116
Tayanch iboralar:
efir moyi, efir moyli o’simlik, efir moyli o’simliklarning
muhim turlari, marmarak kashnich, arpabodiyon, yalpiz, kiyiko’t, limono’t, achchiq
shuvoq, tog’ rayhon.
Mavzuning maqsadi:
Efir moyli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng
tarqalgan turlari bilan tanishtirish, efir moyli o’simliklarning sistematik o’rni va
o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Efir moylari haqida umumiy ma’lumot.
Efir moyi deb o’simliklardan suv
bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos hid va mazaga ega bo’lgan
uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y hidli o’simliklar va
ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklardan
olingan xushbo’y suvlar, smolalar va efir moylari) qadimdan ma’lum. Odamlar bu
mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib
kelganlar.
O’rta asrlarda arablar o’simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va
ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilardilar.
XVIII asrdan boshlab efir moylarining xossalari va tarkibiy qismi o’rganila
boshlangan bo’lsa-da, bu sohadagi ishlar XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr
boshlarida ayniqsa avj oladi. A.M.Butlerov va A.N.Reformatskiy (Rossiya),
Gildemeyster va Gofman (Germaniya), Ye.E.Vagner (Polsha) va boshqa mashhur
olimlar efir moylarini o’rganishga katta hissa qo’shdilar.
Tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklar asosan Ukraina, Moldaviya, Gruziya,
Tojikiston, Qirg’iziston respublikalarida, SHimoliy Kavkaz, Qrim,
Voronej
viloyatlarida ko’plab o’stiriladi. SHuningdek O’zbekiston florasi ham qimmatbaho
efir moyli o’simliklarga juda boydir.
O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo’ladi. U gul va meva,
barg va yer ostki organlarida hamda o’simlikning butkul yer ustki qismida
to’planadi.
Efir moyining miqdori o’simliklarda 0,001—20 % bo’lishi mumkin. Bu
moyning miqdori va tarkibiy qismi o’simlikning o’sish joyiga, rivojlanish davriga,
yoshiga va naviga qarab o’zgarib turadi.
Efir moylari meva va sabzavot po’stlog’ida yig’iladi. Ziravorlar va ko’katlar,
jumladan, petrushka, selderey, ukrop, estragon, bazilik, koriandr, mayoran (0,05 dan
0,5% gacha, alohida hollarda 1% efir moylariga ega) aromatik moddalarga juda boy.
Mandarin po’stlog’ida 1,8 –2,5% efir moylari mavjud, piyozda 0,05% -gacha,
sarimsoqda qariyb 0,01%. Ko’plab meva va sabzavotda efir moylarining miqdori
0,001% dan oshmaydi.
Efir
moylari mevalarga hid beradi, inson organizmida esa oshqozon shirasi
ajralishi va ovqatning yaxshi hazm bo’lishiga yordam qiladi. Efir moylari uchuvchan
moddalar bo’lib, qaynatish vaqtida ma’lum qismi yo’qoladi. Efir moylarining
aksariyati suvda erimaydi. Ular turli organik moddalarda eriydi. Ayrim sabzavotlar
(piyoz, sarimsoq) ning efir moylari antibiotik xususiyatlarga ega.
117
Efir moylari turli moddalar:
terpenlar, aldegidlar, spirtlar aralashmasidan
iborat. Urug’li mahsulotlarning
efir moylarida uksus aldegidi, amil spirti va
kislotalarining murakkab efirlari: chumoli, uksus, ka’ron, ka’ril efirlari mavjud.
Behining murakkab efirlarini enant va pelargon kislotalari hamda etil spirti hosil
qilgan. Shaftolining murakkab efirlari tarkibiga chumoli, valerian, ka’ril kislotalari
va linalool bir atomli spirti kiradi. SHuningdek,
linalool apelsin, bazilik hamda
koriandr kabi xushbo’y ziravorlar tarkibida ham mavjud.
Sitrus mevalar, ukrop va selderey efir moylari tarkibi
d
- limonenga boy. Meva
va sabzavotlarning efir moylari tarkibida terpenlarning hosilasi: sitral (sitrus
mevalarda), karvon (petrushkada), pinen (petrushka va koriandrda), metilxavikol
yoki estragol (petrushka va bazilikda) mavjud. piyoz va sarimsoqning efir moyida
oltingugurtli birikmalar – S
6
N
12
S
2
, sarimsoq moyida esa bundan tashqari S
6
N
10
S
2
,
S
6
N
10
S
3
va boshqalar mavjud. petrushkaning efir moyida
apiol nomli fenol efiri
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: