O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

29-
 
§. Semema va nutqiy ma‟no. Sememaning nutqiy lug„aviy 
ma‟no sifatida voqelanishi
 
 
Semema va nutqiy ma‘no munosabati, albatta, boshqa lisoniy 
birlikda bo‗lgani kabi dialektikaning umumiylik-xususiylik, mohiyat 
va hodisa, imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat, umuman olganda
zot va tajalli dialektikasi
ni o‗zida aks ettiradi. Shuningdek, barcha 
lisoniy birlik va ularning nutqiy voqelanishida kuzatilgan tayyor – 
tayyor emas, ijtimoiy–individual, cheklangan–cheksiz, barqaror– 


105 
beqaror, takror – betakror umumnisbatli belgisi semema va nutqiy 
ma‘no munosabatida o‗ziga xos tarzda tajallilanadi. 
Sememaning tayyor va nutqiy ma‟noning tayyor emasligi. 
Sememaning asosiy xususiyati – uning til jamiyati a‘zolari ongida 
tayyor holda ekanligi. Demak, semema ma‘lum bir qonuniyat yoki 
qolipning mahsuli yoki hosilasi emas. Masalan, 
kitob 
leksemasiga xos 
«varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki qo‗lyozma 
holdagi davriy bo‗lmagan o‗quv quroli», 
shod 
leksemasining «jonli 
predmet emotsional holatining ijobiy darajasini ifodalovchi baho 
sifati», 
o„qimoq 
leksemasining «harflarni urishtirib, ma‘nosini uqishga 
intilish harakatini ifodalovchi fe‘l» sememalari kishi ongida nutqiy 
ma‘no sifatida namoyon bo‗lish uchun tayyor turadi. So‗zlovchi hech 
qachon semema yaratmaydi. Nutqiy ma‘no esa muayyan sintaktik 
qurshovda nutq sharoiti va so‗zlovchining kommunikativ niyatiga mos 
ravishda yuzaga chiqadi. Masalan, 
U birinchi sinfda bo„lsa-da, matnni 
tez va ravon o„qiydi 
gapida 
o„qimoq 
leksemasining sememasi ushbu 
holat uchun moslashib namoyon bo‗ladi. Bunda voqelangan nutqiy 
ma‘no sememadan harakatning kimgadir tegishliligi, «tez va ravon 
ekanligi», «harakatning matn ustida amalga oshayotganligi» kabi 
xususiy belgisi bilan farqlanadi. Bu belgi sememada aks etmaydi, nutq 
jarayonida hosil qilinadi. Nutqiy ma‘noning tayyor emasligi, ayniqsa, 
sememaning nutqiy ma‘nosi so‗zda ko‗chma ma‘no sifatida 
voqelanishlarida yanada yorqinroq namoyon bo‗ladi. 
U paxta termas, 
hasharchilarga suvchi edi 
gapidagi 
suvchi 
so‗zining ma‘nosi nutqiy 
bo‗lib, uni «suv tashish va yetkazib berish bilan shug‗ullanuvchi 
kishi» deya bayon qilish mumkin. Bu nutqiy ma‘no 
suv 
so‗ziga 
-
chi 
qo‗shimchasini qo‗shish asosida 
suv 
leksemasi 
sememasini 
juz‘iylashtirib hosil qilingan mazkur ma‘no nutq jarayoni mahsulidir. 
Sememaning ko‗chma ma‘no sifatida qo‗llanishida nutqiy 
ma‘noning tayyor emasligi belgisi aniqroq ko‗zga tashlanadi. 
Qush 
edim, qanotimni qayirdilar 
gapidagi (
qanot
) so‗zida semema shu 
tarzda juz‘iylashganki, uning atash semalari so‗nib, semema butunlay 
sifat o‗zgarishiga uchragan. Bu «o‗zgargan» holat ham sof nutqiy 
jarayon mahsulidir. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish