Efir moyli o’simliklarning biologik xususiyatlari va ahamiyati.
119
Atirgulning turlari:
Rosa damascene Mill., Rosa centifolia L., Rosa gallica
L.,
atirgullilar —
Rosaceae
oilasiga kiradi.
Atirgul bo’yi 1,5—2 m ga yetadigan buta. poyasi sershoxli bo’lib, tikanlar
bilan qo’langan. Bargi toq patli murakkab, 3—5, bahzan 7 ta bargchadan tashkil
to’adi. Bargida qo’shimcha bargchalar ham bo’ladi. Gullari yirik, xushbo’y bo’lib,
qalqonsimon to’pgulga yoki qalqonsimon ro’vakka to’plangan. Kosachabargi 5 ta,
tojbargi 25—30 tacha qizil, pushti, bahzan oq rangga bo’yalgan. Otalik va onaliklari
ko’p sonli. Mevalari yong’oqsimon, bir urug’li, gul o’rni bilan birlashib, qizil rangli,
chopzinchoq, soxta meva hosil qiladi. Iyun oyida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Atirgullar, yovvoyi holda uchramaydi. Atirgul
Rossiyada, asosan Gruziya, Moldaviya, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalarida
hamda Qrimda, Zakavkazeda va Krasnodar o’lkasida o’stiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Gultojbargi tarkibida 0,05—0,075% efir moyi va
kratanoidlardan rubiksantin bo’ladi. Efir moyi ertalab yig’ilgan gultojbarglardan suv
bug’i yordamida haydab olinadi. Efir moyi sarg’ish, xushbo’y bo’lib, +15°C
temperaturada (hidsiz, keraksiz qismi) kristall holida ajraladi. Efir moyining
solishtirma og’irligi 0,8368—0,8776, refraktsiya soni 1,5571, qutblangan nur
tekisligini og’dirish burchagi — 2,50° —4,25°.
Efir moyi tarkibida 50—60% geraniol, 22,6% sitronellol, 10% nerol, 2%
gacha feniletil spirti, evgenol hamda sitral, ionil va boshqa aldegidlar bo’ladi.
Atirgul moyi preparati — Aqua Rosae farmatsevtika dorilar hidi va mazasini
yaxshilash uchun ishlatiladi. Atirgul moyi asosan parfyumeriyada qo’llaniladi.
Arpabodiyon
soyabonguldoshlar - Ariaseae oilasiga,
Anisum
vulgare Sayegtn
avlodiga va turiga mansub bo’lgan bir yillik o’simlik. Mevasida 1,5-3,5% efir moyi
bo’ladi, tarkibida 80%gacha anetol spirti bo’ladi. Moyi tabobatda, likyor, spirt va
qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Urug’ida 16-20 % texnik moy xam bo’ladi, u
sovun qaynatishda qo’llaniladi. Kunjarasi yuqori tuyimli ozuqa xisoblanadi.
Arpabodiyon asal beruvchi o’simlik.
Arpabodiyon keng tarqalgan o’simlik, mingta mevasining vazni 3,5-4,0 g.
bo’ladi. O’sish davri 120-130 kun. Hosildorligi 1 gektardan 0,5-1,5 t urug’ olingan.
O’sish sharoitiga talabchan, tuproq toza va unumdor bo’lishi kerak. Erta bahorda
yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab (45-60sm) eqiladi. Yoppasiga qatorlab
ekilganda gektariga 5 mln. dona urug’ eqiladi, keng qatorlab ekilganda 2,5-3,0
mln.dona eqiladi. Albatta o’tok qilinadi, bunda kashnich aralashgan bo’lsa u xam
yo’q qilinadi. Arpabodiyon bir tekisda yetilmaydi. Gulto’plamining o’rta kismidagi
mevalari yetilganda hosil yig’iladi. Saqlanadigan urug’ namligi 12%dan yuqori
bo’lmasligi talab qilinadi.
Yalpiz
(
Menta piperita L.)
labguldoshlar oilasiga mansub ildizpoyali ko’p
yillik o’simlik. Yalpiz tarkibida 1,5-5,3 % efir moyi bo’lgan barglari uchun ekiladi,
bu moy asosan qimmatli xushbo’y modda mentoldan iborat. Yalpiz moyi
meditsinada, parfyumeriyada konditer sanoatida va likyor aroq ishlab chiqarishda
120
ishlatiladi. Yalpizning quruq barg hosili gektariga 8-10 s.ni tashkil etadi. Yalpizning
ildizpoyasi tuproqqa 5-6 sm. chuqur kirib boradi. poyasi tik o’sadi, sershox, bo’yi
80 sm gacha yetadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, mayda, chopziq, oval-
lentasimon, cheti o’tkir arra tishli. Barg tomirlari bo’ylab juda ko’p bezchalar
joylashgan bo’lib, ularda efir moyi hosil bo’ladi. Gulining ko’pchiligi urg’ochi
gullardan iborat, mayda och pushti, to’p-to’p bo’lib boshoqsimon siyrak tupgo’lida
joylashgan. Yalpiz yaxshi gullashiga qaramay urug’ hosil qilmaydi. SHunga ko’ra u
poyasidan ko’paytiriladi.
Yalpiz issiqqa kam talabchan o’simlik. qor qoplami yupqa bo’lganda usti
yopilmasa ham qishdan yaxshi chiqadi. Ildiz poyasidagi kurtaklari 2-3%da una
boshlaydi. Yosh novdalari 6
0
S sovuqqa bemalol chidaydi.
Yalpiz yorug’likka talabchan. O’simliklari soyalanib qolsa, hosili va
tarkibidagi efirmoyi ham kamayib ketadi. Yalpiz namsevar o’simlik. Tuproqning
dala nam sig’imi 80% bo’lganda yer usti massasi juda avj olib rivojlanadi. Yalpiz
pastliklardagi unumdor tuproqli yerlarda yaxshi yetiladi. Almashlab ekishda yalpiz
kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtiriladi yoki maxsus maydonlarga ekiladi. Unga
gektar boshiga 15-20 tonnadan go’ng va azot 45-60 kg, fosfor, kaliy 45-60 kg dan
gektariga solinadi. Yer 25-27 sm chuqurlikda kuzda shudgorlanadi, erta bahorda
boronalanadi va kul’tivatsiyadan so’ng yana boronalanadi. Yalpiz ildizpoyasi erta
bahorda SKM-3 markali maxsus ko’chat o’tkazgich mashinada qatorlab, qator orasi
45 sm va ildizpoyalar orasi 10-12 sm kilib ekiladi. Ekish meyori gektariga 5-8 kg.
Ildizpoyalarni ekish chuqurligi 7-8 sm. Yalpiz ekilgan maydonlarni parvarish kilish
ishlari baxorgi boronalashdan qator oralari 4-5 marta ishlashdan va 1-2 kultivasiyada
mineral o’g’itlar (M,R,K) gektariga 30 kg dan beriladi. Yalpiz gullash fazasida kayta
jihozlangan o’rish mashinalarida o’rib olinadi. Bu davrda undan eng ko’p barg hosili
olinadi, uning tarkibida efirmoyi xam juda mo’l bo’ladi. O’rilgan yalpiz uyumda bir
oz so’litiladi va keyin yaxshilab quritish uchun bostirmaga tashib keltiriladi. U yerda
o’simlikning barglari poyasidan ajratiladi. Bu ish maxsus mashina yoki molotilkada
bajariladi. Yalpizning namligi ko’pi bilan 11% bo’lgan quruq barglari qayta ishlash
uchun to’shiriladi.
Mavrak
–
Salvia sclarea L.
labguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t
o’simlik. Mavrakdan olinadigan efirmoyi u’a elik sanoatida va vinochilikda ko’p
ishlatiladi. Bu moy uning to’pguli tarkibida 0,24-0,35% gacha bo’ladi.
To’pgullarining hosili gektariga 3-4 s.ni tashkil etadi.
Mavrak poyasi sershox, to’rt qirrali, bo’yi 100-120 sm.gacha bo’ladi barglari
qarama-qarshi joylashgan. Guli och pushti binafsha rang yoki och-kuk gultojli
bo’lib, yarim doiraga yig’ilgan. Ular o’simlik shoxlari uchida to’pgul-shingil hosil
qiladi. Mevasi yuzasi silliq bo’lgan to’rttadan yong’oqchadan iborat. Mavrak issiqqa
va namga unchalik talabchan emas. Urug’i 10-12 kunda una boshlaydi, maysalari 6
0
C sovuqqa chidaydi katta yoshdagi o’simligi qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi.
Mavrak yorug’sevar o’simlik. Unumdor va strukturali tuproqli yerlar uning uchun
121
eng yaxshi yer hisoblanadi. Mavrak uchun almashlab ekishga kirmaydigan maxsus
maydon ajratiladi, bu yerga u 2-3 yil davomida ekiladi. Birinchi yili u to’pbarg hosil
qiladi, ikkinchi yili poya chiqaradi, to’pgul va meva hosil qiladi.
Mavrak organik va mineral o’g’itlarga nisbatan talabchan. Uning har
gektariga 20 tonnadan go’ng va mineral o’g’itlar azot 30-40 kg,fosfor 40-60 kg,
kaliy 40 kg gektariga solinadi. Mavrak ekiladigan maydonlar 25-30 sm. chuqurlikda
haydaladi va kultivasiya hamda borona qilinadi. Mavrak kech kuzda qator orasi 45-
60 sm.dan qilib keng qatorlab ekiladi. Urug’ ekish meyori gektariga 7 kg. Ekish
chuqurligi 2-3 sm. 1000 dona urug’ining vazni 3-4 gramm. Ekinni parvarish qilish
ishlari, yahni maysa chiqarishi bilan boronalashdan va qator oralarini 3-4 marta
yumshatishdan iborat. To’pguli tarkibidagi efirmoyi miqdori 0,10-0,12% ga
yetganda SK-4 markali kombaynda o’riladi. Buning uchun gullash fazasi
boshlangandan to’pgullarni analiz qilib boriladi. Hosilni yig’ib olishning eng
maqbul muddati eng pastki to’pgullar urug’ining qo’ng’ir tusga kirishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |