Microsoft Word dahshat ziyouz com doc



Download 307,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana16.06.2021
Hajmi307,24 Kb.
#67498
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
dahshat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

U hujraga kirishi bilan birvarakayiga go‘yo qiyomat qo‘pdi. Ko‘chada yugur-yugur



shovqin, itlar vangillagan, tovuqlar qiyqillab qochgan; gursillab devorlar yiqiladi, 

sharaqlab daraxtlar qulaydi... Qandaydir bir xotin qichqirdi: 

— 

Kim ekan u, bizga ko‘knor ektiradigan!.. 



Bu tovush hammayoqni larzaga keltirdi. Hujraning devorlaridan chang yog‘di, tokchadagi 

mis lagan jangillab ketdi. 

Said Jalolxon tezdan mulla Shamsiddinning oldiga bordi va o‘z terisi orasidagi somon 

parchasini sindirib yarmini unga berdi. Ikkovi dashtga chiqib baravariga na’ra tortdi. 

Ko‘z ochib yumguncha necha ming piyoda va suvori kishilar paydo bo‘ddi. Bularning 

hammasi kuloh kiygan va tug‘ ko‘targan edi. Ming-ming toshbaqa ming-ming qozon 

atrofida aylanib, ko‘zga ko‘rinmaydigan necha yuz ming lashkar bo‘ldi. Bu yerning o‘zida 

unga "Said Jalolxoni sohibqiron" deb nom berildi va xon ko‘taribdi. Mulla Shamsiddin 

unga vazir bo‘ldi. 

Musulmonobod yo‘lida g‘azotni boshlash uchun hamma narsa tayyor, faqat yarog‘-aslaha 

yo‘q edi. Afg‘onistonga o‘tib ketgan ko‘r Shermatga Said Jalolxoni sohibqiron nomidan 

darhol noma yozildi. Nomaga javob ham keldi. Javobda ko‘r Shermat "necha ming sipohi 

bilan yo‘lga chiqdim, Sizga o‘z belimdagi shamshirimni yubordim", debdi. 

Shunday qilib, ish borgan sari katta bo‘lar va ish kagta bo‘lgan sayin Said Jalolxonning 

kallasi og‘irlashar edi. 

Xudo allaqaysi tog‘ning g‘orida "Qirarman"va "Yig‘arman" nomli ikki maxluqni Said 

Jalolxonning xon bo‘lishiga atab boqib yurgan ekan; yarim odam, yarim maymun 

kiyofasidagi bu ikki jonivor kelib xonga salom berdi va har qaysisi o‘z hunarini aytdi. 

Kirarman - ro‘para kelgan kishining kallasini uzib tashlar, Yig‘arman — kallasiz tanalarni 

sarjinga o‘xshatib taxlar yekan. Said Jalolxon ko‘p xursand bo‘ldi. U, qo‘zg‘algan 

qishloqni qilichdan kechirgani bu jonivorlarning yoniga necha ming so‘filardan qo‘shib 

berdi. Ular, dashtni changitib ketar ekan, orqalaridan Said Jalolxon qichqirib qoldi: 

— 

Qiringiz! Quritingiz! Ekindan ko‘knor, jon egasidan toshbaqa bilan pashsha qolsa



bas! 

Bular ketgandan keyin Said Jalolxon gayratiga chidolmay shamshir sug‘urdi va havoda 

o‘ynatib, askarga farmon berdi: 

— 

Ot qo‘yingiz! G’azot! Qishloqqa ot qo‘yingiz! 



Oldinda xon, ko‘rinmas askar quyunday borar edi. Banogoh Said Jalolxonning ko‘zi 

qarshidan ot qo‘yib kelayotgan mulla Shamsiddinga tushdi. Mulla Shamsiddin kelib 

otdan tushdi, xonning oyog‘ini o‘pdi. 

— 

Qishlokda askarlar bor. Yaqiniga borishning sira iloji yo‘q,- dedi. 



Qishloq tomonda yana chang ko‘rindi. Yig‘arman kelar edi. U ham kelib otdan tushdi va 

xonning oyog‘ini o‘pib, zo‘r musibatdan darak berdi: 

— 

Qirarman shahid! — dedi. 



Said Jalolxon ishongan tog‘i xususidagi bu xabarni eshitib oh tortdi va otdan yiqildi

boshi bilan tushdi, kimdir uning boshini juda ham katta va haddan tashqari og‘ir latta 

bilan bog‘ladi, shundan so‘ng hushidan ketdi. 

Xon talay vaqtdan keyin hushiga kelib ko‘zini ochdi va o‘zini o‘z hujrasida ko‘rdi. Yonida 

vaziri mulla Shamsiddin cho‘kka tushib o‘tirar edi. 

— 

Nima bo‘ldi? Qani shamshir, qani ot?— dedi xon boshini ko‘tarib, ammo boshi 



shunday og‘rir ediki: yana yostiqqa qo‘ydi. 

Mulla Shamsiddin ro‘molchasi bilan uni yelpib, yig‘lam-sirab dedi: 

—  Axir, mulla Said Jalolxon, nega kishini qo‘rqitasiz? Nima? Shamshir nimasi? 

Qanaqa ot? 




Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor 

 

 




Download 307,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish