O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Er yong’oq va moyli zig’irning biologik xususiyatlari



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Er yong’oq va moyli zig’irning biologik xususiyatlari.
Araxis yoki 
yeryong’oq
Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O’zbekistonda keng 
tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, 
meditsinada ishlatiladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog’ saqlanadi. Urug’laridan 
turli sharq shirinliklari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditer 
mahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bovosita iste’mol qilinadi.
Urug’ida 
60 % yog’, 35 % oqsil saqlanadi. SHuningdek, urug’ida vitaminlardan A, Ye, K, D 
saqlanadi.
poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po’chog’idan izolyatsiya 
materiallari tayyorlashda, yonilg’i (o’tin) sifatida foydalaniladi.
O’zbekistonda araxis dehqon xo’jaliklari, tomorqalarda ko’p ekiladi. Dunyo 
bo’yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng ko’p Hindiston, Xitoy, 
Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik ham subtropik mamlakatlarida
Afrikada keng tarqalgan.
Er yong’oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin 
Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan shuning uchun 
uni Xitoy yong’og’i deb ham atashgan.
O’zbekistonda asosan sug’oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 30-40 s/ga, 
Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 s/ga yetgan.
Botanik tahrifi.
Yeryong’oq dukkakdoshlar (
Fabaceae
) oilasiga kiradi. Bu 
turkumga 30 tur kiritiladi. Ular orasida madaniy va yovvoyi turlar bor. Eng ko’p 
ekiladigan tur 
Arachis hy’ogaea L., A.vulgaris L.
madaniy yeryong’oq.
Eryong’oq bir yillik o’tsimon o’simlik. Ildiz tizimi o’q ildiz va yon ildizlardan 
iborat, tuproqda 190 sm chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida ko’p tuganaklar hosil 
bo’ladi.
poyasi tik o’sadi, bo’yi 80 sm yetadi. Bitta poyadan 4 tadan 20 tagacha yon 
shox hosil bo’ladi. SHoxlari asosida yumaloq, uchida to’rt qirrali, tuklangan. Ikki 
xil shakli: tup va yotib o’suvchi shakllari bor. Tup shaklida o’sadigan 
o’simliklarning bo’yi o’rtacha 30-40 sm tik o’sadi, yer bag’irlab o’sadiganlariniki 
20-25 sm, tup diametri 1 m yetishi mumkin. 
Barglari juft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda
yashil yoki to’q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va ya’rog’i tukli.
Guli bitta 
yoki ikki-uchtadan bo’lib barg ko’ltig’ida joylashgan. Rangi sariq, to’q sariq. Guli 
o’zidan changlanadi. Yoryong’oqning yer usti poyasidagi gullardan boshqa, 
poyasining yer osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gullar rangsiz, 
ochilmaydi. Gul urug’langandan keyin, ko’p o’tmay, uchi o’tkirlashgan, naycha 
shaklidagi ginofor o’sa boshlaydi. Uchida urug’langan tuguncha bo’lgan ginofor 
o’sib 8-9 sm gacha chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal holatda o’sa boshlaydi, 
oqaradi, dukkakka aylanadi. Tuproqqa tegmay qolgan ginofor quriydi, meva hosil 
qilmaydi.


112 
Mevasi - pillasimon yoki tsilindrsimon dukkak, bir necha joyi bukilgan
uzunligi 2-6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi tursimon. po’chog’i dukkak vaznining 
25-40 % tashkil qiladi. Tup shaklidagi o’simlikda dukkagi ildiz atrofida g’uj bo’lib 
joylashadi, yer bag’irlab o’sadigan shaklida tarqalib joylashadi. Dukkaklarni 1000 
donasining vazni 500-1900 g. Dukkaklar chatnamaydi. Urug’i yumaloq, oval, 
chopzinchoq, bo’yi 1-2 sm, och pushti, och qizil, kul rang, 1000 donasining vazni 
200-1200 g. O’rtacha 400-500 g.
Biologiyasi.
Yeryong’oq – issiqsevar o’simlik. Urug’lari 12
0
C haroratda 
ko’karib boshlaydi. Maysalari –1
0
C sovuqda, voyaga yetgani 2
0
S nobud bo’ladi. 
O’simlikning rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25-28
0
C. Harorat 12
0
C pasaysa 
mevalar hosil bo’lmaydi.
Eryong’oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o’simligi. Namga eng talabchan 
davri gullashni boshlanishidan mevalar hosil bo’lishining oxirigacha. Bu davrda 
namlikni yetishmasligi gullash va meva hosil bo’lishini to’xtashiga olib keladi, hosil 
keskin pasayadi. Ekishdan gullashgacha yeryong’oqni namga talabchanligi past, 
qurg’oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarni pishishi bilan suvga bo’lgan talabi 
kamayadi. O’suv davri oxirida ortiqcha namlik o’suv davrini uzaytiradi, pishishni 
kechiktiradi.
O’zbekistonda yeryong’oq unumdor, g’ovak, yaxshi ishlov berilgan, begona 
o’tlar bosmaydigan yerlarga joylashtiradi. Og’ir, sho’rxok va botqoq tuproqlar 
yeryong’oq uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshi o’sadi, 
yuqori hosil to’playdi.
O’sish davri navlar, agrotexnikaga bog’liq holda 120-160 
kun.
Navlari. Tashkentskiy 112, tup shaklida o’sadi, dukkaklari yirik, ertapishar, 
serhosil. ‘rezuvan 4612, Jelud. 1998 yildan Qibray-4 navi Davlat reestriga kiritilgan. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish