2. Moliyaviy bashoratlash
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin
bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va
moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy basho-
ratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash
ikkiga ajratiladi:
o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
73
uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan
oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi
taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi
ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi
bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish
manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy
bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va
takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari
va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi.
Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab
chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi
bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha
subyektlari oldida turgan iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal
qilishning) turli senariyalari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo‘llanilishini taqoza
etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq
ravishda moliyaviy reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakter-
laydigan ekonometrik modelni qurish (yaratish);
korrelyatsion-regression tahlil;
bevosita ekspertli baholash metodi.
Shu asoslar aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning
vositalari yotgan dasturli – maqsadli yondashuvdan foydalanadigan
moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlash-
tirish quyidagilarning bo‘lishini ko‘zda tutadi:
yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini
belgilash (o‘rnatish);
davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
muqobil
variantning
tanlanishiga
muvofiq
ravishda
moliyalashtirishni to‘xtatish.
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga
(resurslarga) bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi,
ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zahiralarning hajmi,
kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial
74
yo‘qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq
va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning
muhim metodi sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirish-
ning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan
asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mohiyati
besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan
belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining kutilayotgan
ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda
ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan
keyingi yilga) ko‘chiriladi. Oldinda turgan birinchi yilning reja
ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt yillik ko‘rsatkichlar esa
mo‘ljalli (oriyentirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab
chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo‘yicha balanslilikka
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va boshqa tadbirlar
tizimidan iborat bo‘lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng
foydalanilmoqda.
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarish, investision va moliyaviy faoliyatlarni
kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish
hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni
qidirib topish;
kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan
oqilona va samarali foydalanishni baholash;
kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;
korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga
layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish.
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari
davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich
material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning
informasion asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi
moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar
daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning obyektiv
ravishda o‘zaro bog‘liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini,
75
shuningdek, kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |