26
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
neopreformizm, neoepigenez,
taraqqiyot mexaniqasi, mozaik taraqqiyot, regulyatsionli, kvartetlar, tashkiliy markaz,
indo‘qtsiya, indo‘qtor, birlamchi
tashkilotchi, ikkilamchi tashkilotchi,
1- savol bayoni:
Neopreformizm va neoepigenez nazariyalari. XIX asrning oxiriga kelib,
turli hayvonlarda embrionning rivojlanishi haqidagi aniq ma‘lumotlarning yig‘ilganligi sababli
rivojlanishning mohiyati to‘g‘risidagi masala yana qo‘yildi va preformizm va epigenez
nazariyalarining tarafdorlari o‘rtasida tortishuv paydo bo‘ladi. Bir tomondan, mikroskopik
texnikaning yutuqlari tuxum hujayrasida ma‘lum bir stro‘qturaning borligi haqidagi avval aytilgan
fikrlarni tasdiqladi, ikkinchi tomondan faktik materiallar tuxumda qandaydir oldindan belgilangan
organi zm yoki uning ayrim organlarinig yo‘qligini ko‘rsatdi, ya‘ni
preformizm nazariyasi rad
qilindi. Yangidan yaratilayotgan rivojlanish nazariyalari ilgari aytilgan g‘oyalarni ma‘lum darajala
aks ettirdi va shuning uchun neopreformizm va neoepigenez deb nom oldi. Preformizm g‘oyalari
Veysmanning yadroning bir xil irsiy qimmatga ega bo‘lmagan bo‘linish haqidagi tasavvurlari ancha
keskin formada aks etdi. U, yadro juda kichik, sifat jihatidan bir xil qimmatga ega bo‘lmagan
zarrachalardan – determinantlardan(aniqlovchi) tashkil topgan deb taxmin qildi. Jinsiy
hujayralargina organizmning barcha determinantlariga ega bo‘ladi, somatiklarga ulardan faqat ba‘zi
birlari, turli hujayralarga turliis tushib qoladi. Jinsiy hujayraning bo‘linishidan boshlanadigan
rivojlanishda determinantlar shunday taqsimlanadiki, blastomerlarning oz qismi – bo‘lajak jinsiy
hujayralar determinantlarning barcha kompleksini oladi, ko‘pchilik
blastomerlarga esa
determinantlarning bir qismi va sifat jihatidan bir xil bo‘lmaganlari tushib qoladi. Bunday tasavvurga
binoan, embrionli rivojlanish protsessii jinsiy hujayra yadrosida oldindan belgilab qo‘yilgan,
rivojlanuvchi organizmning differensiallanishi esa yadro moddasining turli hujayralar o‘rtasida bir
tekis taqsimlanmaganligi sabab bo‘ladi.
Veysman nazariyasi bilan bir vaqtda o‘z g‘oyasi bilan unga qarama - qarshi bo‘lgan nemis
olimi Gertvig ilgari surgan epigyonetik biogenez nazariyasi paydo bo‘ldi. Gertvig, taraqqiyot
stro‘qturasiz tuxumdan boshlanadi va differensiallanish embrionnnig turli qismlari tushib qoladigan
sharoit bilan aniqlanadi, deb hisoblanadi. Har qaysi bosqichda bu qismlar ularni o‘rab turuvchi
muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir o‘zgaradi. Differensiallanish usullarini belgilaydigan yangi
munosabatlar vujudga keladi. Gertvig tuxumda qandaydir biror bir stro‘qturaning bo‘lishini inkor
etgan holada rivojlanish prtsessining mohiyatini tushuntirishga ojizlik qilar edi. Veysmanning
determinantlarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi metafizik tasavvurlari va Gertvigning vitalistik
kontseptsiyalari rivojlanish protsessini tushuntira olmas edi.
Shunga qaramay embrional
protsessning mohiyatini tushuntirish va individual taraqqiyot nazariyasini yaratish zarurligi borgan
sari muqarrar bo‘lib qoldi. Rivojlanish bilan birga boradigan formalarning o‘zgari shi etarlicha to‘la
tekshirilgan bo‘lsada, ularning sabablari haliochib berilmagan edi. Embrional protsesslarga
eksperimyontal yondoshish zaruriyati vujudga keldi.
Embriologiyaga 19 – asrning oxirida kirib borgan eksperimetal metod tadqiqotchilarning
diqqatini juda tez o‘ziga tortdi va bu Ru tomonidan asos solingan taraqqiyot mexaniqasi deb
ataluvchi yo‘nalishning rasmiylaShuviga olib keldi. Eksperimyontal tadqiqot rivojlanishning ochib
berish uchunkeng imkoniyatlar tug‘dirar edi. Rivojlanishning mkrakkab protsessini tushunish uning
sabablari qaerda, organizmdami yoki undan tashqaridami ekanligini hal etishga olib keldi. Birinchi
holda rivojlanish avtonomli (o‘z – o‘zini differensiallash bilan) bo‘lar edi, ikkinchisiga bog‘liq holda
yuz berar edi.
Avtonom rivojlanish haqidagi xulosani chiqarishga asos bo‘lagan birinchi tajribani Ru
baqaning bo‘linayotgan tuxumida o‘tkazgan edi. U birinchi ikkita blastomerlardan birini qizdirilgan
igna bilan buzadi. qolgan blastomerlardan yarimta embrion rivojlanadi. Xuddi shunday qisman
rivojlanish boshqa hayvonlarning bo‘linayotgan tuxumlarida o‘tkazilgan tajribalarda ham ma‘lum
27
bo‘ldi. Astsidiy,
mollyuska, ot askaridasi, taroqlilar va boshqalarning blastomerlari ayirib
qo‘yilganda, Shikastlangan embrionlar kuzatiladi.
Blastomerlar yoki hatto tuxumning ayrim qismlari ajratib qo‘yilganda rivojlanishda
bo‘ladigan buzilishlarni Ru tuxumda bo‘lajak organizm qismlarining oldindan aniqlab qo‘yilishi
bilan tushuntirdi. Tuxum a‘zolar boshlang‘ichlaridan iborat bo‘lgan mozaikaga o‘xshash narsa
bo‘lib, mozaikaning bir qismini olib tashlash muayyan a‘zolarning mavjud bo‘lmasligiga sabab
bo‘lgandek bo‘lar edi. Bunday tushuncha Ru tomonidan yaratilgan mozaik taraqqiyot nazariyasiga
asos bo‘lib, Veysmanning dunyoqarashiga juda o‘xshash edi.
Biroq, bu nazariyaga qarshi dalillar paydo bo‘la boshladi. Dastavval sho‘qi, Runing baqa
tuxumlariga oid tajribalari rad qilindi. Ma‘lum bo‘lishicha blastomerlar to‘la, ajratib yuborilganda yo
har biridan, yo ularning bittasidan alohida butun embrion rivojlanar ekan. Ru aniqlagan to‘la
bo‘lmagan rivojlanishga tajribaning qo‘yilishi sabab bo‘lgan: kuydirgandan
keyin qolgan qismi
Shikastlanmagan yarimtasining taraqqiyotini mozaik tormozlab qo‘yilgan.
Bo‘linishning dastlabki bosqichlarini tekshirish paytida qilingan ekspermyontal
ma‘lumotlarning xilma – xilligi sifat jihatidan keskin qarama - qarshi bo‘lgan ikki gruppa
tuxumlarning bo‘linishi tan olinishga olib keldi. qismlari bir butun embrionnin bera olish
qobiliyatiga ega bo‘lgan tuxumlar regulyatsionli deb nom oldi. Biror qismini ajratib qo‘yish orqali
rivojlanishga olib keladigan tuxumlar mozaikali deb nom oldi. Regulyatsionli tuxumlarning xossasi
rivojlanishning u sodir bo‘ladigan sharoitga bog‘liqligini isbotlagandek bo‘ldi. Aksincha, mozaikali
tuxumlar mustaqil rivojlangan. Shunday qilib birinchilarning xossasi rivojlanishning epigyonetik
printsipiga, ikkinchilariniki esa preformatsion nazariyaga javob berdi.
Hozirgi zamon ma‘lumotlariga ko‘ra , regulyatsionli ham, mozaikali tuxumlar bo‘lmaydi.
Ikkisining ham rivojlanishi tuzilishning asta – sekin murakkablashuvi hisobiga boradi. Bu qonuniyat
o‘zoq davom etgan tarixiy yo‘lning natijasi hisoblanadi. Mollyuskalar,
astsidiylar va boshqa
vakillrning mozaikali deb ataluvchi tuxumlarida asosiy organlar sistemasining hosil bo‘lishi ancha
oldingi bosqichlarga siljib, bu blastomerlarda va hattoki tuxumlarda materiallarning ancha ilgari
differensiallanishiga olib boradi. Buning natijasida ayrim blastomerlar va tuxum qismlari rivojlanishi
juda yaxshi belgilanadi. Bu qanchalik erta sodir bo‘lsa, bo‘lajak organlarning boshlang‘ichlaridagi
hujayralar shunchalik oz bo‘ladi. Ba‘zan organlarning va hatto ularning sistemalarining rivojlanishi
hammasi bo‘lib, bir necha blastomer bilangina bog‘langan bo‘ladi. Bu Ayniqsa spiral bo‘linishda,
masalan, halqali chuvlchanglarda, mollyuskalarda kuzatiladi. Bu erda blastomerlarning qaysi
organlarning tarkibiga kirishini oldindan aytish mumkin. Spiral bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan
blastomerlar to‘rtta hujayralardan iborat gruppalarni - kvartetlarni hosil qiladi. Bulardan har biri
harfli belgiga ega bo‘ladi. Lichinkalarning organlari muayyan kvartetlarning hosilalari bo‘lib
hisoblanadi. Blastomerlarani ajratib qo‘yganda ulardan bir butun sistemada bo‘lganlarida nima
beradigan bo‘lsa, shulargina rivojlanadi. Ayrim blastomerlar qanchalik kechroq ajratilsa,
ulardan
shunchalik ko‘proq lichinkaning bo‘lingan qismlari rivojlanadi.
Meduzalarda, dyongiz kirpisida, lantsetnikda, amfibiylarda va ba‘zi bir boshqa hayvonlarda
hujayraviy materialning differetsiallanishi ancha keyingi bosqichlarga suriladi. Bu dastlabki
bosqichlarda ayrim blastomerlarning taraqqiyot yo‘llarini o‘zgartirishga imkon beradi.
Vegilganlardan kelib chiqadiki, mozaikali va regulyatsionli deb ataluvchi tuxumlar
o‘rtasidagi tafovut nisbiydir. Ertami, kechmi ular taraqqiyotida shunday differensiallanish darajasiga
erishadiki, bunda uning yo‘nalishini u zgar tirish mumkin bo‘lmay qoladi. Masala, faqat bu bosqich
qachon boshlanishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: