www.ziyouz.com kutubxonasi
24
martabami, mashinani o‘zi o‘ylab chiqariptimi", deb o‘ziga tasalli beribdi. Biroq Malohat
ikki yilda uch marta mukofotlanibdi. Jonfig‘on mukofotni o‘z gazi bilan o‘lchagani uchun
bunga ham uncha parvo qilmabdi: "Olgan mukofotiga ot bilan tuya berarmidi", debdi.
Jonfig‘on o‘tgan yil bahor kechalarining birida (o‘sha kuni ertasiga boshini yormoqchi
bo‘lgan, soqoliga o‘t qo‘ygan) istirohat bog‘iga kirgan ekan, qarasa, shaharning manman
degan staxanovchilari qatorida xotinining ham kaggakon portreti turibdi! Sevinch,
qo‘rquv, baxillik — hammasi aralash-quralash bo‘lib, Jonfig‘onning boshi g‘ovlab ketibdi.
U darrov uyiga kelib, har qalay, xotinini suyibdi, o‘pibdi, lekin suhbat janjal bilan
tugabdi. Bu kungacha bo‘lib o‘tgan uchta yirik janjalning biri shu ekan.
—
Shunda janjal nimadan chiqdi? — dedi sheriklarimizdan biri.
Jonfig‘on javob bermoqchi edi, Malohat gapini og‘zidan oldi.
—
Tuppa-tuzuk o‘tirgan odam birdan aynib, endi undoq bo‘lasan, bundoq bo‘lasan,
jazman chiqib qoladi deb, jahlimni chiqardilar. Xayolimda yo‘q gaplar...
—
Xayolingda yo‘q-a, xayolingda yo‘q! - dedi Jonfig‘on kesatib.
—
Ha, xayolimda bo‘lib nima qildim?
—
Xayolingda bo‘lmasa nima uchun buqog‘ingni kestirding? Xo‘sh? Qani mana shu
to‘rtta odamning oldida javob ber-chi?
Malohatning ko‘k piyoladan ko‘ra kichikroq buqog‘i bo‘lib, shuni o‘tgan yil kuzda
kestirgan ekan. Ikkinchi yirik janjal shunda bo‘lib, yaqin bir haftaga cho‘zilibdi.
—
Kestirsam yomon bo‘liptimi?— dedi Malohat.— Axir... xotiningizman...
—
Nima, menga yoqish uchun kestiribsanmi? Hech-da! Menga buqog‘ing bilan ham
yoqa berar eding. Boshqaga yoqaman deb kestirgansan!..
—
Uyaling! Ilgarilar, buqog‘ing bor deb, ko‘z ochirgani qo‘ymas edingiz-ku! Necha
marta yig‘latgansiz?
Jonfig‘on, nima deyipxini bilmay yerga qaradi va do‘ng‘illadi:
—
Men yig‘latgan emasman... o‘zing yig‘lagansan...
Biz kulgidan o‘zimizni tiyolmadik, ammo baralla kulish to‘g‘ri kelmagani uchun birimiz
mo‘ylovimizni silab, birimiz yo‘talib, deganday kulgimizni yashirdik. Jonfig‘on:
"Malohat endi meni tashlab ketadi" deb hadiksirab yursa, Malohat erining bu yurish-
turishidan xijolat tortib yurar ekan. Shuning uchun Malohat ko‘zga ko‘ringan sayin erini
el qatori ishlashga undar, yalinar, ba’zan qattiq gapirar, hatto yig‘lar ekan. Jonfig‘on
oxiri insofga kelib, shu bu yil qishda non zavodiga ishga kiribdi, ammo bir oy
ishlamasdan progulchi tarzida ishdan haydalibdi. Jonfig‘on buni, albatta, talay vaqtgacha
xotinidan yashirib yuribdi; bu ma’-lum bo‘lib qolgandan keyin xotiniga necha-necha
tavba-tazarrular qilib, endi biron joyga kirib ishlashga, astoydil ishlashga so‘z beribdi.
Malohat ishonibdi va o‘zi ish topib, o‘tgan oyning o‘n birinchi chislosida joylab qo‘yibdi.
O’tgan kuni qarasa, mulla Jonfig‘on yana bekorlar! Malohat surishtirgani korxonaga
boribdi; surishtirib qarasa, Jonfig‘on faqat o‘n yetti kun ishlabdi, xolos; byulleten olgani
doktorning oldiga chilimning suvini ichib lohas bo‘lib kirgan ekan, doktor ichini chayqabdi
va "ko‘r bo‘ldingmi, nega tamaki yeysan" debdi. Bu gap korxonaga ovoza bo‘lib,
Jonfig‘onni o‘sha zamoniyoq ishdan haydashibdi. Mana, uchinchi yirik janjal mana
shundan chiqibdi.
—
Nega bundoq qilasiz, axir? — dedik. Jonfig‘on yer chizib o‘tirar ekan.
— Shayton...—
dedi.
—
Bekor aytibsiz! — dedi Malohat jahli chiqib,— chilimning suvini ichib doktorga
kirishni shayton sizdan o‘rgangandir!..
Hammamiz jim qodtsik, Jonfig‘on birpasdan keyin bo-shini ko‘tarib:
—
Bo‘ladigan gap shu,— dedi,— mening qo‘yadigan xotinim yo‘q. Agar zo‘rlik bilan
xat topshirsang, tovonimga qolasan.
Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |