O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа» kafedrasi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/105
Sana20.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#678597
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Embriologiya va gistologiya

Muhokama uchun savollar: 
1. Skelet rivojlanayotgan davrda, Ya‘ni uning qaltis davrida yuborilgan yoki tashqi 
muhitdan ta‘sir etilgan Biron bir zararli omil uning boshqa organlariga ham ta‘sir eta 
oladimi? 
2. Nima uchun, xomilador ayollarda 7 oylik chaqaloq tug‘ilsa yashab keta oaldi-yu, 8 oylik
tug‘ilsa u yashab, keta olmaydi?
3. Birlamchi va ikkilamchi tashkilotchilar haqida nimalarni ayta olasiz?
6-mavzu: Embrional varaqalar nazariyasi. 
Asosiy savollar

1. Embrion varaqalarning hosil bo‘lishi. 
2. Organogenez. Lantsetnikda o‘q organlarning hosil bo‘lishi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Gastrula, gastrulyatsiya, immigratsiya, 
paryonximula, ektoderma, entoderma, birlamchi ichak, invaginatsiya, epiboliya, 
delyaminatsiya, blastopor, mezoderma, mezoblast, entrotsel, medulyar, nevrotsel, somit, 
miotom, sklerotom, dermatom, nefrotom, vitseral, parietal.
1- savol bayoni: 
Embrion qavatlarining vujudga kelish davri. Gastrulatsiya tiplari. 
Bo‘linish davri tugagandan keyin ko‘p hujayrali hamma hayvonlarning embrionlari embrion 
varaqalari (qavatlari) hosil qilish davriga kiradi. Ayni vaqtda bir qavatli embrion – 
blasto‘ladan ikki qavatli embrion – gastrula vujudga keladi. Gastrula hosil bo‘lishi – 
gastrulatsiya – turli hayvonlarda har – xil bo‘lib o‘tadi. Kuchish yo‘li bilan yuzaga 
chiqadigan gastrulyatsiya (immigratsiya).
 
Buni birinchi marta I. I. Mechnikov medualar 
embrionida tasvirlab bergan edi. Blasto‘la hosil bo‘lganidan keyin blastodermaning ayrim 
hujayralari embrion yuzasidan ichiga o‘tib ketadi va ichki bo‘shlig‘ini asta-sekin to‘ldirib, 
unda g‘ovak to‘qima — paryonximaga o‘xshab joy oladi. Rivojlanishning mana Shu oralik 
stadiyasini I. I. Mechnikov paryonximula deb atadi. Sungra ikki qavatli embrion— gastrula 
vujudga keladi; u tashqi hujayralar qavati — ektoderma va Shu qavat tagida turadigan ichki 


31 
qavat — entodermadan iborat bo‘ladi; bu qavatlari b i r l a m c h i i c h a k bo‘shlig‘ini urab 
turadi. Immigratsiya boshqa kavakichaklilarda ham ko‘riladi va gastrulyatsiya‘ning eng 
qadimgi usuli deb hisoblanadi. 
Botib kirish (invaginatsiya) yo‘li bilan vujudga keladigan gastrulyatsiya. Lantsetnikda 
blasto‘la hosil bo‘lganidan keyin uning vegetativ qutbi ichiga qayriladi. Usha qutbi animal 
qutbga etganidan keyin embrion ikki qavatli bo‘lib qoladi. Embrion qayrilgan qismining 
hujayralari entoderma hosil qilsa, tashqi qismi — ektoderma hosil qiladi. Invaginatsiya — 
gastrula hosil bo‘lishining eng keng tarqalgan usulidir. Izoletsital tuxumlardan rivojlanadigan 
va to‘la bir tekis parchalanish bilan harakterlanadigan embrionlarda gastrulyatsiya shu tariqa 
bo‘lib o‘tadi. 
O‘sish yo‘li bilan yuzaga chiqadigan (epiboliya). Embrion teloletsital tuxumdan yuzaga 
kelsa va blasto‘laning vegetativ qutbida sariqqa boy bo‘lgan yirik-yirik makromeralar 
turadigan bo‘lsa, vegetativ qutbining egilib botishi qiyinlashib qoladi, bunda o‘sib, vegetativ 
qutbni o‘rab oladigan mikromeralarning tez ko‘paiishi hisobiga gastrulyatsiya bo‘lib o‘tadi. 
Shunda makromeralar embrion ichida qoladi. Triton va suvda hamda ko‘ro‘qlikda yashovchi 
boshqa hayvonlar embrionida o‘sish animal qutb bilan vegetativ qutbining chegarasida 
blastodermaning embrion ichiga surilishi bilan birga boradi. 
Ajralish yo‘li bilan yuzaga chiqadigan gastrulyatsiya (delyaminatsiya)
 
Ba‘zi 
kavakichaklilarda ko‘riladigan gastrulyatsiya‘ning bu tipida blastodermaning har bir hujayrasi 
tashqi va ichki hujayraga bo‘linadi. Natijada tashqi hujayralar hisobiga gastrula ektodermasi, 
ichki hujayralar xisobiga esa, entoderma hosil bo‘ladi. 
Ko‘rib turganimizdek, embrion qavatlari hosil bo‘lish davrining boshida ko‘p hujayrali 
hamma hayvonlarda bir xildagi protsess bo‘lib o‘tadi: bir qavatli embrion (blasto‘la) ikki 
qavatli embrionga (gastrulaga) aylanadi. Gastrula birlamchi ichak bo‘shlig‘ini urab turadigan 
ektoderma bilan entodermadan iborat bo‘ladi, birlamchi ichak bo‘shlig‘i tashqariga teshik — 
birlamchi og‘iz yoki blastopor bilan tugallanadi.
Mezodermaning hosil bo‘lishi

Bo‘lutsimonlar bilan kavakichaklilarni xisobga 
qushmaganda, ko‘p hujayrali hayvonlarning hammasida ekto-va entoderma hosil bo‘lganidan 
keyin uchinchi embrion qavat — ekto-va entodermaning orasidan o‘sib chiqadigan
mezoderma
vujudga keladi. Mezoderma ikki manbadan kelib chiqadi. Uning bir qismi: 
boshqa embrion qavatlaridan - yakka-yakka bo‘lib ajralib chiqadigan, yumshoq hujayralar 
massasi ko‘rinishida bo‘ladi. Mezyonxima deb ataladigan shu qismi filogenezda juda barvaqt 
vujudga kelgan. Uning mo‘rtagi ba‘zi kavakichaklilarda (taroqlilarda) ham hosil bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra u embriogenezda ham rivojlanishning ilk davrlarida vujudga keladi. 
Mezodermaning ikkinchi qismi mezoblast deb ataladi. U ikki yonlama simmetrik 
bo‘lgan ixcham murtak ko‘rinishida vujudga keladi. Filogenezda mezoblast mezyonximadan 
keyin paydo bo‘lgan. Ontogenezda u turli yo‘llar bilan rivojlanadi. Umurtqasiz hayvonlarda u 
blastoporning ikki yonidad ko‘p hujayrali murtaklarning o‘sib chiqishi yo‘li bilan
 
yoki shu 
joylarning o‘ziga ikkita yirik hujayra — teloblastlarning kirishi yo‘li bilan (mezoblast hosil 
bo‘lishining teloblastik usuli) vujudga keladi. Umurtqali hayvonlarda mezoblast ichida tselom 
bo‘shlig‘ining boshlang‘ichi bor juft mezodermal xaltachalar qatori ko‘rinishida birlamchi 
ichak devoridan ajralib chiqadi (mezoblast hosil bo‘lishining entrotsel usuli) . Demak, embrion 
qavatlari hosil bo‘lish davrida ikir-chikirlarigina har xil bo‘ladigan bir xildagi protsess bo‘lib 
o‘tadi. Sodir bo‘ladigan hodisalarning moxiyati uchta embrion qavatlarining tashqi — 
ektoderma, ichki — entoderma va ularning orasida turadigan o‘rta qavat — mezodermaning 
differyontsiatsiyalanib chiqishidan iborat. Keyinchalik turli to‘qima va organlar shu qavatlar 
hisobiga rivojlanadi.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish