Microsoft Word dahshat ziyouz com doc



Download 307,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/74
Sana16.06.2021
Hajmi307,24 Kb.
#67498
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
dahshat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

BASHORAT 

 

Ola qarg‘a qag‘ etadi,  

O’z vaqtini chog‘ etadi. 

Maqol 

 

Nikolay zamonida mayiz qimmat, ko‘knor arzon edi, hozirgi zamonda mayiz arzon, 



ko‘knor qahat. Esizgina o‘sha vaqtda chala siqib tashlangan ko‘knorlar! 

Mulla Said Jalolxon shuni ko‘nglidan o‘tkazib devorga suyandi va ko‘zlarini yumdi; 

burniga qo‘ngan pashshani qo‘lidagi ro‘molcha bilan qo‘rish malol keldi shekilli, ostki 

labini cho‘zib "puf!" dedi. Pashsha ko‘tarildi, ammo shu ovdayoq uning labiga qo‘ndi. 

Said Jalolxon sekin labini qimtib pashshani oyog‘idan qisib oldi. Tuzoqqa tushgan bu 

dilozorni ushlab, ikki barmoq orasida aylantirib tashlash qasdida ko‘tarilgan qo‘l to labiga 

kelguncha, la’nati pashsha oyog‘ini sug‘urib qochdi. Said Jalolxonning achchig‘i keldi: 

yo‘q yerdan ko‘knor topib, kayf qilib o‘tirganda bu nimasi! 

Insof yuzasidan aytganda, pashsha yaramas maxluq: quyib qo‘yilgan choyga tushib 

tarvayib yotadi, mayiz talashadi, pokiza qilib suzib qo‘yilgan ko‘knordan qanoti chiqadi. 

Qanotini ko‘knorga tashlab o‘zi qayoqqa ketadi deng! 

Xayol kayfni o‘g‘irlagan pashshani qidirib ketdi. 

Uyda g‘ij-g‘ij bo‘lib yotgan bu pashshalarning qaysi biri o‘sha? Said Jalolxon darhol 

eshikni yopib, uzun supurgini qo‘liga oldi. U, supurgini ko‘tarishi bilan hamma pashsha 

g‘ing‘illashib, bir yerga to‘plandi va bir kirpi holiga keldi. Kirpi qanot chiqardi, katta bir 

pashshaga aylandi-da, oldingi oyoqlari uzra turib Said Jalolxonga qaradi va g‘ing‘illadi: 

— 

Shoshma, sening orqangda qancha mo‘min namoz o‘qiydi, xudoning maxluqiga 



ozor bergani nechuk hadding sig‘adi? 

— 

Qandoq maxluqsan o‘zing?- dedi Said Jalolxon supurgini yelkasiga qo‘yib. 



— 

Pashshalarning shohi bo‘laman. 

— 

Shoh bo‘lsang, sabab o‘g‘irlik qilgan fuqarolaringni tergamaysan? 



— 

Sening soqolingga tekkan bir qatra shira mening barcha fuqarolarimga bir kunlik 

ovqat bo‘ladi, qandoq qilib sen shuni o‘g‘irlik deysan? Nimangni o‘g‘irladi? 

— 

Kayfimni o‘g‘irladi! Ne mashaqqatlar bilan ko‘knor topib kayf qilib o‘tirganimda 



burnimga va labimga qo‘ndi. Shuning uchun sendan qasos olaman: qanotingni yulib 

tashlayman. 

Pashshalar shohi yalindi, yolvordi. Said Jalolxon ko‘nmadi. Oxiri ikkovi murosaga keldi: 

shoh unga qanot beradigan, u uchib yurib, gunohkor pashshani o‘zi topadigan bo‘ldi. 

Shoh keyingi oyoklari bilan qanotining ustini siladi, oldingi oyoqlarini bir-biriga ishqadi, 

keyin g‘ing‘illadi. Said Jalolxon xuddi baland yerdan o‘zini tashlaganday, yuragi "shuv" 

etib, qanotchiqardi va uchdi; shu uchganicha necha zamonlar qidirib, gunohkor 

pashshani qir etagida o‘tlab yurgan bir eshakning yag‘iridan topdi. Pashsha jarohat 

atrofida oqsoqlanib yurar edi. Said Jalolxon bir qo‘l urib uni hovuchiga qamab oldi, 

so‘ngra darrov o‘ldirib qo‘ymaslik uchun, ehtiyot qilib bir qanotidan ushladi. Pashsha 

g‘ing‘illadi: 

— 

Labing bilan qisib bir oyog‘imni uzganing yetmasmidi, yana nima deysan? 



—  Sen o‘g‘risan! Odam bo‘lganingda shar’an qo‘lingni kesish lozim bo‘lar edi. 

Qanotingni yulib tashlayman! 

Pashsha yalindi-yolvordi — bo‘lmadi. Oxiri ikkovi kelishdi. 

Pashsha Said Jalolxonni ergashtirib bir biyobonga olib chiqdi. Biyobon somon, qum va 

toshbaqadan iborat edi. Pashshaning amri bilan Said Jalolxon bir toshbaqa va bir dona 

toshbaqaning tuxumidan oldi. Biyobonning allaqaeridan bir qozon topildi. Said Jalolxon 




Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor 

 

 




Download 307,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish