Ekstrapolyatsiya usuli
– buning mohiyati shundan iboratki,
xo‘jalik faoliyati o‘tgan davr moliyaviy natijalarini ijobiy va salbiy
tomonlarini zimdan hisobga olib, kelgusi davr rejalashtirishida ular
e’tiborga olinishi zarurligini ko‘rsatadi.
Normativ usul –
belgilangan, tasdiqlangan norma va
normativlarga tayangan holda bajariladi.
Ekonometrik usullar –
real iqtisodiy va sotsial jarayonlar
oqimini aks ettiruvchi moliyaviy-iqtisodiy modellar ko‘rinishida
ifodalanadi.
62
Balans usuli –
moliyaviy resurslarning shakllanish manbalari
va ulardan foydalanishdagi bog‘liqlik hamda tenglikni ta’minlash o‘z
ifodasini topadi.
3. Korxonani moliyaviy boshqaruv tizimida rejalashtirish
va tahlil
Boshqarish – aniq natijalarga erishish uchun obyektga maqsadli
yo‘naltirilgan holda ta’sir qilishning shakllari va usullari yig‘indisi-
dir. Boshqarish inson faoliyatining barcha sohalariga xosdir.
Shuningdek, boshqarishning muhim sohalaridan biri moliyaviy
faoliyatni boshqarish hisoblanadi.
Moliyaviy boshqarishda har qanday boshqarish tizim kabi
boshqarishning obyekti va subyektlari ajratiladi. Boshqarish obyekti
sifatida turli markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fond-
larini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy muno-
sabatlar maydonga chiqadi. Moliyaviy munosabatlarni tasniflanishi
bo‘yicha boshqarish obyektlari 2 asosiy turga ajratiladi: davlat
moliyasini boshqarish va xo‘jalik subyektlari moliyasini boshqarish.
Shunga
muvofiq
ravishda
boshqarish
subyektlari
sifatida:
korxonalarning moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy organlar, soliq
organlari kiritiladi.
Moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy
strukturalar majmuasi moliyaviy apparat deb ataladi.
Moliyaviy boshqaruv quyidagi funksional elementlardan tashkil
topadi:
- rejalashtirish – har qanday subyekt rejalashtirish jarayonida
o‘zining moliyavaiy holatini baholaydi va moliyaviy resurslarni
ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonidagi
boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlar tahlili asosida qabul
qilinadi.
- operativ boshqarish – moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash
yordamida xarajatlarni minimumdan maksimal qanoatlantiruvchi
ko‘pni ko‘zlovchi hamda operativ tahlil asosida ishlab chiqiladigan
tadbirlar kompleksini o‘zida aks ettiradi.
63
-nazorat – boshqarish elementi sifatida rejalashtirish va operativ
boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Uning yordamida rejalash-
tirilgan moliyaviy resurslardan foydalanish prognoz ko‘rsatkichlarini
haqiqiy natijalar bilan solishtiradi.
Moliyani boshqarishning funksional elementlari ichida asosiy
o‘rinni rejalashtirish tashkil qiladi.
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo‘lib xo‘jalik subyektlari
va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo‘jalik
subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning
smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig‘ma moliyaviy
balansigacha qamrab oladigan muhim jarayondir.
Rejalashtirish, bir qator o‘zining xususiyatli jihatlariga ega
bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
- ma’lum tartibga solingan jarayonligi;
- axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liqligi;
- aniq belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligi;
- vaqtinchalik tavsifga egaligi.
Rejalashtirish deganda – miqdoriy va sifat tavsifidagi ma’lum bir
maqsadlarni o‘rnatish va unga erishishning samarali yo‘lini aniqlash
jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy rejalashtirishning natijasidir.
Moliyaviy rejalashtirish – moliyaviy resurslar va pul mablag‘-
lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni rejalashti-
rishdir.
Moliyaviy reja – davlat, xo‘jalik subyektlari daromad va
xarajatlarini bog‘lovchi, oldindan qo‘yilgan moliyaviy maqsadlarga
erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish
jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxona-
ning joriy moliyaviy holatiga o‘rnatilgan maqsadlarning muvofiq
kelish darajasi o‘rganiladi, o‘rnatilgan maqsadlarga erishishga
yo‘naltirilgan faoliyat ketma-ketligi shakllantiriladi.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda
amalga
oshiriladi.
Shulardan asosiylari
bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
- ekstrapolyatsiya usuli;
- normativ usuli;
- matematik modellashtirish usuli.
64
Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o‘tgan hisobot
davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili
uchun moliyaviy rejani tuzishni ko‘zda tutadi. Moliyaviy
ko‘rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan
foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko‘rsat-
kichlar va ularnig dinamik o‘zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy
ko‘rsatkichlar hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga
oshiriladi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foyda-
lanish ko‘zda tutiladi. Masalan: byudjetdan moliyalashtiriladigan
ta’lim muassasalarida o‘quvchilar kontingenti va h.k.
Matematik modellashtirish usulida real iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga
oshiriladi. Moliyaviy resurslarni manbalarini ulardan foydalanish
bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli
hisoblanadi.
Situatsion tahlil va bashorat qilish usuli asosida qattiq yoki
funksional
determinatsiyalashgan
bog‘liqlikni
o‘rganishga
mo‘ljallangan model yotadi. Bu modeldan foydalanish va unga turli
omillar: realizasiyadan tushum, aktivlarning aylanuvchanligi, tashqi
manbalarga moliyaviy bog‘liqlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar ta’siri
ostida bashorat ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan - xususiy kapital
rentabelligining bashorat ko‘rsatchiklarini aniqlash mumkin.
Rejalashtirilayotgan
loyiha
bo‘yicha
mumkin
bo‘lgan
natijalarning bashorati quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
(1)
(1)formula orqali asosiy mezonlar aniqlanadi (masalan,
kutilayotgan foydani maksimallashtirish).
N E(R)=
Rk*Pk max; (2)
k=1
Mazkur formula orqali korxona uchun ma’lum mezonlar
asosida samarali muqobil variantlar tanlab olinishi mumkin.
Korxonalar moliyaviy boshqaruv tizimining funksional
modelida tahlil muhim funksionlar seksiyalardan biri hisoblanadi.
65
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishning quyidagi usullari
mavjud:
- hisobotni o‘qish va absolyut ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
- gorizontal tahlil;
- vertikal tahlil;
- trend tahlili;
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Ushbu tahlil usullari vositasida korxonalar moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining holati va dinamikasi kompleks baholanadi.
Moliyaviy tahlil tizimida ishlatiladigan asosiy moliyaviy
koeffitsiyentlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Likvidlik
koeffitsiyenti
korxonaning
qisqa
muddatli
majburiyatlarini qaytara olish qobiliyatini ko‘rsatib beradi.
Ishbilarmon faollik koeffitsiyenti korxonalarning mavjud
resurslaridan samarali foydalanishlarini ko‘rsatib beradi.
Rentabellik
koeffitsiyentlari
korxonalarning
faoliyatini
moliyaviy natijalarining samaradorligini ko‘rsatib beradi.
Kapitallar strukturasi koeffitsiyenti korxonalarning uzoq mud-
datli majburiyatlarini qaytara olish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.
Bozor faolligi koeffitsiyenti esa korxonalarning investorlar
uchun foal qiluvchanligini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |