1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar



Download 22,22 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,22 Kb.
#270208
Bog'liq
1046-XII 05.05.1994




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

“ShUHRAT” MEDALINI TA’SIS ETISh TO‘G‘rISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:



1. “Shuhrat” medali ta’sis etilsin.

2. “Shuhrat” medali to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).

3. “Shuhrat” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 5-may,

1046-XII-son

1994-yil 5-mayda qabul qilingan


O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Shuhrat” medali to‘g‘risidagi

nizom

1. “Shuhrat” medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar.



2. “Shuhrat” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Medal bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

3. “Shuhrat” medali bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.



(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

4. “Shuhrat” medalini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga binoan boshqa shaxslar topshiradi.

(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

5. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.

(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

“Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.



(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

6. “Shuhrat” medali ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

7. “Shuhrat” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

1994-yil 5-mayda qabul qilingan


O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Shuhrat” medalining tavsifi

“Shuhrat” medali dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qotishma qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan bo‘ladi.



Medal diametri 34 millimetrli doira shaklida.

Medalning old tomonida ko‘tarilib kelayotgan quyosh nurlari ichida O‘zbekiston iqtisodiy qudratining ramzi bo‘lgan manzara bo‘rtma yo‘sinda tasvirlangan.

Medalning quyi qismida oq emal fonida qabariq harflarda “SUHRAT” degan yozuv beriladi. Harflarning balandligi 2 millimetr. Medalning chetlari ikki tomondan bo‘rtma doira bilan hoshiyalangan.

Medalning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

Medalning qalinligi 3 millimetr.

Medal respublika Davlat bayrog‘i ranglaridagi yo‘l-yo‘l shoyi mato sirilgan besh burchakli qadag‘ich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Ko‘k, oq va yashil yo‘llarining eni 7 millimetrdan, qizil yo‘llarining eni 1,5 millimetr.

Qadag‘ichning bo‘yi 48 millimetr, eni 45 millimetr.

Medal to‘g‘nog‘ich bilan taqiladi.


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 121-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )

Download 22,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish