Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Moliyani 
boshqarishning 
maqsadi
makroiqtisodiy 
balanslashuvda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, 
milliy valyutaning mustahkamligida, natijada esa aholining 
farovonligini o‘sishida namoyon bo‘luvchi barqarorlik va moliyaviy 
mustaqillikni ta’minlashdan iborat. 
Moliya tizimining barcha soha va bo‘g‘inlarida, maqsad 
qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subyektlari 
moliyaga ta’sir etishning turli maxsus usullaridan foydalanadi. Shu 
bilan birga ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va 
qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda ham 
rejalashtirish, tezkor (operativ) boshqarish va nazorat kabi funksional 
elementlar mavjud. 
Moliyani boshqarish tizimida rejalashtirish asosiy o‘rin tutadi, 
chunki rejalashtirish jarayonida har qanday xo‘jalik yurituvchi 
subyekt o‘zining moliyaviy holatini baholaydi, moliyaviy resurslarni 
oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo‘na-
lishlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonida boshqarish qarorlari 
moliyaviy ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilinadi. Shuning uchun 
bunday ma’lumotlar yetarlicha to‘la va haqqoniy bo‘lmog‘i lozim. 
Ma’lumotlarni haqqoniy va o‘z vaqtida olinishi asoslangan qarorlar 
qabul qilinishini ta’minlaydi. Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya, 
statistik va tezkor (operativ) hisobotlarga asoslanadi.
Tezkor (operativ) boshqarish
mavjud moliyaviy holatni 
tezkor (operativ) tahlil qilish asosida moliyaviy resurslarni qayta 
taqsimlash yordamida minimal xarajat qilib maksimal samaraga 
erishishga qaratilgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Tezkor (operativ) 
boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir.
Nazorat
– boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o‘zida 
moliyani rejalashtirishda hamda tezkor (operativ) boshqarishda 
qo‘llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni 
taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o‘sish rezervlarini 
aniqlaydi va samarali xo‘jalik yuritish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Moliyani boshqarish strategik yoki umumiy boshqaruv va 
tezkor (operativ) boshqaruvlarga bo‘linadi.
Strategik boshqaruv istiqbolni belgilash, maqsadli dasturlar va 
boshqalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy resurslar 


59 
hajmini o‘rnatish orqali namoyon bo‘ladi. U davlat va iqtisodiy 
(xo‘jalik) boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Moliyani strategik (umumiy) boshqaruv subyektlarini: Oliy Majlis
Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi.
Strategik moliyaviy menejment – maqsadli dasturlar uchun 
moliyaviy resurslar miqdorini aniqlaydigan kelajak uchun moliyaviy 
prognozlash. Bunday boshqaruvni O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi, Moliya vazirligi, Prezident devoni va O‘zbekiston Respub-
likasi Davlat soliq qo'mitasi amalga oshiradilar. Moliyaviy menej-
ment sohasida Moliya vazirligining vazifalari quyidagilardan iborat: 

moliyaviy siyosatning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 

byudjet loyihasini tayyorlash, uni ijro etish va moliyaviy 
barqarorlikni ta’minlash; 

moliya bozorini rivojlantirish; 

milliy ehtiyojlarni maqsadli moliyalashtirish; 

moliyaviy va byudjetni rejalashtirish uslublarini takomillash- 
tirish; 

byudjet mablag‘lari ustidan moliyaviy nazoratni amalga 
oshirish. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish