6-§. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish
yoki tarqatish (JK 278
6
-moddasi)
Ushbu jinoyatning
bevosita obyekti
kompyuter axboroti xavf-
sizligini va EHM, EHM tizimi yoki ularning tarmoqlari
normal ishlashini
ta’minlashga doir ijtimoiy munosabatlardir. Bu yerda
qo‘shimcha obyekt
sifatida fuqarolarning shaxsiy yoki mulkiy manfaatlari yoxud davlat va
jamoat manfaatlari ham amal qilishi mumkin.
Jinoyatning
predmeti
– zarar keltiruvchi kompyuter dasturlari,
shuningdek, maxsus virus dasturlari.
Kompyuter dasturi (EHM uchun dastur)
– bu «muayyan natija
olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vosita-
larining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar
majmui». Kompyuter dasturi deb, uni ishlab chiqish chog’ida olingan
tayyorgarlik hujjatlari hamda u bilan yaratiladigan audiovizual tasvirlar
ham e’tirof etiladi.
Shuni qayd
etish lozimki,
JK 278
6
-moddasi
dispozitsiyasida aynan
zarar keltiruvchi
kompyuter dasturi (EHM dasturi) nazarda tutiladi.
NOTA BENE !
Zarar keltiruvchi kompyuter dasturlari
–
foydalanuvchi ruxsat
bermagan harakatlarni bajarishga va shu tariqa kompyuter tizimida
saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborot mulkdori (egasi)ga uni yo‘q
qilib yuborish, to‘sib qo‘yish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa
ko‘chirish yoki uni qo‘lga kiritish tarzida ziyon yetkazishga, shuningdek,
o‘zga noxush oqibatlar (EHM, EHM tizimi yoki ularning tarmoqlari
ishining buzilishi)ga sabab bo‘lishga qodir bo‘lgan, maxsus yaratilgan
dasturlar.
Dasturning zararliligini aniqlash uchun u kompyuter tizimlarida
saqlanayotgan ma’lumotlar yoki dasturlar ruxsatsiz to‘sib qo‘yilishi,
ulardan nusxa ko‘chirilishi, ularning modifikatsiyalashtirilishi, yo‘q qilib
yuborilishiga olib kelishga
qodirligi yoki qodir emasligi, ya’ni bu dastur
ishining xususiyati haqida axborot mulkdori (egasi) yoki o‘zga vakolatli
foydalanuvchini oldindan xabardor etish nazarda tutilganligi yoki nazarda
tutilmaganligi, shuningdek, dastur o‘z funksiyalarini bajarishiga
uning
258
ruxsatini olish nazarda tutilganligi yoki nazarda tutilmaganligi aniqlanishi
lozim. Agar bu talablarning hech bo‘lmasa bittasi buzilsa ham dastur
g’ayriqonuniy (zarar keltiruvchi) deb topilishi lozim.
Zarar keltiruvchi dasturlar toifasiga quyidagilar kiradi: virus
dasturlari; elektron kalitlarning dastur-emulyatorlari;
parolli muhofazani
buzuvchi dasturlar; «mantiqiy bombalar»; «troya oti», «qurt» qabilidagi va
boshqa dasturlar.
O‘z vaqtida (2001 yil) kompyuter axborotini qo‘lga kiritish va
o‘zganing EHM ustidan nazorat o‘rnatishga mo‘ljallangan «troya oti» das-
turi barcha zarar keltiruvchi dasturlar orasida ayniqsa keng tarqalgan edi.
Mazkur dastur dasturiy ta’minot muallifi tomonidan nazarda tutilmagan
ko‘rsatmalar blokidan iborat bo‘lib, ular o‘z vazifasini bajarib bo‘lganidan
so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Shundan so‘ng mazkur dasturiy modullarni
topish deyarli mumkin emas. Troya dasturlarining o‘ziga
xos xususiyati
shundaki, ular kompyuter tizimiga chuqur kiradi, yaxshilab niqoblanadi,
shu bois ularni aniqlash va o‘chirib tashlash juda qiyin.
«Mantiqiy bombalar» ham ancha keng tarqalgan zarar keltiruvchi vi-
ruslardir. Ular qasddan dastur kodini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, buning
natijasida EHM dasturi yoki tizimi oldindan belgilangan sharoitda, masa-
lan, muayyan vaqtda to‘liq yoki qisman ishdan chiqadi.
«Mantiqiy bombalar»ning kompyuter viruslaridan farqi shundaki,
ular avval-boshdan dasturning bir qismi hisoblanadi va boshqa dasturlarga
o‘tmaydi, kompyuter viruslari esa, harakatchan dasturlar bo‘lib, hatto
kompyuter tarmoqlari bo‘ylab tarqalishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: