O‘zbeкiston respubliкasi


ot+chi=ot anglatmishi bilan shug„ullanuvchi shaxs oti



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

ot+chi=ot anglatmishi bilan shug„ullanuvchi shaxs oti 
qolipi 
hosilasi. Ammo 
ishchi 
leksemasi bu qolipdan uzoqlashib, undagi 
o‗zak va qo‗shimcha qotgan holga kelgan, ya‘ni bu leksema hozir yuz 
berayotgan nutqiy jarayonda yasalmagan. 
Kitobchi 
so‗zi esa mazkur 
qolip asosida nutq jarayonida hosil bo‗lgan nutqiy hosila. Demak, 
ayrim yasama so‗z qolipdan chiqib, davr o‗tishi bilan leksemalashib, 
tayyor holga kelib qoladi. 
Leksemaning ongda paradigmatik va sintagmatik munosabat 
asosida yashashi. 
Til o‗ziga xos murakkab tizim ekanligini, uning 
birliklari botartib tarzda ―yashashi‖ni yaxshi bilamiz. Avvalo, 
muayyan til egalari ongida o‗sha tilga mansub leksemalar o‗zaro 
paradigmatik (o‗xshashlik) hamda sintagmatik (qo‗shnichilik) 
munosabatlarda mavjud bo‗ladi. Masalan, 
o„g„il 
leksemasi bir 


90 
tomondan 
ota

ona 
leksemalari bilan, ikkinchi tomondan 
qiz 
leksemasi 
bilan paradigma hosil qilib yashaydi. Paradigmadagi bir a‘zoning 
mohiyati unga paradigmadosh boshqa a‘zoning mohiyatiga qiyosan 
olinadi, unga munosabatda bo‗ladi. Masalan, 
aka 
leksemasi 
uka

singil

opa 
leksemalari bilan paradigma hosil qilar ekan, bunda 
ularning umumiy belgisi bu leksemalarni bir paradigmaga solsa, farqli 
belgilari mustaqilliklarini ta‘minlaydi. Lisoniy birliklar orasidagi 
bunday bir-biriga ishora qilib, eslatib turuvchi belgilar, munosabatlar 
assotsiativ munosabat 
ham deyiladi. 
aka 
leksemasining mohiyati 
uka 
leksemasining mohiyatiga qiyosan belgilanadi. Qiyos esa eslatish, 
eslash, yonma-yon qo‗yish munosabatidir. 
Leksemalar mohiyatida mujassam sintagmatik munosabat ham 
ahamiyatli. Masalan, 
daftar 
leksemasi nutqda 
yirtmoq

yozmoq, 
saqlamoq, sotib olmoq 
kabi o‗nlab, yuzlab leksemalar bilan bir 
tomondan, morfologik shakl va so‗z yasovchi qo‗shimcha bilan 
ikkinchi tomondan birikuv hosil qiladi. Bu voqelanish leksemada 
imkoniyat sifatida mavjud. Aytilgan birlik bilan yuz bergan aloqa 
leksema mohiyatida imkoniyat sifatida yashirin. 
So‗zlovchi nutq jarayonida zarur bo‗lgan birlikni o‗xshash va 
farqli belgilari asosida paradigmadan tanlab, sintagmatik imkoniyati 
doirasida nutqda turli-tuman kombinatsiya hosil qiladi. Nutqda 
leksemaning mohiyati hech qachon to‗la-to‗kis voqelanmaganligi kabi 
sintagmatik imkoniyatning ham faqat zaruri voqelikka aylanadi. Zero, 
dialektika uqtirganidek, mohiyat bir hodisada bus-butun yuzaga 
chiqmaydi, imkoniyat to‗la voqelanmaydi. Nutqiy voqelanish uning 
bir zarrasi, xolos. 
Leksema so‗zdan boyroq va kengroq. Biroq so‗z nutqda turli 
«begona» – bevosita leksemaga aloqador bo‗lgan lisoniy va aloqador 
bo‗lmagan kontekstual hodisalar bilan «boyitilgan», 
nutqda 
voqelanish uchun shakllantirilgan bo‗ladi. Leksemaning «boy»ligi 
«o‗ziniki»dir. So‗z esa, aytilganidek, o‗z asosidagi leksemaga tegishli 
bo‗lmagan boshqa nolug‗aviy omillar – fonetik, morfologik, sintaktik 
uslubiy mohiyatlar hamda nolisoniy hodisa zarralarini biriktirib, 
o‗ziga tegishli bo‗lmagan hodisalar hisobiga «boyiydi». 
Aytilganlar asosida leksema va so‗zga shunday ta‘rif berish 
mumkin. 
Leksema – ma‟lum bir til jamiyati a‟zolari ongida tayyor, 
barqaror, umumiy va majburiy, shakl va ma‟no birligidan iborat, 
yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor 


91 
kabilarni bildiruvchi tushunchalar va munosabatlarni ifodalaydigan, 
nutqda so„zlarni va grammatik morfemalarni biriktiradigan lisoniy 
birlik

Leksema va so„z yasash qoliplarining nutqda reallashgan aniq 
shakl va ma‟noga ega bo„lgan muayyan ko„rinishi – so„z. 
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish