo‘lganini sezdi. 

Said Jalolxon tikka kolxoz idorasiga bordi. Rais o‘zi yakka qatiq ichib o‘tirgan ekan. Said 

Jalolxon har holda avval o‘zini bir sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi: qani, rais ko‘radimi, yo‘qmi? 

— 

Assalomu alaykum!— dedi raisga ro‘para bo‘lib. 



Rais tovush qayoqdan kelganini bilmay alangladi, so‘ngra qo‘rqib, rangi o‘chdi-da, 

mo‘ylovida qolgan qatiq yuqini yengi bilan artib, sekin o‘rnidan turdi. 

— 

Qo‘rqma, qo‘rqma! — dedi Said Jalolxon dadillanib,— senga ham arz, ham farmon 



qilgali keldim: bu yil paxta atrofiga ko‘knor ektirasan. 

Rais hushi yo‘q, javob berdi: 

— 

Majlis qilib o‘rtaga solish kerak... 



— 

Majlis qilasanmi, ma’raka qilasanmi, ertaga ish boshlamasang, kechasi uyingga 

kafanlik kiraman. Men arvoh bo‘laman!.. 

Rais rozi bo‘ldi. Said Jalolxon raisning oldidagi qatiqni qo‘shqulog‘i bilan olib chiqib 

ariqqa tashladi. 

Shunda uning boshiga yana bir fikr keldi va bu fikrdan boshini yana ham kattaroq 

bo‘lgan his qildi: "Modomiki, paxta atrofiga ektirish qo‘limdan kelar ekan, nima uchun 

hamma yerga ko‘knor ektirmayman?" 

Said Jalolxon qaytib kirdi, bor tovushi bilan baqirdi: 

— 

Hamma yerlaringga ko‘knor ektirasan! 



Rais ko‘ndi. Said Jalolxon ketdi. Yo‘lda uning boshiga yana bir fikr keldi: "Raisga qilgan 

do‘qimni hukumatga qilsam, o‘zimni xon ko‘tara olmaymanmi?" 

Bu fikrdan uning kallasi yana ham kattaroq bo‘lib, juda og‘irlashib ketdi. "Aql kallani 

bunday katta qilsa va bunday og‘ir bo‘lsa, - der edi u ichida,— Aflotunning o‘z ajali bilan 

o‘lganiga ishonmayman, uni albatta kallasi bosib o‘ldirgan". 



Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor 

 

 




Download 307,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish