O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Ifoda semasi 
deganda semema tarkibida turli qo‗shimcha ma‘no 
(uslubiy bo‗yoq, shaxsiy munosabat, qo‗llanish doirasi va davri)ni 
atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham 
leksema sememani farqlash quvvatiga ega bo‗lgan sema bo‗lib, ular 
ham leksik paradigmada aniqlanadi. Masalan, 
yuz 
va 
bet 
leksemasining ifoda semasi o‗zaro qiyosda ochiladi: 
yuz 
– inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismining uslubiy betaraf ifodasi. 
bet 
– inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismining so‗zlashuv uslubiga xos ifodasi. 
Bu sememalardagi «uslubiy betaraf» (
yuz 
leksemasidagi) va 
«so‗zlashuv uslubiga xos» (
bet 
leksemasidagi) semalari uslubiy 
bo‗yoqni ko‗rsatuvchi ifoda semasidir. 
Irkit 
leksemasidagi «salbiy», 
noziknihol 
leksemasidagi «ijobiy» 
semasi shaxsiy munosabatni ko‗rsatuvchi ifoda semasi bo‗lsa, 
aeroplan 
leksemasidagi «arxaik», 
sauntrek 
leksemasidagi 
«neologizm», 
buzov 
leksemasidagi «shevaga xos» semasi qo‗llanish 
davri va doirasini ko‗rsatuvchi ifoda semasi. 
Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‗lmagan turga ajratiladi. 
Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari 
ingerent konnotativ 


103 
sema 
va muhim bo‗lmagan ifoda semalari 
adgerent konnotativ sema 
deyiladi. 
Vazifa 
semasi 
leksemaning 
birikuv-biriktiruv 
(valentlik) 
imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‗rinni egallashini bildiruvchi 
semadir. Masalan, 
kitob

daftar

maktab

bormoq yemoq 
kabi 
leksemalarning valentlik imkoniyati o‗ta keng va shu boisdan gapda 
turli gap bo‗laklari vazifasida keladi. 
Qat‟iy

keskin

moviy

charos

qizg„ish 
leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular 
ayrim so‗zlar bilan birika oladi, xolos. 
Semema semalari o‗zaro dialektik munosabatda va teskari 
mutanosiblikka ega. Sememani uchburchakka qiyoslasak, har bir turga 
mansub sema uning bir burchagini tashkil qiladi. Uchburchakda bir 
burchakning kattalashishi boshqalarining kichrayishi hisobiga yuz 
berganligi kabi sememadagi bir semaning kuchayishi boshqa 
semaning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‗ladi. Masalan, mustaqil 
leksemada atash semasi kuchaysa, ifoda semasi kuchsizlashadi. Ifoda 
semasi kuchaysa, atash semasi kuchsizlanadi. Masalan, ko‗chma 
ma‘noli leksemada atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi 
kuchaygan. Leksema nutqda voqelanganda ham uning atash semasi 
o‗z o‗rnini ma‘lum darajada ifoda semasi voqelanishiga bo‗shatib 
beradi. Masalan, 
bo„ri 
leksemasi odamga nisbatan qo‗llanilganda 
undagi «hayvon», «itsimonlar oilasiga mansub», «yovvoyi» atash 
semalari kuchsizlanib, «yirtqich», «vahshiy», «qonxo‗r» ifoda 
semalari kuchaygan holda yuzaga chiqadi. 
Mustaqil leksema yordamchi so‗z vazifasida qo‗llanganda undagi 
atash va ifoda semasi kuchsizlanib, vazifa semasi esa kuchliroq 
voqelanadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish