47
va yer osti suvlari taʼsirida ortiqcha namlanishi sababli jinslar mustahkamligining
kamayishi,
seysmik harakatlar, joyning geologik sharoitlari hisobga olinmay, olib
borilayotgan qurilish va
boshqa xoʻjalik faoliyatlari
(yon
bagʻirlarda yoʻllar qurilishi, bogʻ va ekinzorlarni ortiqcha sugʻorish va h. k.)
oqibatida kelib chiqadi. Siljishning, asosan, 4 tipi farq qilinadi: sirpanish — bunda
zoʻriqish qulab tushishi pogʻonasiga yetadi; yuvilish — yer osti eroziyasi vujudga
kelib, qatlamlar orasi erib oqadi; suyulish — yon bagʻirlarda suvga toʻyingan
qumgilli va lyossli jinslarda seysmik tebranishlar natijasida
suv utkazmaydigan
2 qatlam oraligʻidagi loysimon massa oqib chiqadi; sudral ib tushish —
doimiy bosim ostida sekin asta deformatsiyalanish. Surilma larning yuzaki,
loyli
oqim, seysmogen turlari ham bor. Seysmogen Surilmalar hajmi katta, chuqur,
shiddatli boʻladi [mas, Usoy (1911), Fayzobod (1943,1947), Burchmulla (1946),
Hait (1949), Hisor (1989) va b. surilmalarning aniq vaqtini oddindan aytish kiyin,
chunki u meteorologik, gidrogeologik va seysmik omillar bilan bogʻliq.
Surilma
koʻp hollarda suvli va suv utkazmaydigan gilli qatlamlar navbatlanib joylashgan,
yon bagʻirlar ostini suv yuvib ketgan joylarda roʻy beradi. Yuzasining qiyaligiga
kaiab juda yotik (5°). yotik (5—15°). Surilma pogonalari yoki dongliklor tikroq
(15—45°), tik (45°) yon bagʻirlarda sodir boʻladigan Surilmalar mavjud.
Yuzasining chuqurligi yuza (1 m gacha), sayoz (5 m gacha), chuqur (20 m gacha)
va juda chuqur (20 m dan ziyod) boʻlishi mumkin. Sathi bir necha m2 dan 500 —
600 m2 gacha.
Surilmaning tuzilishi va tarkibiga nisbatan:
turli tarkibli jinslarning
qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi
darzliklardagi bir jinsli boʻlmagan toʻldirgichlarda; togʻ
jinslarining ulanish
joylarida va sunʼiy inshootlar (filtr, drenaj va boshqalar)dan toʻkilgan materiallarda
rivojlanadi. Surilma togʻ jinslari tarkibi va tuzilishisining oʻzgarishiga, ularning
gʻovakliligi va suv oʻtkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini
pasayishiga olib
keladi. Natijada ustki qatlam choʻkib, yuqorida diametri 10 m gacha, baʼzan 100–
500 m gacha boʻlgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil boʻladi. S.
natijasida yumshagan jinslar togʻ yon bagʻirlarida koʻchki hosil boʻlishiga imkon
48
yaratadi. Inshootlar asosidagi togʻ jinslarda Surilma ularning notekis choʻkishiga,
shaklini oʻzgartirishiga va buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: