(ko'plab Yevropa mamlakatlarida) bitta tilda gaplashishsa, ayrim
mamlakatlarda (Nigeriya va Rossiyada) 100 dan ortiq tillarda
so‘zlashiladi. H ozirda ayrim tillar kelib chiqqan hududidan
tashqaridagi keng hududlar bo‘ylab yoyilgan. Arab tili paydo
bo‘lgan vaqtda (VII asrdan oldin) undan faqat Arab yarim
orolining janubidagina yashovchi qabilalar foydalangan bo‘lsa,
hozir bu tilda Shimoliy Afrika
va Janubiy Sharqiy Osiyoda
joylashgan juda ko'p xalqlar so‘zlashadilar. Yoki ingliz tilida,
dastlab Britaniya orolining aholisi so‘zlashgan b o is a , hozir
Yevropa va Shimoliy Amerika aholisining beshdan bir qismi,
Avstraliya va Yangi Zelandiya xalqlari asosan shu tilda gaplashadilar.
Asl vatani Pireniy yarim oroli bo‘lgan ispan tili keyinchalik butun
Lotin Amerikasiga tarqalgan.
Xalqlarni tilga qarab tasniflash asosan ikki mezon, m e’yor
— til va etnik mansublik prinsiplariga asoslanadi. U m um an
olganda, til insoniyat madaniyatining asosini tashkil etadi.
Chunki
tilda aynan insonga xos maxsus ramzlar, simvollar, signallar
orqali ma’lumot uzatiladi. Tilning taraqqiyoti madaniyat taraqqiyoti
bilan muvoziy (parallel) ravishda rivojlanib borgan.
U yoki bu tillarning qon-qarindoshliligi etnologiya uchun
ushbu tilla rd a so‘zlashuvchi m a d an iy atla r va xalqlarning
yaqinliligini namoyon etishi bilan ham ahamiyatlidir.
Dunyo xalqlari turli til oilalari
masalasida tadqiqotchi olimlar,
lingvistlar orasida um um iy qarash mavjud emas. Biroq, oxirgi
yillardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida dunyo xalqlari tillarini
quyidagilarga bo‘lish mumkin:
Hindoyevropa tillar oilasi — eng ko‘p sonli va eng keng
tarqalgan til oilasi hisoblanadi. M azkur oilaga kiruvchi tillarda
dunyo aholisining 45 foizi so‘zlashadi. Hindoyevropa oilasiga
kiruvchi xalqlar Yevropaning katta qismi,
Tojikiston, Eron,
Afg‘oniston, Janubiy Osiyoning shimoliy, janubiy va markaziy
hududlari, Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Hindoyevropa tillar
oilasi o‘z navbatida 10 guruh: slavyan, boltiq, nemis, kelt, roman,
grek, alban, eron, hindooriy va arm an tillar guruhlariga bo‘linadi.
Kartvel (gruzin) til oilasiga mansub kishilar kam sonli bo ‘lib,
faqatgina Guruziya hududidagina yashaydilar.
Dravidlar oilasi (dunyo aholisining 4%i)ga H indistonning
janubi va Shri-Lanka sharqida yashovchi aholi kiradi. Ushbu til
oilasi ham 4 guruhga: markaziy, janubiy,
shim oliy-sharqiy va
shimoliy-g‘arbiy (dravid tillarining boshqacha klassifikatsiyasi ham
bor)ga bo‘linadi.
Oltoy tillar oilasi dunyo aholisining 6% foizi so‘zlashadi.
M azkur tillarda Yevroosiyoning bir-biridan uzilgan m intaqalari
— Bolqondan tortib Yapon orollarigacha, Shimoliy muz okeani
qirg‘oqlaridan tortib M arkaziy Osiyo c h o ‘llarigacha bo ‘lgan
hududlarda yashovchi turli xalqlar so‘zlashadilar. Ushbu oila 5 ta
guruhga: turkiy, m o‘g‘ul, tungus-m anjur, koreys tillari kiradi.
Afroosiyo tillari (semit-xamit) oilasi (dunyo aholisining 5% i)
Shimoliy va Shimoliy-Sharqiy Afrikada, Arabiston yarim orolida
va unga tutash bo'lgan shimoliy m am lakatlarda: Suriya, Livan,
lordaniya, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida, Iroqda hukm -
ron hisoblatiadi va 4 ta guruhni: sem it, barbar,
chad va kushit
tillarini birlashtiradi.
Nigero-kordofa oilasida so‘zlashuvchi xalqlarga (dunyo aholisi
ning 6% i) G ‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikada yashov
chi aholi kiradi. Ushbu til oilasi kongo va kordofa tillariga bolinadi.
N igero-kordofa tillarida so‘zlashuvchi xalqlar yashaydigan
mintaqaning shimoliy hududlarida nil-sahro oilasida gaplashuvchi
xalqlar (dunyo aholisining 6% i) yashayadilar va ular 9 guruhga:
Sharqiy Sudan, M arkaziy S udan, b ertlar, kunam a, sahro,
songai, fur, mabang, komuelarga b o ‘linadi.
Kam sonli shimoliy Kavkaz oilasi (dunyo aholisining 0,1%
i)ga abxaz-adigeylar va nax-dog‘istonliklar kiradi.
Aholi soniga ko‘ra Hindoyevropa til oilasidan keyingi eng ko‘p
tarqalgan tillar oilasiga sino (xitoy)-tibet tillar oilasi kiradi. Bu
tilda dunyo aholisining 23% i so‘zlashadi. Sharqiy, Markaziy,
Janubiy-Sharqiy Osiyo aholisi va Janubiy Osiyoning shimoliy
mintaqalarida yashovchi aholi shu til oilasiga mansub. Turli olimlar
xitoy-tibet tillar oilasini turli guruhlarga b o ‘ladilar. Ba’zi bir
tasnifiy bo ‘linishga ko‘ra ushbu guruhga 13 ta til: xitoy,
tibet-
birma, kachin, bodo-garo, midju, digaro, miri, jim al, lepcha,
shimoliy himolay, nevari, gurung, sharqiy himolay tillari kiradi.