29
Yangi shakl hosil qilish ta‘siri bir qator boshqa organlarning rivojlanishida ham aniqlangan
edi. Bu birinchi marta ko‘zning rivojlanishi misolida ko‘rsatib berilgan edi. Ma‘lum bo‘ldiki,
tekshirish o‘tkazilgan ko‘pgina hayvonlarda ko‘z boshlang‘ichi qoplarich ektoderma bilan aloqada
bo‘lishiga olib tashlansa gavhar rivojlanmas ekan. Ko‘z boshlang‘ichini
qorin ektodermasi ostiga
kuchirib o‘tkazish ustidagi tajribalar gavhar odatdagi tarakdiyotda teri epiteliysiga aylanadigan
ektodermadan rivojlana olishini ko‘rsatdi. Gavhar qoplovchi
epiteliydan muayyan bosqichlari
doirasidagina rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan, differensiallanishga qarab, qoplovchi epiteliy gavhar hosil
qilish qobiliyatini yuqotadi.
Ko‘zning rivojlanishida yangi shakl hosil qilish ta‘siri bir tomonlama hisoblanmaydi.
Ko‘rib utganimizdek, paydo bo‘lishi ko‘zning boshlangichi bilan bog‘liq bo‘lgan gavhar ham o‘z
navbatida miyaga ta‘sir qiladi. Gavharli epiteliy oraliq miya devoriga kuchirib o‘tkazilganda tursimon
pardaning differensiallanishi kuzatiladi.
Yangidan shakl hosil qilish protsesslarida qismlarning shunga o‘xshash o‘zaro aloqalari eshituv
organining rivojlanishida aks etadi. Eshituv pufakchasining rivojlanishi – ichki quloqning vujudga
kelishi ektoderma bilan uzunchoq miya‘ning o‘zaro ta‘sirida yo‘z beradi. Eshituv pufakchasi
eshituv kapsulasining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. U o‘zini o‘rab turuvchi mezyonxima
hujayralarini tortadi. Ular togay hujayralariga aylanib, eshituv kapsulasini—eshituv organining
skeletli qismini hosil qiladi. Mezyonxima hujayralari eshituv pufakchasi atrofiga o‘zi uchun yot
bo‘lgan joyga kuchirib o‘tkazilgan takdirda ham tuplanadi. Biroq, bu vaqtda hamma erda ham
eshituv kapsulasi hosil bo‘la bermaydi. Dumli amfibiylarda pufakcha qul-oyoqlar o‘rtasidagi
joyga ko‘chirib o‘tkazilganda hech kutilmagan natijalar olindi bu erda eshituv kapsulasi
urniga beshinchi oyok, taraqqiy etgan. Bu kuchirib o‘tkazilgan eshituv pufakchasi gavdaning
har xil qismlarida sifati bir xil bo‘lmaydigan yot mezyonximani ham tortib olish qobiliyatiga ega
bo‘lishini ko‘rsatdi. Amfibiylarda batafsil urganilgan yangidan shakl hosil qilish protsesslari
qushlar, baliqlar va boshqa hayvonlar taraqqiyotida ham ma‘lum bo‘ldi. Masalan, amfibiy
blastopori ning dorzal labiga mos keluvchi qushlardagi birlamchi yo‘l-yo‘l chiziqning oldingi
qismi blastodermaga kuchirib o‘tkazilganda odatdagi bo‘lmagan joyda nerv valiklarining
vujudga kelishiga sabab bo‘lishi eksperimyont yo‘li bilan aniqlangan, demak qushlar va
amfibiylar zmbrionlarida bu joylarning o‘xshashligi eksperimyont yo‘l bilan ham
tasdiqlanadi. Baliqlar qushlar va boshqa hayvonlarda ko‘z, gavhar, eshituv pufakchasi va
har xil organlar boshlangichlarining paydo bo‘lishi ustidagi tajribalarda ham shunday
natijalar olindi.
Organlarning rivojlanishini aniqlashga olib boradigan embrion qismlarining o‘zaro ta‘sir
etishi indo‘qtsiya
deb, rivojlanishini belgilovchi qismlarning o‘zi esa indo‘qtorlar deb ataladi.
Xorda-mezoderma qolgan barcha materialning rivojlanishini yunaltiruvchi indo‘qtor deb
qaraladi va shuning uchun birlamchi tashkilotchi
Do'stlaringiz bilan baham: