O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Nazorat uchun savollar: 
1.
Saponin qanday modda? 
2.
Saponinli o’simliklar deganda qaysi o’simliklarni tushunasiz? 
3.
Saponinli o’simliklarning ahamiyati qanday? 
4.
Qaysi o’simliklar saponinli o’simliklar hisoblanadi? 
5.
Saponinli o’simliklarning qaysi organlari ishlatiladi? 
6.
Qaysi saponinli o’simlik turi “Qizil Kitob” ga kiritilgan? 
 
 
9-mavzu. MOYLI O’SIMLIKLAR 
Reja: 
1.
Moyli o’simliklarning umumiy tavsifi.
2.
Kungaboqarning biologik tavsifi va ahamiyati. 
3.
Kunjutning biologik tavsifi va ahamiyati.
4.
Yer yong’oq va moyli zig’irning biologik xususiyatlari.
5.
Maxsarning biologik xususiyatlari va ahamiyati.
Tayanch iboralar: 
moyli o’simlik, moyli o’simliklarning muhim turlari, 
kungaboqar yog’i, kunjut yog’i, zig’ir moyi, maxsar, yeryong’oq, moyli zig’ir. 
Quriydigan moy, yarim quriydigan moy, qurimaydigan moy.
Mavzuning maqsadi: 
Moyli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng 
tarqalgan turlari bilan tanishtirish, moyli o’simliklarning sistematik o’rni va 
o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Moyli o’simliklarning umumiy tavsifi.
O’simlik moylari hayvon yog’lari 
bilan bir qatorda oziq-ovqat ahamiyatiga ega. O’simlik moyi bevosita oziq-ovqatga 


104 
ishlatiladi va konserva, konditer, non tayyorlashda, shuningdek margarin, olif, 
stearin, linoleum, lak, bo’yoq sanoatida, moylash materiali sifatida, meditsinada 
foydalaniladi. Moyli ekinlarning urug’larini qayta ishlab moy olishda hosil bo’lgan 
kunjara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli ozuqa. Ularning ko’pchiligi qimmatli 
asal beruvchi o’simlik.
O’simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog’ kislotalarining murakkab efiri 
hisoblanadi. Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog’lar (o’simlik moyi) ko’p kaloriya 
saqlaydi. 1 g o’simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4-23, 1 g uglevodlarda 16,7-
17,6 kJ energiya saqlanadi.
Turli moyli ekinlarning urug’lari va mevalarida, yog’ miqdori turga, navga, 
tuproq iqlim sharoiti, qo’llanilgan agrotexnikaga bog’liq holda 25 dan 63 % 
o’zgaradi.
Ko’pgina o’simlik moylari havodagi kislorodni biriktirib quriydi va qattiq 
elastik massaga aylanadi. Yog’ning qurish xususiyati uning muhim sifat 
ko’rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarini miqdori 
yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkai yodni gramm miqdori bilan 
ifodalanadi. Yod soni qancha ko’p bo’lsa moyni qurish xususiyati shunchalik yuqori 
bo’ladi. Hamma o’simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi:
-
Quriydigan (yod soni 130 ortiq) - asosan texnikaviy maqsadlar uchun 
ishlatiladi. Zig’ir, perilla, lyallemantsiya moylari shu guruhga kiradi. 
-
Yarim quriydigan (yod soni 95 dan 130 gacha) moylarga - soya, kunjut 
maxsar, kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular asosan oziq-ovqat 
maqsadlarida ishlatiladi.
-
Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam) - moylarga yer yong’oq hamda, 
kanakunjutlarniki kiradi.
Oziq-ovqat va texnikaviy moylarda erkin yog’ kislotalarining kam bo’lishi 
uning sifatli ekanligini belgilaydi. Erkin kislotalar miqdori moydagi kislota soni 
bilan belgilanadi va. 1 g moydagi erkin kislotani neytrallash uchun sarflangan 
o’yuvchi kaliyni mg hisobidagi miqdori bilan aniqlanadi. Moyni kislotaligi 
urug’ning pishganligi, hosilni yig’ishtirish sharoiti, saqlashga bog’liq. 
Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy o’tkir hidli bo’lmasligi va og’riq paydo 
qilmasligi lozim. O’simlik moyini sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glitserin 
bilan bog’langan yog’ kislotalarini neytrallash uchun sarflangan mg hisobidagi 
o’yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda ko’p o’simlik moylari uchun 
sovunlanish soni 170-200.
O’simlikda yog’lar asosan urug’da va mevalarda to’planadi. Urug’larni 
pishishida erkin yog’ kislotalari ko’p hosil bo’ladi va ular keyinchalik glitserin bilan 
birikadi. pishmagan urug’lar moyining kislotaligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida 
to’yingan yog’ kislotalar miqdori ko’p bo’lib moyda yod soni kam, salqin iqlimda 
to’yinmagan yog’ kislotalari ko’p bo’ladi va yod soni ortadi. O’simlik moylari 
orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ishlab chiqarishi bo’yicha birinchi 
o’rinda soya, ikkinchi kungaboqar, keyingi o’rinlarda yeryong’oq, paxta, raps, 
zaytun, kunjut, makkajo’xori, maxsar moylari turadi.


105 
Oziq-ovqatga dog’lanmagan (qizdirilmagan), tozalangan, salat o’simlik 
moylarini ishlatish organizmda, xolesterin moddasini to’planishini oldini oladi, qon 
tomirlarini elastik, terini mayin va nozik bo’lishini tahminlaydi, ajinlar paydo 
bo’lishini oldini oladi. 
Norvegiya Miya instituti olimlari miya uzoq vaqt davomida faol va yosh 
bo’lib qolishi uchun har kuni ikki osh qoshiq o’simlik yog’ini iste’mol qilish 
kerakligini isbotladi. SHuningdek, o’simlik yog’lari A (teri, ko’rish qobiliyati va 
immunitet uchun zarur bo’lgan) va E (antioksidant, infektsiyalardan himoya qiladi) 
vitaminlariga boy. Quyida ehtiboringizga 7 ta eng foydali o’simlik yog’ini taqdim 
etamiz: 
Zaytun yog’i.
Ushbu yog’ning etiketkada ko’rsatiladigan kislotalilik 
darajasiga ehtibor qarating. U qanchalik past bo’lsa (0,8%gacha), yog’ 
shunchalik yuqori sifatli hisoblanadi. Zaytun yog’ini Qadimgi Yunonistonda “suyuq 
oltin” deb atashgan. Unda olein kislotasi juda katta miqdorda mavjud. Zaytun 
yog’i qizdirilganida kanserogenlarni deyarli hosil qilmaydi.
Kungaboqar yog’i.
Letsitin moddasining eng yaxshi manbai. Ushbu 
moddabolaning asab tizimi shakllanishiga yordam beradi, katta yoshda esa aql 
faolligi varavshanligini saqlaydi. SHuningdek, letsitin anemiya va stresslarda 
kuchlarnitiklashga yordam beradi.
Makkajo’xori yog’i.
U organizmdagi xolesterin almashinuvini juda 
yaxshitartibga soladi. “Yomon” qattiq yog’larning parchalanishiga yordam 
beradi. Makkajo’xori yog’ida fosfor hosilalari, yahni fosfatidlar bo’lib, ular miya 
uchun juda foydali hisoblanadi. SHuningdek, ushbu yog’ tarkibidagi nikotin 
kislotasi (PP vitamini) yurak-qon tomirlarining o’tkazish xususiyatini yaxshilaydi. 
Xantal yog’i.
O’zining bakteritsid xususiyatlari sababli nimagaqo’shilgan 
bo’lsa, o’sha mahsulotning uzoqroq saqlanishiga, yaralar va kuygan joylarning 
tezroq bitib ketishiga yordam beradi. Xantal yog’i isituvchi va 
yumshatuvchi xususiyatlarga ham ega bo’lib, bronxit va anginalar paytida u bilan 
ingalyatsiyalar qilish foydali. Biroq bu yog’ni ovqatga ko’p ishlatib bo’lmaydi. 
O’zining foydali xususiyatlariga qaramasdan, xantal yog’i tarkibida organizmdagi 
ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan parchalanmaydigan kislotalar mavjud.
Zig’ir yog’i.
O’simlik yog’lari orasida eng past kaloriyali bo’lib,ozish uchun 
mo’ljallangan parhezlarda foydalaniladi. Jigardagi toksinlarni chiqarishga yordam 
beradi. Tarkibidagi Omega-3 kislotasi miqdori bo’yicha baliq moyini ortda 
qoldiradi. Zig’ir urug’ida nitratlarni (masalan, sotib olingan meva va 
sabzavotlardagi) yo’q qiluvchi antioksidant mavjud.
Kunjut yog’i.
Tarkibidagi kalsiy moddasi bo’yicha yog’lar orasida chem’ion 
hisoblanadi. Uni ayollar yog’i ham deyishadi. Ushbu yog’, ayniqsa, homiladorlik 
davrida va gormonal o’zgarishlar paytida juda foydali. Qalqonsimon bez va podagra 
(bo’g’imlardagi zararli tuzlarni chiqaradi) kasalliklarida ahvolni yaxshilashga 
yordam beradi. Ammo kunjut qonning quyilish xususiyatini kuchaytiradi. SHu bois 


106 
yurak kasalliklari va varikozga chalingan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol 
qilishlari zarur. 
Qovoq yog’i.
Rux moddasining ajoyib manbai. Ushbu modda esaerkaklarda 
testosteron gormonining ishlab chiqilishiga yordam beradi. Qovoq yog’ini zaytun 
yog’i bilan aralashtirib, salatlarga qo’shish mumkin. Biroq bu yog’da 
qovurish tavsiya etilmaydi – ovqatingiz kuyib ketishi va undan yoqimsiz hid kelib 
turishi mumkin. Bundan tashqari, qovoq yog’ida selen moddasi ko’p. Yilning sovuq 
davrida u immunitetni oshiradi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish