Bet-50 guruh talabasi Ahmadxo'jayev Jalolxonning iqtisodiyot
Nazariyasi fanidan yakuniy nazorat
VARIANTI-21
1.Narx siyosati va uning Ozbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari.
2.Moddiy istemol tushunchasining iqtisodiy mazmuni.
3.Davlatning budjet-soliq siyosati va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi orni
4.Yalpi talab va Yalpi taklif ortasidagi muvozanat va uning ozgarishi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtiso-
diyotiga o'tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx
soha-sidagi siyosati ko'p jihatdan narxlarni erkinlashtirish,
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashti-
rishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish — iqtisodiy islohotlarning eng
asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, islohotlarning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari ko'p jihatdan shu muammoning hal etil-
ishiga bog'liq bo'ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim
turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromad-
lari o'rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi
bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib. narxlar quyidagi
yo'llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo'yib
yuborish;
b) narxlarning o'sishini sun’iy ravishda to'xtatib qo'yish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilish ni
ma’lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o'tayotgan har bir mamlakat, shu
yo'llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real
shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismin-
ing moddiy ahvoliga qanday darajada ta'sir ko'rsatishi, isloh
qilishning tanlab olingan yo'liga qanchalik darajada javob ber-
ishi va kutiladigan salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim
ahamiyatga ega bo'ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir
qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning
«esankiratuvchi» yo'lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo
resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo'la
erkin qo'yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu
aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy
ahvolining keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning
pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo'jaligining izdan
chiqishiga sabab bo'ldi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos ta-
moyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi
hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan hamda
bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo'l
bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992
yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika
vositasi bo'lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mol-
lari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tari-
flariga o'tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan
doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi
belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tari-
flari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil)
kelishilgan ulguiji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish
to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga
solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va
ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994
yil oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining
narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xiz-
matlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqti-
sodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni
bosqichma-bosqich (uch bosqichda) toMiq erkinlashtirish bilan
tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va
ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat
tomonidan turli kompensasiyalar maqsadidagi jamg‘armalar
tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam
miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun
nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam
ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy
daromad iste'mol va jamg'arish maqsadlarida sarflanadi. Iste'mol - jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni. Keng ma'noda iste'mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste'mol farqlanadi.
Unumli iste'mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo'lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste'mol qilinishini, ya'ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro'y berib, bunda iste'mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Iste'mol jarayonida turli xil moddiy va ma'naviy ne'matlardan foydalaniladi.
Iste'mol qilinadigan ne'mat turiga bog'liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne'mat va xizmatlarni iste'mol qilish farqlanadi.Bularning tarkibiga kiruvchi moddiy ne'mat va xizmatlar bilan bir qatorda aholining madaniy xordig'i uchun mo'jallangan nomoddiy ne'mat va xizmatlarning o'rni ham albatta beqiyosdir. Buko'rsatkichlar zamirida iqdisodiy yuksalishturadi. Fikrimizni aniqlashtirish maqsadida quyidagi misolga yuzlansak: umumiy ma'noda olganda davlat tashkilotida ishlovchi ishchi hodim hafta
davomidagi og'ir mehnatdan so'ng madaniy xordiq olish maqsadida albatta iste'molning nomoddiy turiga kiruvchi kino, teatr yoki konsertga ehtiyoji ortishini kuzatishimiz mumkin. Qondirilgan iste'molning bunday turi orqali kulgusi hafta davomidagi ish unumining ko'tarilishiga bu esa makroiqtisodiy jihatdan iqtisodning barcha ko'rsatkichlarida o'sishni o'zida namoyon qilib beradi. Bundan ko'rinib turibdiki iste'mol iqtisodiyotning barcha ko'rsatkichlari bilan o'zaro bog'liqdir. Bundan tashqari iste'molni yakka tartibdagi yoki jamoa bo'lib iste'mol qilish bilan ham farqlanadi. Alohida shaxsning o'z ixtiyorida bo'lgan ne'matlarni iste'mol qilishi yakka tartibdagi iste'molga, jamiyat a'zolari turli guruhlarining ne'matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo'lib iste'mol qilishga kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida umumiqtisodiy
barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, shu
jumladan, davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo'lgan
darajada ushlab turish vazifasini ham o'z ichiga oladi.
Shunga muvofiq moliya siyosati respublika davlat byudjetidagi
taqchillikni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida ushlab (urishga
qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi
byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun respublika
iqtisodiyotida zarur tarkibiy o'zgarishlarni o'tkazish bilan bir qatorda
ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy
o'sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli
keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiv
tavsif kasb etib, butunlay barham topdi. Respublikada yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarishning oldingi yillaiga nisbatan pasayishi 1992
yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni
tashkil qildi. 1996 yildan boshlab dastlab 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz,
2000 yil 4,0 foiz, 2004 yil yilda esa, 7,7 foiz o'sishga erishildi. 4
Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish
ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bu vazifalarni real
bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh
qilish talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov
tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini
2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor
vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol
dalilidir.''
Eng avvalo, shuni qayd etish lozimki, 1997 yilda ishlab
chiqilgan va qabul qilingan Soliq Kodeksi iqtisodiy islohotlar
sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari
talablariga javob bermaydi. Faqat so'nggi ikki yil davomida
Soliq Kodeksi va soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o'zgartish
hamda qo'shimchalar kiritilgani ham shundan dalolat beradi.
Bunda soliq tizimi o‘ziga xos vazifalarni — xazinani
to'ldirish, qayta taqsimlash va rag'batlantirish vazifalarini to'la
darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat
byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq
xo'jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo'lgan miqdorda
shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi
vazifasi, YalMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali
iqtisodiyot tuzilishini o'zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash
kafolatini ta'minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat.
Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni
rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat
resurslaridan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta'sir
ko'rsatishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan
tamoyil va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa
mamlakatlaming ilg'or tajribasidan foydalanish o'ta muhim
ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki
birinchi galda, rag'batlantirish xususiyatiga ega bo'lishi lozim.
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy
tamoyil — korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir.
Bu ularning o'z mablag'larini ishlab chiqarishni rivojlantirish.
texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag'larni
toMdirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa, oqibal
natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda
daromad solig'idan foydadan undirilgan soliqqa o'tish ko'zda
tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini
kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni
kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko'payishi bilan
birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko'paytirish
imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni
rag'batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi.
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirishga
erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini
kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Shunga erishmogMmiz
kerakki, har bir soliq toMovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik
shaxs boMsin, soliq toMashdan bo'yin tovlamasdan,
daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab
chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin.
Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini
tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig'ining rolini
oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv
tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va
ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish
uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan
boshqa resurslarga toMov o‘rnatish soliq siyosatining
navbatdagi yo‘nalishidir.
Respublika ahamiyatiga ega boMgan soliqlar bilan mahalliy
soliq o'rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini
takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.
Bunda asosiy e’tibor davlat byudjeti daromadining katta
qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni
mustahkamlashga qaratiladi.
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida,
soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda,
korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to'lov
majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy
oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |