O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Maxsarning biologik xususiyatlari va ahamiyati



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Maxsarning biologik xususiyatlari va ahamiyati.
Maxsar - Markaziy 
Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurg’oqchilikka chidamli. Maxsar moyi 
bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. 
Urug’ida 25-32 % yarim quriydigan, och-sariq moy olinadi. Sifatiga ko’ra 
kungaboqar moyidan qolishmaydi. 
Maxsar pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bo’lgan kunjarasining mazasi 
achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bo’ladi. Uning 100 kg 
kunjarasida 55 o.b., 7-8 % yog’ saqlanadi. Unidan o’g’it sifatida ham foydalanish 
mumkin. Maxsar urug’lari parrandalar uchun yaxshi ozuqa. 
Hindiston, Afg’oniston, Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida maxsar moyli ekin 
sifatida qadimdan ma’lum. Uning tojbarglaridan bo’yovchi modda kartamin 
olingan. Tojbarglari palovga rang beruvchi sifatida ishlatiladi.
O’zbekistonda keyingi yillarda maxsar ekiladigan maydonlar bir necha 
barobar oshdi. Hozirda O’zbekistonning lalmikor yerlarida 15-20 ming ga 
maydonga ekiladi. U qurg’oqchilikka chidamli bo’lgani uchun yashil massasi, oziqa 
uchun ham o’stiriladi. Urug’ini o’rtacha hosildorligi 10-12 s/ga, sug’oriladigan 
yerlarda 19-22 s/ga.
Botanik tahrifi.
Maxsar astradoshlar 
Asteraceae
oilasiga, 
Carthamus
L. 
avlodiga kiradi. Uning 19 turi ma’lum, shulardan faqat bitta tur C.
tinctozius
L. 
madaniy. 
Madaniy maxsar baquvvat rivojlangan, tarmoqlangan, yerga 2 m va undan 
ortiq chuqurlikka kirib boruvchi o’q ildiz tizimiga ega. poyasi tik o’sadi, dag’al, oq 
rangda, juda ko’p shoxlaydi, bo’yi 40-90 sm. poyasi pastdan boshlab uchigacha yoki 
yuqori qismidan shoxlaydi. Barglari – bandsiz, tuksiz, qalin, lansetsimon, 
lansensimon-oval, ellipssimon, cheti tishli yoki tekis qirrali, tikonli yoki tikonsiz. 
poyasi va yon shoxlarining uchidagi barglar maydalashib, to’pgulni tashqi barg 
o’ramasiga aylanadi. 
To’pguli – savatcha, diametri 1,5-3 sm. Bitta o’simlikda 5 tadan 50 tagacha 
savatcha hosil bo’ladi. Savatchalar tikonli yoki tikonsiz. Ko’p gulli, ko’p urug’li, 
bitta savatchada 30-70 pista bo’ladi. Savatcha o’rama barglar bilan o’ralib turadi, 


115 
shuning uchun pistalar yetilganda savatchadan to’kilib ketmaydi. Gullari – ikki 
jinsli, besh bo’lakli naysimon gultoj hosil qiladi, zarg’aldoq yoki sariq, goho qizil 
va oq bo’ladi. CHangchisi beshta, tugunchasi bir uyali, uzun ustunchasi bilan 
tumshuqchasi bor. CHetdan changlanadi. 
Mevasi – oq, tuksiz, yaltiroq, to’rt qirrali – oval, asosiga torayib boradigan 
pistacha. pistachaning po’chog’i qattiq, qalqonli, qalin, pista vaznining 50-60 % 
tashkil qiladi. 1000 pistacha vazni 40-50 g. 
Biologik xususiyatlari.
Maxsar issiqsevar. Qurg’oqchilikka chidamli, yozi 
quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgan o’simlik. U gullash va 
pishish fazasida issiqlikka juda talabchan bo’ladi. Maysalari 5-6 0S sovuqqa bardosh 
beradi. Maxsar O’zbekiston sharoitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab 
chiqadi. Kuzda ekilgan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi. 
Gullash davri sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa gullar yomon changlanadi, 
pistachalar kam hosil bo’ladi, savatchan chirib boshlaydi. 
Maxsar tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug’oriladigan 
mintaqadagi bo’z, o’tloq, o’tloq-bo’z tuproqlarda o’sadi. SHo’rga chidamligi tufayli 
sho’r tuproqlarda ham o’sa oladi. Unumdorligi yuqori, nam bilan tahminlangan 
tuproqlarda yuqori hosil beradi. 
Navlari. Maxsarning Milyutin-114 navi O’zbekiston «Gpalla» IICH 
birlashmasida yaratilgan. Tikonsiz, bo’yi 60-70 sm, 4-5 ta birinchi tartib shoxlari 
bor. Savatchasining diametri 3,0-3,5 sm, bitta o’simlikda 6-8 savatcha bo’ladi. Guli 
zarg’aldoq–qizil, so’liganda qizaradi. 1000 pistacha vazni 34-50 g. O’suv davri 95-
120 kun, po’chog’ini chiqishi 41 %, tarkibida 32 % moy bor. Urug’ va ko’k massa 
hosili yuqori. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarda 
lalmikorlikda ekish uchun davlat reestridan o’tkazilgan. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish