Bet-50 guruh talabasi Ahmadxo'jayev Jalolxonning iqtisodiyot Nazariyasi fanidan yakuniy nazorat



Download 15,19 Kb.
Sana23.03.2022
Hajmi15,19 Kb.
#506124
Bog'liq
Hujjat (10)


Bet-50 guruh talabasi Ahmadxo'jayev Jalolxonning iqtisodiyot
Nazariyasi fanidan yakuniy nazorat


  1. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtiso-

diyotiga o'tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx
soha-sidagi siyosati ko'p jihatdan narxlarni erkinlashtirish,
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashti-
rishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish — iqtisodiy islohotlarning eng
asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, islohotlarning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari ko'p jihatdan shu muammoning hal etil-
ishiga bog'liq bo'ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim
turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromad-
lari o'rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi
bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib. narxlar quyidagi
yo'llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo'yib
yuborish;
b) narxlarning o'sishini sun’iy ravishda to'xtatib qo'yish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilish ni
ma’lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o'tayotgan har bir mamlakat, shu
yo'llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real
shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismin-
ing moddiy ahvoliga qanday darajada ta'sir ko'rsatishi, isloh
qilishning tanlab olingan yo'liga qanchalik darajada javob ber-
ishi va kutiladigan salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim
ahamiyatga ega bo'ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir
qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning
«esankiratuvchi» yo'lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo
resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo'la
erkin qo'yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu
aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy
ahvolining keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning
pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo'jaligining izdan
chiqishiga sabab bo'ldi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos ta-
moyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi
hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan hamda
bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo'l
bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992
yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika
vositasi boMgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mol-
lari, bajarilgan ishlar va xizmatlarnipg erkin narxlari va tari-
flariga o'tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan
doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi
belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tari-
flari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil)
kelishilgan ulguiji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish
to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga
solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va
ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994
yil oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining
narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xiz-
matlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqti-
sodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni
bosqichma-bosqich (uch bosqichda) toMiq erkinlashtirish bilan
tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va
ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat
tomonidan turli kompensasiyalar maqsadidagi jamg‘armalar
tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam
miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun
nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam
ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Download 15,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish