O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

LEКSIКOLOGIYA 
 
23-
 
§. Leksikologiya haqida tushuncha
 
 
Leksikologiya (ot. grek. 
lexikos 
– so‗zga oid va 
logos 
– ta‘limot) 
tilning lug‗at tarkibini, leksikasini o‗rganuvchi tilshunoslik bo‗limi. 
Leksikologiyaning o‗rganish manbayi so‗z bo‗lsa, o‗rganish predmeti 
uning quyidagi jihatlari: 
a)
lisonning asosiy lug‗aviy birligi sifatidagi leksema muammosi, 
leksik birlik tiplari; 
b)
til lug‗at tarkibi strukturasi; 
d)
lug‗aviy birliklarning qo‗llanilishi; 
e)
lug‗at tarkibining boyishi va taraqqiyoti; 
f)
leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o‗zaro 
munosabati. 
So‗z umumlingvistik muammo, shu boisdan u umumiy so‗z 
nazariyasi doirasida ham o‗rganiladi. Leksik birlik doirasiga nafaqat 


85 
alohida so‗z (tugal shakllangan birliklar), balki so‗zga teng barqaror 
birlik, murakkab tarkibli so‗z ham kiritiladi. Lekin so‗z asosiy 
lug‗aviy birlik sanaladi. 
Shakl va mazmun birligidan iborat so‗z til birligi sifatida uch 
yo‗nalishda o‗rganiladi: 
a)
struktur jihatdan (so‗zning qurilish xususiyatlari); 
b)
semantik jihatdan (so‗zning lug‗aviy ma‘nosi); 
d) funksional jihatdan (so‗zning lison va nutq strukturasida tutgan 
o‗rni). 
Struktur yondashuvda so‗z leksikologik nazariyasining asosiy 
vazifasi, uning alohidaligi va o‗ziga xosligi mezonini tiklashdir. 
Birinchi holatda so‗z so‗z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal 
shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‗zning nutqdagi 
analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‗zning 
turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash 
xususida so‗z boradi. Shuningdek, grammatik shakl olgan leksema – 
so‗zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Leksemaning turli nutqiy – 
fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‗rganiladi. 
Lug‗aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‗aviy birliklar) 
leksik semantika – semasiologiya tadqiq manbayiga aylanadi. Bunda 
so‗zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotat)ga 
munosabati 
o‗rganiladi. Semasiologiyada so‗zning 
semantik 
xususiyati – birma‘nolilik va ko‗pma‘nolilik, umumiy va xususiy, 
mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‗g‗ri va ko‗chma ma‘nolari 
tekshiriladi. Bunda asosiy e‘tibor so‗zning semantik strukturasiga, 
so‗z ma‘nolari tipi va ularni ajratish mezoniga, so‗z ma‘nolarining 
o‗zgarishi va taraqqiyoti, so‗zning ma‘nosini yo‗qotishi va grammatik 
formantga aylanishi – desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi. 
Funksional yondashuvda so‗zning nutqda voqelanish jarayonidagi 
roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari voqelanishiga, ular 
umumiy 
ma‘nolarining 
parchalanishiga 
qo‗shgan 
«hissasi» 
tekshiriladi. Masalan, 
odamcha 
so‗zida 
odam 
leksemasi -
cha 
morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma‘nosini 
qizcha 
so‗zidagi 
«kichraytirish-erkalash» ma‘nosidan farqlagan, morfologik sath birligi 
bo‗lgan 
-cha 
morfemasining «kichraytirish» umumiy ma‘nosini 
parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan. 
Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki sistema sifatida 
qaraydi. Shuningdek, o‗zaro ma‘noviy umumiylikka ega bo‗lgan 


86 
lug‗aviy birlik yanada kichik, ichki tizimcha sifatida qaraladi. Shu 
asosda katta va kichik, ichki tizimlarning pog‗onali, bir-birini tashkil 
etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, 
olma, o„rik, nok 
kabi ho‗l 
meva nomi bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot nomi (
sabzi, karam, 
sholg„om
…) boshqa bir tizimni tashkil etadi. Ular yuqoriroqda yana 
birlashadi – kichik tizimchalardan tashkil topgan «meva-sabzavot 
nomi» tizimini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom 
etaveradi. 
Tilning lug‗aviy tarkibi bir xil emas. So‗z serqirra hodisa 
bo‗lganligi uchun ham turli asosga ko‗ra ko‗plab turlarga ajratiladi. 
Masalan, 
–qo‗llanish darajasiga ko‗ra: umumiste‘mol va chegaralangan 
(yoki xususiy) leksika; 
–qo‗llanish davriga ko‗ra: eskirgan so‗z, zamonaviy so‗z va 
neologism; 
–qo‗llanish doirasiga ko‗ra: dialektizm, professionalizm, jargon va 
h. 
Leksikologiya til lug‗at tarkibining boyishini o‗rganganda uning 3 
tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‗z yasash, so‗zni yangi 
ma‘noda qo‗llash) ichki boyish imkoniyati bo‗lsa, bittasi tashqi (so‗z 
o‗zlashtirish) imkoniyatdir. 
Lug‗aviy 
birlikning 
borliqqa 
munosabatini 
o‗rganish– 
leksikologiyaning muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi 
hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, yaqin 
o‗tmishda 
savdogar 
so‗zida salbiy ottenka bo‗lgan bo‗lsa, bugungi 
kunda ijobiy bo‗yoqli so‗z sifatida keng iste‘molda. 
Leksikologiyaning umumiy, xususiy, tarixiy, qiyosiy, nazariy, 
amaliy leksikologiya kabi turlari mavjud. 
Umumiy leksikologiya leksikaning qurilish, amal qilish va 
taraqqiy etishining umumiy qonuniyatini ochsa, xususiy leksikologiya 
ma‘lum bir tilning lug‗at tarkibini o‗rganadi. 
Tarixiy leksikologiya so‗zning tarixiy shakliy va ma‘noviy 
holatini, taraqqiyotini tekshiradi. 
Qiyosiy leksikologiya qarindosh va qarindosh 
bo‗lmagan 
tillarning leksik birliklarini taqqoslash bilan shug‗ullanadi. Masalan, 
qalqimoq 
so‗zi o‗zbek tilida narsalarning yuzaga chiqishini ifodalaydi 
va uning turk tilidagi varianti ma‘nosi («kishining o‗rnidan turishi») 
farqlanadi (
Saat kachda kalkiyursunuz? – Qachon uyqudan turasiz?) 


87 
Yoki qarindosh bo‗lmagan o‗zbek va rus tillaridagi 
yabloko 
(meva) va 
olma 
(meva va daraxt) leksemalarining lisoniy qiymatlari har xil. 
Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‗atchilik), tarjima, 
lingvopoetika va nutq madaniyatini o‗z ichiga oladi. Ularning har biri 
leksikologik 
nazariyani 
boyitadi. 
Masalan, 
tarjima 
qiyosiy 
leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi. 
Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni 
farqlab, ularning tizimiy munosabatlarini tadqiq qiladi. 
Leksikologiya o‗z o‗rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik 
tadqiq usul – distributiv (so‗zning chegarasini belgilash, morfologik 
strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‗zlar ma‘noviy xususiyatlarini 
tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‗zlar ma‘noviy tarkibini 
aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish