Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan 
axborot resurslari
hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot 
resurslaridir. 
Davlat sirlari to‘g’risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin 
foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab 
qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari 
erkin 
foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga
kiradi». 
Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining 
mulkdori yoki egasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan 
holda aniqlaydi (Qonunning 12-moddasi 5-qismi). Bunda erkin foydalani-
lishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari uchun axborotni yig’ish, saqlash, 
qayta ishlash, tarqatish va undan foydalanishning maxsus tartibi 
belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan 
o‘zlari olgan axborotdan axborot manbaini, albatta, havola etgan holda 
hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin (Qonunning 12-
moddasi 4-qismi). 
Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foy-
dalanish doim aybdor tomonidan faol harakatlar bilan sodir etiladi. Bu 
jinoyat harakatsizlik yo‘li bilan sodir etilishi mumkin emas. Bunda 
kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish 
usullari har xil bo‘lishi mumkin (birovning parolidan foydalanish, texnika 
239 


vositalarining fizik adreslarini o‘zgartirish, o‘zini qonuniy foydalanuvchi 
qilib ko‘rsatish, sistemani muhofaza qilishning zaif bo‘qinlarini topish va 
unga «buzib» kirish, birovning axborot tizimiga «kodni tusmollab 
aniqlash» yo‘li bilan kirish, dasturiy va axborot ta’minotini modifikatsiya-
lashtirish va h.k.), lekin ular qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. 
Mazkur jinoyatni sodir etish vositasi sifatida kompyuter texnikasi, 
ya’ni har xil turdagi EHM, apparat vositalari, periferiya qurilmalari, 
shuningdek, hisoblash texnikasini axborot tarmoqlariga birlashtirishda 
foydalaniladigan aloqa liniyalari amal qiladi.
Shuni qayd etish lozimki, kompyuter axborotidan qonunga xilof 
ravishda (ruxsatsiz) foydalanish natijasida shaxs, avvalo, bu axborot bilan 
tanishish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bunday tanishish, odatda, uni 
amalda chaqirish yoki ko‘zdan kechirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Bunda mashina manbada saqlanayotgan kompyuter axborotini qonunga 
xilof ravishda chaqirish yoki ko‘zdan kechirish o‘z-o‘zidan ko‘rib 
chiqilayotgan jinoyat tarkibini tashkil etmaydi, lekin o‘zga qasddan 
jinoyatni, masalan, josuslik (JK 160-moddasi), tovlamachilik (JK 165-
moddasi)ni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish sifatida 
kvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bunday hollarda qilmishni 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish