Chigitdagi xloroorganik pestitsidlar miqdori
(I.B.Fedotova va boshqalar, 2010)
4-jadval
Xloroorganik pestitsidlar miqdori, mg/kg
Paxta navi
GXSG
GXSG
DDT
DDT
I
0,003
0,002
-
-
0,010
0,006
- 0,008
0,015
II
0,005
0,003
-
-
0,068
0,032
0,014
0,052
III
0,009
0,005
-
-
0,068
0,032
0,014
0,052
Ammo u ham hamma turdagi ekinlar dalalarida uchraydi. Oz bo` lsada bu
zaharli ximikat ham DDTga o`xshaydi to`planish xususiyatiga ega. Shu narsani
alohida takidlash kerakki, ruxsat etilgan me’yorning nimaga asoslanib
olinganligini hech kim aniq yozmagan. Go`yoki REMdan kam miqdor inson
salomatligiga ta'sir qilmas emish. Bu ham tajribada isbotlanmagan va aniq
asosga tayanmagan.
Lekin juda ko`p tajribalarda DDT va GXSG hamda shularga o`xshash
xloroorganik pestitsidlarning organizimlarda biridan ikkinchisiga o`tib, shu
zanjir halqasinining eng oxirida ko`p to`planishi isbot qilingan. Demak,
tuproqdagi oz miqdordagi zaharli ximikat ham tuproqdan oziq-ovqat
mahsulotlariga yem-xashakka, ulardan insonga o`tib zanjir xalqaning oxirida
turadigan inson organizimida to`planadi. Bundan shu narsani xulosa qilish
--
54
mumkinki DDT va GXSG uchun ishlab chiqilgan REM to`g`ri emas.
Ularning oz miqdordagi REM ham inson salomatligiga katta salbiy ta'sir
ko`rsatadi. Shuning uchun ham zaharli ximikatlar uchun REM nolga teng
bo`lishi kerak.
DDT va GXSG tashqari insektitsid sifatida metafos, fozalon va tiodanlar
ishlatildi.
Bularning tuproqlardagi o`rtacha miqdori katta emas, o`rtacha 0,1-0,5
REMni tashkil qiladi. O`rta va Quyi Zarafshonda fozalonning miqdori 0,489
mg/kg (1,0 REM), Navoiy shahriga yaqin ekin dalalarida 0,6 REM (0,297
mg/kg) ni tashkil qiladi.
Begona o`tlarga qarshi treflan, kotoran va dalapon DXA va boshqalar
ko`p ishlatiladi. Dalaponning miqdori (0-10 sm chuqurligida) Samarqand
viloyatida 0,6 REM (0,309 mg/kg) ba' zi paytlari 6,0 REM (3,018 mg/kg) gacha
yetganligi aniqllangan.
Tuproqlarning 10-30 sm chuqurroq gorizontalarida bahorda 0,647
mg/kgni, ya'ni 1,3 clan kuzda 1,0 REM (0,512 mg/kg) cha yetgan (1992-yigi
ma'lumotlar).
Noorganik kelib chiqishga ega bo` lgan xlorat magniya va maydalangan
kukun holidagi oltingugurt keyingi paytlari juda ko`p ishlatimoqda. Bulardan
xlorat magniy paxta barglarini to`kuvchi defoliant sifatida, oltingugurt upasi esa
olma va uzumlar va boshqa mevali daraxtlardagi mikroorganizmlarga qarshi
ishlatiladi.
Xlorat magniy tuproqlardagi qoldiq miqdori O`rta va Quyi Zarafshonda
1,5 va 1,07mg/kg REMni ba'zi yillari 0,75 REM-0,85 REMni tashkil qiladi.
Tuproqlarda xlorat magniyning maksimal miqdori 37,5 mg/kg, ya'ni REM
37,5 ga yetgan. Bu juda katta miqdor bo` lib, uning atrof muhitga salbiy ta'siri
juda katta.
Sixat ham tarkibi bo`yicha xlorat magniyga yaqin. Uning Samarqand viloyat
tuproqlaridagi miqdori 1,40-188 mg/kg (REM 1,4 va 1,8) ni tashkil qiladi.
Bu ham miyordan 1,5 -2,0 marta katta bo`lib, uning oqibati yaxshi
55
o`rganilcnagan, O`rta va Quyi Zarafshon suvini ifloslanishi bo`yicha eng
keyingi ma'lumotlar shuni ko`rsatdiki inson ta'sirida bo`layotgan suvdagi sifat
o`zgarishlar yildan-yilga oshib bormoqda. 1992-yili ma'lumotlari bo`yicha
Zarafshon suvining minerallashish darajasi o`rtacha 567,4 mg/I (0,6 REM)ni
tashkil qiladi. Daryoning boshlanishda 294,3 mg/1 (RE-M-0,3) quyi qismida
1202,8 (REM-1,2)ga yetadi.
Suvdagi organik moddalr miqdori ham daryoning quyi qismi tamon oshib
boradi. Buning sababi o`z-o`zidan ma'lum. Ayniqsa, O`rta Zarafshonda
aholining zichligi, ifloslovchi manbalarning ko`pligi suvga turli chiqindilarning
ko`plab tushuhsiga sabab bo` ladi.
Daryoda asosiy ifloslovchi moddalarning ko`pchiligi ruxsat etilgan
miqdordan katta, masalan, fenol 0,008 mg/1 (8-REM), neft mahsulotlari-0,04
mg/1 (0,8-REM), nitrit azotining miqdori REM dan 1,7 marta ko`p, ya'ni-
0.034 mg/1 zararli og`ir metallar miqdori ham miyordan 2,0 baravar ortiq
bo`lib, mis va xromlarning miqdori 1,9 mg/1 (REM -1,9)ga yetgan.
Xloroorganik pestitsidlardan GXSG miqdori miyorga nisbatan qariyib 3
baravar ortiq, masalan, GXSG ning miqdori 0,027 mkg/1 (2,7-REM), GXSG
0,018 mkg/1 (1,8 REM). DDTning miqdori juda kam bo` lib, REM., ga
yetmaydi. I lgari ta'kidlaganimizdek GXSGning DDTga nisbatan ko`pligi
uning suvda tezroq eruvchanligi hisoblanadi. (5-6-jadval)
Samarqand shahri yaqinida suvdagi tuzlar miqdori REM ning yarimini
tashkil etadi. Navoiy shahri yaqinida esa hamma oylarda tuziar REM dan 1,2-
1,3 baravar ortiq, ya'ni suvning minerallashishi darajasi 1200-1300 mg/l ni
tashkil qiladi. Samarqand va Navoiy shaharlari orasidagi masofa 100 km dan
ortiqroq. Shu qisqa masofada suv sho`rligining 2-3 baravar oshishi bevosita
antropogen ta'sirning oqibatidir. Odatda suvdagi tuzlarning ko`payishi daryo
suvidagi mejen davriga to`g`ri keladi, to’lin suv davrida suv chuchuklashadi.
Jadvalda yanvarda ham iyul oyida ham tuzlar miqdori bir xillik (1300 mg/1)
ko`rinib turibdi.
--
56
Do'stlaringiz bilan baham: |