Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar 
Davlat moliyaviy nazorati barcha darajadagi qonunchilik va 
ijroiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet jarayonining 


85 
barcha basqichlarida Parlament moliyaviy nazorati tegishli 
qo‘mitalar va komissiyalar vakolatiga kiradi. Oliy Majlis tomonidan 
tashkil etilgan va unga bo‘ysunuvchi, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
davlat moliyaviy nazorat organi O‘zbekiston Respublikasining Hisob 
palatasi hisoblanadi. Uning faoliyati mulkchilik shaklidan, idoraviy 
va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, davlat 
byudjeti mablag‘lariga tayanadigan, davlat mulkini boshqaradigan 
yoki soliq, bojxona yoki boshqa imtiyozlarga ega bo‘lgan jamoat 
tashkilotlariga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Hisob 
palatasi xodimlari tekshirishlar natijalari bo‘yicha xulosalarini 
tayyorlaydilar va ularni tekshirilgan tashkilotlar rahbarlariga qonun 
buzilishlarini bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun 
yuboradilar. Agarda, davlat mablag‘lariga niyonat aniqlansa, ish 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Qonun 
buzarliklar aniqlanganda majburiy bajariladigan ko‘rsatmalar 
beriladi. Bir necha martalik qonun buzarliklar sodir etilganida, Oliy 
Majlis bilan kelishilgan holda, tashkilotning barcha turdagi 
hisob-kitoblarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
Bunda Hisob palatasiga qonun buzarlarga nisbatan ma’muriy jazo 
choralarini qo‘llash huquqi berilmagan. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi muhim organ 
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi hisoblanadi. Uning 
zimmasiga byudjetni shakllanishi va bajarilishi, davlat mablag‘larini 
sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilgan. Moliyaviy 
nazoratni amalga oshirishdagi muhim rol uning huzuridagi o‘zining 
hududiy 
organlariga 
ega 
bo‘lgan 
Nazorat-taftish 
Bosh 
boshqarmasiga (NTBB) topshirilgan. Uning asosiy vazifasi – byudjet 
mablag‘laridan, davlat mulkidan, davlat tomonidan taqdim etiladigan 
soliq va byudjet imtiyozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni 
ta’minlash, shuningdek byudjet ssudalarini maqsadli sarflash va o‘z 
vaqtida qaytarish ustidan nazorat olib borish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh 
boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar: 

Respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy bajarilishi 
ustidan doimiy nazoratni ta’minlash;


86 

tijorat banklarini moliya organlari, byudjet muassasalarining 
birinchi navbatdagi sarf-xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash 
hamda byudjet muassasalari xodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, 
stipendiyalarni to‘lash muddatlariga va to‘liqligiga rioya qilish, 
shuningdek byudjet muassasalariga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar 
uchun naqd pul berish bo‘yicha faoliyati ustidan nazorat va 
monitoringni amalga oshirish;

belgilangan shtat-smeta intizomiga va byudjet mablag‘larini 
xo‘jalik ehtiyojlariga sarflash limitlariga rioya qilinishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish; 

hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor 
shaxslarning byudjet jarayoniga asossiz aralashish hollarining oldini 
olish kabi bir qator vazifalar ham nazorat-taftish organlari zimmasiga 
yuklatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga amaldagi qonunchilikka asosan, 
byudjet intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni jinoiy va 
ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi berilgan. 
Davlat moliyaviy nazorati sohasida amaldagi qonunchilikka 
rioya etilish qismiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining va byudjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini 
nazorat qilish Moliya vazirligining G‘aznachiligiga yuklatilgan. 
G‘aznachilik tizimi amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga 
tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining va 
byudjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish 
bo‘yicha ishlarni olib boruvchi Bosh boshqarma hamda o‘zlarining 
hududlarida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga 
tushumlar va ularni ishlatilishini nazorat qiluvchi hududiy 
organlardan tashkil topgan. G‘aznachilik Moliya vazirligiga qilingan 
ishlar bo‘yicha har kuni axborot berib boradi. 
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat 
davlat soliq xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Bosh 
Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilgan. Bosh boshqarma 
Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat 


87 
soliq boshqarmalarida o‘z faoliyatida bevosita unga bo‘ysunadigan 
nazorat-taftish bo‘linmalariga ega bo‘ladi. 
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini 
soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar 
asosida tekshirish (taftish)larni hamda Hukumat qarorlari bilan na-
zorat, soliq organlariga yuklangan masalalar bo‘yicha nazorat tarti-
bidagi tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazish; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va 
yig‘imlarni hisoblab chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya 
qilinishi, to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va byudjetga o‘z 
vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, 
ularga barham berish; 

soliq 
majburiyatlarini 
bajarishda 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarga yordam ko‘rsatish; 

Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan 
birgalikda 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarni 
kompleks 
tekshirishlarning istiqboli rejalarini tayyorlash, tekshirishlar 
o‘tkaziladigan obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish; 

hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni 
o‘tkazish jarayoni hamda tartibi ustidan nazorat o‘rnatish, 
shuningdek, ularni o‘tkazishda (barcha darajadagi soliq organlariga) 
amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; 

davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar 
materiallari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar 
qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi ustidan nazorat 
o‘rnatish; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va 
nazorat tartibidagi tekshirishlar yakunlari bo‘yicha byudjet oldidagi 
majburiyatlarning bajarilishi (qo‘shimcha hisoblangan so‘mmalar, 
moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va shu kabilarning 
undirilishi) ustidan nazorat o‘rnatish; 

hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida 
aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishlari va boshqa holatlar 
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish; 


88 

fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari holatlari 
to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish. 
Davlat bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona 
kodeksi talablariga muvofiq tovarlarni O‘zbekiston bojxona chega-
rasi orqali harakatlanishi ustidan davlat nazorati sohasida 
vakolatlarga ega. 
Sanab o‘tilgan organlardan tashqari davlat moliyaviy nazoratini 
boshqa qator davlat organlari: O‘zR Markaziy banki, Davlat mulkini 
boshqarish qo‘mitasi va boshqalar ham amalga oshiradilar. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish