Microsoft Word дисс Шерзод лотинча15



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana14.06.2022
Hajmi1,85 Mb.
#667387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
xorazm viloyati sharoitida turli soya navlarining bioekologiyasi va yetishtirishning mintaqaviy xususiyatlari

Yuvenil bosqichi.
Soya o’simligida 3-5 ta barglar hosil bo’lganidan 
keyingina poyada jadal o’sish boshlanadi, chunki bu davrgacha ildiz tizimi ancha 
rivojlangan bo’ladi. O’simlikda yon shoxlar paydo bo’lishi bilan rivojlanishning 
immatur bosqichi boshlanadi. Yon shoxlar barg qo’ltiqlarida, hatto urug’palla barg 
yonidan ham hosil bo’ladi. Poyalari ingichka soya navlarida yon shoxlar juda 
pastdan, poyalari baquvvat, kechpishar navlarida esa 15-25 sm yuqoridan o’sib 
chiqadi. Yon shoxlar maysalar unib chiqqanidan 17-25 kundan keyin paydo bo’la 
boshlaydi. Yon shoxlar iqlim sharoitlari va ekish muddatlari hamda nav 
xususiyatlariga qarab 30-50 kun davomida hosil bo’ladi.
Soya urug’lari unib chiqqaniga 30-65 kun bo’lganida 
gullash va meva 
tugish fazasi
boshlanadi. Bu faza soya o’simligi ontogenezida eng uzun davr 
hisoblanadi. Gullash fazasi soya naviga qarab har xil muddatlarda boshlanadi. 
Havo harorati yuqori bo’lganda, ya’ni 35

S dan yuqori bo’lganida soyaning 
gullashi jadallashadi. 
Soya o’simligining gullashi boshlanishi bilan jadal o’sishi ham boshlanadi. 
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, gullash fazasi davom etadigan 30-35 kun 
mobaynida o’simlik sutkasiga o’rtacha 1,5-2,5 sm o’sadi va bu davrda o’simlikda 
8-16 dona barg bo’ladi. Bu fazada faqatgina o’simlikning yer ustini organlari jadal 
o’sibgina qolmasdan, balki ildizlarining o’sishi ham jadallashadi. Ildizlarida 
qo’shimcha yon ildizlar shakllanadi, ularda esa ko’p sonli azot to’plovchi
tuganaklar ham hosil bo’ladi.
Soyaning gullari barg qo’ltiqlarida shingil holatida joylashib, bir shingilning 
gullash jarayoni 6-11 kungacha davom etadi. Hamisha birinchi gul ikkinchi yoki 


12 
uchinchi barg qo’ltig’idan boshlab ochiladi. Asosiy poya bo’ylab, beshinchi, 
oltinchi barg qo’ltiqlarida gullar ochilganidan keyin yana birinchi yon shoxning 
birinchi barg qo’ltig’ida guli ochiladi.
Gullash fazasining dastlabki paytlarida gul barg qo’ltig’ida yakka-yakka 
bo’lib ochiladi. Ta’kidlash zarurki, soyaning ayrim navlarida vegetatsiyasining 
oxirigacha o’sish ham, gullash ham tugamaydi, pastki va o’rta yaruslarda hosil 
bo’lgan dukkaklar pishib, barglari to’kila boshlaydi. Pirovardida o’sish jarayoni 
tugaganida o’simlik yuqori qismidagi dukkaklar pishib yetilmasdan xom holicha 
qolib ketadi.
Ekish muddati, ko’chat qalinligi, issiqlik va yorug’lik rejimi o’simliklarning 
gullashiga va dukkaklarning miqdoriga katta ta’sir qiladi. Bu ta’sir, shuningdek 
soya navining biologik xususiyatlariga bog’liq ravishda ham turlicha bo’ladi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish