Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

to‘sib qo‘yilishi
mazkur axborot saqlanib qolgani holda 
mulkdor (axborot egasi) yoki qonuniy foydalanuvchi undan bevosita 
vazifasiga ko‘ra vaqtinchalik yoki doimiy ravishda foydalana olmasligi 
(kompyuter axboroti bilan biron-bir amalni bajara olmasligi)dir. 
Axborot 
(ma’lumotlar) uzatishning to‘sib qo‘yilishi
tushunchasi ham mavjud 
bo‘lib, u axborot xavfsizligi sohasidagi qoidabuzarliklardan biri 
hisoblanadi va axborotni uzatishning to‘xtatilishida yoki shunday bir 
vaqtga kechiktirilishida aks etadiki, bu muddat mobaynida mazkur axborot 
foydalanuvchi uchun o‘z qimmatini yo‘qotadi. 
Axborotning 
modifikatsiyalashtirilishi
texnika vositalari bilan 
ishlov berish chog’ida uning dastlabki mazmuni yoki manbalardagi hajmi 
ruxsatsiz o‘zgartirilishida aks etadi (ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi 
bilan bog’liq o‘zgarishlar bundan mustasno). Masalan, ma’lumotlar bazasi 
fayllaridagi yozuvlarning o‘chirib tashlanishi yoki ularga yozuvlarning 
qo‘shilishi, kompyuter axborotining bir tildan boshqa tilga o‘girilishi, 
ma’lumotlar bazasining qayta tashkil etilishi va h.k.
(Axborotni modifikatsiyalashtirish haqida batafsilroq JK 278
4
-
moddasi tahliliga qarang.) 
Ko‘rib chiqilayotgan modda mazmunida 
nusxa ko‘chirish
tegishli 
axborotni yoki uning bir qismini bir moddiy jismdan boshqa moddiy 
jismga asl nusxasiga shikast yetkazmasdan va undan keyinchalik bevosita 
241 


vazifasiga ko‘ra foydalanish imkoniyatini saqlagan holda o‘tkazishni 
anglatadi.
Axborotning 
qo‘lga kiritilishi
– keng tarqatish uchun mo‘ljal-
lanmagan axborotni qasddan ruxsatsiz egallab olish bo‘lib, u texnika 
vositalari yordamida bevosita kompyuter tizimidan yoki undan tashqarida, 
bunday axborot aks ettirilgan elektromagnit nurlanishlarni olish hisobiga 
amalga oshiriladi.
Zamonaviy texnika vositalari axborotni kompyuter tizimiga bevosita 
ulanmasdan olish imkonini beradi: uni qo‘lga kiritish markaziy protsessor, 
displey, kommunikatsiya kanallari, printer va hokazolarning nurlanishi 
hisobiga amalga oshiriladi. Bularning barchasini qo‘lga kiritilayotgan 
obyektdan ancha uzoqda turib amalga oshirish mumkin. Qo‘lga kiritish 
usullari har xil bo‘lishi mumkin: bevosita (faol) qo‘lga kiritish; tezda 
qo‘lga kiritish; simvollarni qo‘lga kiritish; xabarlarni qo‘lga kiritish; 
elektromagnit (passiv) qo‘lga kiritish; audio qo‘lga kiritish (axborotni 
vibroakustik kanallar orqali olish); video qo‘lga kiritish va h.k. Axborotni 
qo‘lga kiritish yo tizimning tashqi kommunikatsiya kanallari orqali to‘g’ri-
dan-to‘g’ri, yo periferiya qurilmalari liniyalariga bevosita ulanish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Bunda bevosita «eshitib turish» obyektlari kabelli 
va simli tizimlar, yer ustidagi mikroto‘lqinli tizimlar, yo‘ldosh aloqa 
tizimlari, shuningdek, hukumat aloqasi maxsus tizimlari hisoblanadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish