49
Тurli kimyoviy moddalar bilan sug`oriladugan yerlarning ifloslanishi.
O`zbekistonda pestitsidlar 1937-yildan boshlab ishlatila boshlandi va 1967-
yilga kelib ularning miqdori 1947-yilga nisbatan 27 baravar 1980-yilda esa 35
baravar oshdi. (P.A.Yakubova, 1977).
O`rta va Quyi Zarfshon tabiatini ifloslovchi manbalar yildan yilga ko`payib
bormoqda va tabiatning ifloslanishi tezligi tabiatni muhofaza qilish tezligidan
ancha katta. Aholi sonining o`sishi, korxonalar va aftotransportning ko`payishi, ekin
maydonlaridan
uzluksiz foydalanish, tabiatni tozalash bo`yicha
tadbirlarining
yanada ko`proq ifloslanishiga olib kelmoqda.Yaylov va vohalar atroflarida tog`oldi
zonalarida ham aholi sonining ko`payishi, qishloqlarning kattalashuvi, chorva
sonlarining oshib borishi yaylovlarda yukni oshirmoqda. Bu o`z navbatida
yaylovlarning qashshoqlanishiga, ayrim hollarda sahrolanishiga sababchi bo`lmoqda.
Landshaftlarga antropogen yuk
sug`oriladigan zonalarda zich
joylashganligidan juda katta. Bu landshaftlarda aholi sonining tez o`sishi natijasida
ekin
maydonlari qisqarmoqda, hosildor yerlarga turar joylar, turli
xil sanoat
ob’ektlari, maktab, kasalxonalar qurilmoqda. O`zbekiston respublikasi aholisi har 20-
25 yilda ikki marta ko`payishini e'tiborga olsak, demak
shu davr ichida ekinzorlar
maydoni ham qurilishlar hisobiga kiritib shuncha qisqaradi. Albatta ko`p
joylarda
yangi yerlar o`zlashtirish hisobiga sug`oriladigan yer maydonlari
kengaytirilmoqda, lekin bunday imkoniyat hamma joyda ham bor emas.
Sug`oriladigan yer maydonlarini ifloslovchi eng katta manba shu
yerlarga
solinadigan turli xil kimyoviy preparatlar hisoblanadi.
Hozirgi paytda respublika dehqonchiligida turli xil zaharli hashoratlarga,
begona o`tlarga hamda paxta bargini to`kish uchun quyidagi xloroorganik,
fosforoorganik, neorganik preparatlar ishlatilib kellinmoqda: tiodan, kotoran, BI-
58, xlorofos, fozalan, ANTIO, GXSG, nitrofen, kel'ton, sevin, dalapon, xlorat
magniya, sixat, maydalangan oltingugurt va boshqa. Bulardan GXSG
(geksaxlorsiklogeksan) 1987 yil, keltan, sevin 1988 yili ishlatilishi taqiqlangan.
Shunga qaramasdan 1990-91 yillardagi kitobchalarda bu pestitsidlar ro`yxati
keltirilgan.
--
50
Xloroorganik
pestitsidlar tuproqda, suv tagidagi loyqada, o`simlik va
hayvonlarda uzoq saqlanadi. Ular qiyin parchalanuvchi moddalar hisoblanadi. Ba'zi
ma'lumotlar bo`yicha DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) tuproqlarda 20 yildan
ortiq saqlanadi.
Bunday holat juda ko`p tajribalarda sinab ko`rilgan. Bizning tadqiqot
ishlarda ham DDT va GXSG larning tuproqlarda 10 yil saqlanishini aniqladik.
Sobiq Ittifoqda DDT ning ishlatilishi 1982 yil O`zbekistonda esa 1983-yil
taqiqlangan edi. Ana shundan 31 yil o`tdi. Hozirga qadar tuproqlarda DDT
ning miqdori kamaymagan. Bu faqat Zarafshon vodiysi tuproqlarida emas, balki
respublikaning hamma sug`oriladigan yerlar tuproqlari uchun xos. Buni quyidagi
jadvaldan ham ko`rish mumkin. (1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: