101
binafsha rangli bo’lib, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir-
biriga birlashgan, o’ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni yuqoriga joylashgan.
Mevasi – pishganda ochilmaydigan yoki poyasi qurigandan so’ng ochiladigan
dukkak. Iyun-avgust oylarida gullaudi, mevasi avgust – setyabrda etiladi.
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 24% gacha glucirrizin (uch asosli
gliciririzin kislotaning kaliyli va kalciy tuzi) bo’ladi. Glicirrizin glikozidlarga
o’xshash modda bo’lib, triter’in saponinlarga kiradi. U qandga nisbatan 40 marta
shirin, gidrolizlanganda qand o’rniga ikki molekula glyukuron kislota (shuning
uchun xaqiqiy glikozid emas) hamda bir asosli glicirretin kislota (aglyukon) hosil
qiladi.
Qizilmiya ildizida yana 28 taga yaqin (4% atrofida) flavonoidlar (likviritin,
likviritozid, izolikviritin, likurozid, lakrozid glabrozid, izoglabrozid glikozidlari va
ularning aglikonlari), glycerin va glikozarin (2-metil-7-oksi-8-acetil-izoflavon)
birikmalari, 2-4%
achchiq modda, triterpenoid-oleanan, efir moyi, vitamin C,
as’aragin, 6-34 % kraxmal 20% gacha mono va disaxaridlar,
pektin va boshqa
moddalar bor.
Qizilmiyaning yer ustki qismi flafon glikozidlarga bor. Undan kvercetin,
izokvercetin, kem’ferol, astragallin, izoramnetin, folerozid, glifozid, saporetin,
viteksin, glabranin va boshqa flavonoidlar ajratib olingan.
Glicerrizining suvdagi eritmasi chayqatilsa, saponinlar singari turg’un ko’pik
hosil qiladi, lekin qizil qon tanachalarini eritmaydi, yahni qonni gemoliz qilmaydi,
faqat gidroliz natijasida hosil bo’lgan aglikoni-gliciritin kislota gemoliz reakciyasini
beradi.
Ishlatilishi.
Qizilmiya o’simligining preparatlari nafas yohllari kasallnganda
balg’am ko’chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida ishlatiladi.
Ildizidan tayyorlangan dorivor preparatlar gliciram astma, eczema, allergic dermatit
va boshqa kasalliklarda qo’llaniladi.
O’simlik preparatlari hamda glicirrizin va glicerretin kislotalari organizmdagi
suv tuz almashinuvini tartibga solish hamda dezoksikortikosteronga o’xshash
ta’sirga ega.
Ildizdan olingan flavonoidlar summasi-liviritron yallig’lanishiga, spazmga
qarshi va antiseptic vosita sifatida mehda shirasida kislotlik
oshib ketgan hollrda
hamda mehda va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun ishlatiladi.
Qizilmiya poroshogi, qirqilgan ildizi va quruq ekstrakti farmacevtik amaliyotda xab
dori tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig’malar tahmini
yahshilash uchun ishlatiladi.
Qizilmiya ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo,limonad va kvaslar tahmini
shirin qilish uchun) va texnikada (o’t o’chiradigan ko’piruvchi suyuqlik tayyorlash
uchun) keng foydalaniladi.
Dorivor preparatlari.
Quruq ekstrakt,
quyuq ekstrakt, sharbat, gliceram
(glicirrizin kislotaning monoammoniyli tuzi), likviriton (ildiz flafonoidlarining
102
summasi, tabletka holida chiqariladi) va flakarbin preparatlari; ildiz poroshogi
murakkab
qizilmiya poroshogi, ko’krak kasalliklarida ishlatiladigan eleksir,
qirqilgan ildiz bo’lakchalari esa ko’krak kasalliklarida va bavosil kasalligida
ishlatiladigan hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi choy yig’malar
tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: