O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

28-
 
§. Sema turlari
 
 
Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohiyatiga ko‗ra 
uch xil bo‗ladi: 
1)
atash semasi (denotativ sema); 
2)
ifoda semasi (konnotativ sema); 
3)
vazifa semasi (funksional sema). 
Atash semasi 
borliq bilan, ifoda semasi so‗zlovchining 
munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning lison va nutqdagi 
roli bilan belgilanadi. 
Atash semasi leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa- 
predmetlik, miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi 
semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-biriga bog‗lab turadi. 
Masalan, yuqorida keltirilgan
kitob 
leksemasining barcha semasi – 
atash semasi. 
Bir xil yoki o‗xshash tushunchani ifodalaganligi 
sababli 
leksemada ko‗p holda atash semasi bir xil bo‗ladi. Masalan, 
yaxshi

tuzuk

durust

ajoyib 
yoki 
yuz

chehra

oraz

turq

aft

bet 
ma‘nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil. 
Yaxshi

tuzuk

durust

ajoyib 
leksemalarining atash semalari 
quyidagilar: 1) «belgi»; 2) «barqaror belgi»; 3) «sifat belgi»; 
4)
«shaxsiy baho»; 5) «ijobiy»; 6) «ichki-tashqi». Shu bilan 
birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud 
bo‗lib, ular 
tuzuk 
leksemasida «me‘yordan bir pog‗ona pastlik», 
yaxshi 
leksemasida «me‘yordalik», 
ajoyib 
leksemasida «me‘yordan 
bir pog‗ona yuqorilik» semalaridir. 
Yuz

chehra

oraz

turq

aft

bet 
leksemalarida esa: 1) «inson boshi old tomoniga xos»; 2) «peshonadan 
iyakkacha bo‗lgan qism» semasi atash semasi. 
Demak, muayyan sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini 
belgilashda, albatta, leksema paradigmada o‗z korrelyanti bilan 


102 
tekshirilishi lozim. Aks holda, leksemaning relevant (muhim) va 
irrelevant (muhim bo‗lmagan) semasini farqlashning imkoni 
bo‗lmaydi. Masalan, ingliz tilidagi 
brother 
leksemasining sememasi 
«qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita» atash semalariga ega. 
O‗zbek tilidagi 
aka 
leksemasida esa bu sema bilan birgalikda 
«mendan katta» relevant semasi ham bor. Chunki 
aka 
leksemasi shu 
semasi bilan 
uka 
leksemasiga qarama-qarshi turadi. 
Brother 
leksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik yo‗q, shu boisdan 
unda noaniq tabiatli «mendan katta/mendan kichik» semasi mavjud 
bo‗lib, u noaniq bo‗lganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi 
кобыла 
leksemasida «urg‗ochi» semasi muhim bo‗lib, u o‗zbek tilidagi 
baytal 
leksemasining ham, 
biya 
leksemasining ham muqobili bo‗la oladi. 
Biroq 
baytal 
va 
biya 
zidlanishida «urg‗ochi» semasi emas, «qulunli» 
(
biya 
leksemasida) va «qulunsiz» (
baytal 
leksemasida) semasi 
relevant (muhim) dir. 
Кo‗rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng 
muhim, belgilovchi hisoblanadi va borliq parchasiga muvofiq keladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish