Landshaftlardan regional foydalanish va turli salbiy tabiiy geografik
jarayonlarning oldini olish yo`llari.
Salbiy tabiiy geografik jarayonlarning
jadalashishi asosan inson xo`jalik faoliyati bilan bog`liq. Tabiatga ta'sirning
hamma turlarida me'yor bo`lishi kerak. Me'yorga rioya qilinsa tabiatda kuchli
o`zgarishlar bo`lmaydi. Salbiy tabiiy jarayonlarning oldini olish va aholi yashashi
uchun landshaftlarni optimallashtirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
zarur deb hisoblaymiz;
1) Turli zararkunanda hashoratlarga va begona o`tlarga qarshi ishlatiladigan
kuchli pestitsidlardan voz kechish va boshqalaridan mumkin qadar kam ishlatish.
Hozir O`zbekistonda 216 turdagi pestitlar ishlatilmoqda. Ayniqsa paxta bargini, olma
va uzum, kartoshka uchun o`nlab kimyoviy preparatlar ishlatiladi. Masalan,
uzumlarning zang kasaliga ilgari oltingugurt kukuni sepilar edi, hozir uning quvvati
yetmagach Topaz, Bi58, Pyankuver, Karate va boshqalar ishlatiladi. Bu yangi
preparatlarning asoratlari haqida hech narsa bilmaymiz. Biz ushbu kimyoviy
preparatlar o`rniga biologik usullarni qo`llash (turli foydali hashoratlarni
ko`paytirish, xalq-tajribalarini qo`llash - kechasi chiroq yoqish, daraxt tanalarini
oqlash yoki moylash, achchiq o`simliklardan eritma tayyorlab sepish, kul va ohak
aralashmalarini, aralashtirib sepish, turli parrandaning ko`payishi uchun sharoitlar
berish va hokozo) maqsadga muvofiq deb bilamiz.
2) Suv va shamol eroziyasini kamaytirish uchun qiyaligi 2-3
°
dan oshadigan
yonbag`irlardagi ekinlarni jo`yaklar bilan yoki bostirib sug`orish o`rniga
--
70
tomchilatib sug`orishdan foydalanish. Tomchilatib yoki tomirga suv berib
sug`orish juda katta suvni tejaydi, tuproqning suv bilan yuvilishini to`xtaydi
hamda, tuzlarning migrasiyasi kamyadi. Umuman qiyaligi 2
°
va undan ortiq
yonbag`irlarda uzumchilik va mevachilikni rivojlantirish zarur. Shamol
eroziyasini kamaytirish uchun shamollarni to`sadigan ihota daraxtlarni
ko`paytirish lozim. Umuman qiyaligi 20 dan oshadigan yerlardan sug`orma
dehqonchilikda foydalanganda ilmiy asoslangan agrotexnik qoidalarga rioya
qilinishi shart.
3) Tog` oldi tekisliklari asosan yaylovchilikda foydalaniladi va yaylovlarning
hamma joyida antropogen yuk yildan-yilga oshib bormoqda. Geobotaniklar hisoboti
bo`yicha Oqtog` tizmasining janubiy yonbag`irlaridagi yaylovlarda 2,5 gektar yerga
1 bosh qorako`1 qo`y to`g`ri kelishi kerak. Holbuki qishloqlar atroflarida 1 gektarga
me'yorga nisbatan 10-15 baravar ortiq mollar boqilmoqda, natijada yirik qishloqlar,
soylar, qo`y qo`tonlari atroflarida turli begona o`tlar ko`payib bormoqda. Masalan,
qishloqlar atroflarida qo`ytikon, loxsha karrak, sariqtikon, yantoq, achchiq miya,
qo`ziquloq, hazaraspanlar ko`payib ketgan. Qo`y qo`ralari atroflarida qiltiq,
arpag`an, hazaraspanlar qalin o`simliklar guruhlarini hosil qigan. Bularning oldini
olish uchun yaylovlardan bir tekisda foydalanish ba'zi yaylovlarga vaqti-vaqti bilan
dam berish, zagon sistemasidan foydalanish lozim. Umumiy qoida har bir yaylovda
sig`imidan ortiq miqdorda mollar boqilmasligi kerak.
Tog` yonbag`irlarida daraxtlarning kesilishi, mol boqish tufayli tabiiy o`t
qoplamining yo`qotilishi tuproq eroziyasini, surilmalarni kuchytirib yubordi. Bu
jarayonlarning oldini olish uchun daraxt va butachalarni kesishni to`xtatish,
fitomeliorativ ishlarni kuchaytirish, yonbag`irlardagi lyossimon jinslarni qirqmasdan
turli qurilishlarni bajarish lozim.
Kanallar va ariqlar qirg`oqlarining yemirilishi, o`pirilmalar, katta kanallar
(Darg`om, Eski Anhor, Narpay, Tuyatotar, Shofrikon, Shohrud va boshqa.)
qirg`oqlarida tez-tez ro`y beradi. Buning rivojlanishiga sabab qirg`oqlarga
matorlar bilan suv chiqarib sug`orish hisoblanadi. Loyqa bosish, odatda katta
pastqamliklar tagida ko`p kuzatiladi. Yonbag`irlarni sug`organda suv bilan yuvilgan
71
tuproqlarning mayda zarrachalari yuvilib pastqamlik tagida yoyiladi. Bu loyqa qotib
taqirni ham hosil qiladi. Ekinlarga suvning ko`p berilishidan qirlar o`rtasidagi
pastqamliklarda zax, botqoq yerlar hosil bo`lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |