O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Selderey
(
A’ium graveolens
) - soyabongullilar yoki selderey-simonlar 
oilasiga kiradi. Seldereyning 3 ta: ildizmevali, bandli va bargli xillari mavjud. 
Ildizmevali selderey birinchi yil is¬tehmolga yaroqli yumaloq ildizmeva va to’pbarg 
hosil qiladi. Bandli selderey o’simligining yo’g’on barg bandi ovqatga ishlatiladi. 
Bargli selderey barra hosil qiladi.
Bizda asosan ildizmevali selderey o’stiriladi. 
O’suv davri uzun bo’lib 150-200 kunni tashkil etadi. Selderey urug’i juda mayda 
bo’lib, sekin bo’rtadi, unib chiqadi (15-20 kunda), hamda maysalari ham sekin 
o’sadi. SHuning uchun uni odatda, parniklarda o’stirilgan ko’chatlardan 
ko’paytiradilar. Selderey hayotining ikkinchi yili gulpoya hosil qiladi. Gulto’plami 
murakkab soyabon. Guli ikki jinsli bo’lib, chetdan hasharotlar yordamida 
changlanadi. 1000 ta urug’ vazni 0,35-0,5 garmm. Unuvchanligi 1 klass urug’larida 
75 %. Selderey sovuqqa chidamli o’simlik, tuproq unumdorligiga talabchan. 
CHunki unumdor, oziq elementlarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’zbekistonda ildizmevali seldereyning Yablochniy navi ekiladi. Bu nav 
tezpishar, hosildor (200 s.ga va ziyod).
Ildizmevasi yumaloq va yumaloq-yassi, yirik 
vazni 200-300 gramm. To’pbargi katta emas, yarim tarqoq. U 15-26 ta uzunligi 24-
45 sm gacha to’q-yashil bargdan iborat. Ildizmeva tarkibida 14,4-18,7 % quruq 
modda, 1,1-3,9 % shakar, 11,0-16,8 mg% C vitamin, bargida esa 11,4-14,1 % quruq 
modda, 1,6-2,5 % shakar, 25-51 mg% C vitamini hamda 2,9-3,0 mg % karotin bor. 
Tomatdosh sabzavot ekinlar vakillari va ularning ahamiyati.
Sabzavot-
poliz ekinlarining tomatdosh sabzavot ekinlar vakillariga tomatdoshlar oilasiga 
mansub – pomidor, qalampir, boyimjon va fizalis kiradi. Bular issiqqa, namlikka va 
tuproqdagi oziq moddalarga talabchanligi, o’suv davrining uzoq davom etishi bilan 
xarakterlanadi. SHuning uchun asosan janub ekini bo’lib, bizda keng ekiladi. 
Pomidor
- eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. 
Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parxezliligi bilan ajralib, tarkibida turli 
vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. pomidor qizil 
mevasining biokimyoviy tarkibi quyidagicha (ho’l vazniga nisbatan, %): quruq 


55 
modda – 0,6-6,6; oqsil – 0,95-1,0; shakar – 4,0-5,0; moylar – 0,2-0,3; sellyuloza – 
0,8-0,9; kul – 0,6; organik (olma, limon) kislotalar – 0,5; vitamin S askorbin kislota) 
– 19-35 mg.%; karotin (provitamin A) – 0,2-2 mg.%; tiamin (B1) – 0,3-1,6 mg.%; 
riboflavin (B2)- 1,5-6 mg.%; 
Lekin, pomidor mevasining tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u ekin naviga, 
mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig’ish muddatiga, o’stirish sharoiti va 
texnologiyasi kabi omillarga bog’liq. Eng shirin, sifatli, lazzatli, shifobaxsh hamda 
kaloriyali (215 kaloriya 1 kg mevada) hosil bizda yetishtiriladi. 
Pomidor yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda iste’mol qilinadi. 
U konserva (qayta ishlash) sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. pomidor 
mevalari terib olingach, yetilish xususiyati va uzoq saqlashga chidamli. SHuning 
uchun uni iste’mol qilish muddatini hosil yig’ib olingach yana 1,0-1,5 oyga 
uzaytirish mumkin. 
Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-’yure, tomat-pasta, tomat 
sharbati (soki) qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. CHunki, bunday 
pomidor mevasi mahsulotlarida vitaminlar to’liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor 
pishgan mevalari oftobda quritilib, qoqi ham olinadi. pomidor qayta ishlangach, 
undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29% gacha moyi bo’lgan urug’lari iste’mol 
qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollari uchun oziqa va 
o’g’it sifatida foydalaniladi. 
Poyasi naviga qarab, yotib yoki tik o’sadigan bo’lishi mumkin. poyasi tik 
o’sadigan navlar oziqlanish maydonining katta bo’lishini talab qilmay, ularni 
mexanizatsiya yordamida parvarishlash oson. Naviga qarab, poyasining balandligi 
ham o’zgarishi mumkin. Baland bo’yli pomidor navlari ko’pincha kechpishar 
bo’ladi va meva shoxlarining siyrak – 2-3 ta bargdan keyin joylanishi bilan farq 
qiladi. SHu sababli baland bo’yli navlarning hosil berish davri chopzilib ketadi. past 
bo’yli navlar 1-2 ta bargdan keyin, to’pgulining g’uj joylashganligi, tezpisharligi va 
ommaviy meva tugishi, bir vaqtda pishishi bilan xarakterlidir; 
Bargi o’simlikning naviga qarab, turlicha kesimli, shakli va sathining tuzilishi 
ham har xil (silliq yoki g’adir-budur) bo’lishi mumkin; 
Mevasining yirikligi. Mevasining og’irligi 70 g gacha bo’lganlari mayda 
mevali, 70-100 g gacha bo’lganlari o’rtacha, 100 g dan yuqorilari yirik mevali navlar 
hisoblanadi. Faqat yangiligida is-tehmol qilinadigan navlarining mevalari ancha 
yirik bo’lgani yaxshi. Konserva qilinadigan navlar mevasi yirik bo’lishining 
ahamiyati yo’q. Tuzlash va konservalash uchun esa mevasi mayda pomidor navlari 
maqsadga muvofiq; 
Mevaning shakli o’simlikning naviga qarab yumaloq-yassi, yumaloq, 
olxo’risimon yoki noksimon bo’lishi mumkin; mevaning rangi po’stining va u orqali 
ko’rinib turadigan etining rangiga bog’liq. Rangi qizil, pushti yoki ana shu 
ranglarning turlicha tuslari aralashgan sarg’ish bo’lishi mumkin. Qizil mevali navlar 


56 
vitamin A (karotin) ga boy bo’ladi. pushti va ayniqsa sariq mevali navlarida bu 
vitamin deyarli bo’lmaydi; 
Respublikamizda pomidorning ertapishar Talalixin-186, Temnokrasniy 2077; 
o’rtatezpishar Peremoga-165, Vostok-36, Progressivniy, Raketa, O’zbekiston-178, 
Surxon-142; o’rtapishar Volgogradskiy 5/95, TMK-22, Novinka ‘ridnestrovya, 
Bohodir, Ronko, Riogrande, Riofuego navlari hamda Briksi F1, Sulton F1, Kaltlrok, 
So’rano F1, Superstreyn duragaylari, o’rtakechpishar Oktabr 60, Yusupovskiy 
navlarini ekish maqsadga muvofiqdir. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish