xalqimizni millatimizni ana shunday tarix bilan qurolantirishimiz zarur. Tarix bilan
qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur. Olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari zamirida shu
fikr ustivor bo‘lishini ta'kidlab o‘tgandi:
«Umuman men fanni ilg‘or taraqqiyot progress degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul
qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning
yo‘nalishlarini tabiiy qonuniyatlarini uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat, deb
tushunaman…
fan davlatga, xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilishi lozimligini unitishga
aslo haqqimiz yo‘q.
Mustaqillik tufayli yurtimizda qadim-qadim zamonlarda kechgan davlatchilik taraqqiyoti,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy hayotni atroflicha tahlil va tadbiq etish imkoniyati
vujudga keldi.
Bugungi kunda o‘zbek xalqining keng ommaga yetkazishga arziydigan xaqqoniy tarixini
yaratish tarixshunoslarimiz oldida turgan dolzab masaladir. Prezident I.Karimov ta'kidlaganidek:
«Sovetlar davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O‘zgalar yozib bergan tarixni
o‘qishga mutloqo qarshiman. Mustamlakachi o‘ziga qaram bo‘lgan xalq haqida qachon xolis,
adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch- g‘ayratlarini Turkistonning o‘tmishini kamsitishga bizni
tariximizdan judo qilishga sarflaganlar». Bir so‘z bilan aytganda,
davlatimiz, milatimizning
xaqqoniy ilmiy tarixini yaratish jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga
aylanishi lozim.
Oliy o‘quv yurtida o‘qitilayotgan Tarixshunoslik fani O‘zbekiston tarixiga doir hozirgi
davr tarixshunosligi yutuqlarini ko‘zda tutib, uning vujudga kelishi va rivojlanishining
asosiy
vositalarini, davrlarni aniqlashga, bu fan taraqqiyotining kelajagi haqida bahs yuritadi.
Tarixiy asarlar mafkuradan holi, ob'ektiv, haqqoniy yozilishi kerak. Ammo har doim ham
bunday bo‘lmagan. Tarixiy asrlarni tarixshunoslik nuqtai nazardan tadqiq etish, tarixni
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz tarixiga oid juda ko‘p tadqiqot va asarlar
mavjud bo‘lib, ularning o‘rganish
yozilish uslubi,
ilgari surilgan muammolari, xarakterli
xususiyatlaridan xabardor bo‘lish foydadan holi emas.
Tarixshunoslikni o‘rganish orqali yoshlarda tarixga muhabbat, tarixni bilish, o‘zlikni bilish
ekanligini anglash, moddiy va ma'naviy madaniyatni ko‘z qorachig‘iday asrash hissi uyg‘onadi.
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs yuritishga,
ijodkorlikka ilhomlantiradi. Tarix-ajdodlar o‘giti, tajribasi, bir qilingan xatoni takrorlamaslik
haqidagi saboq, kelajak so‘qmoqlarini yorituvchi chiroq vazifasini o‘taydi.
Arablar O‘rta Osiyoga yangi diniy ta'limot-islom ta'limoti bilan birga yangi yozuvni ham
olib keldilar. Arab yozuvi asta- sekin butun Eron va Turonga yoyilib,
Abbosiylar
hukmronligining ikkinchi asriga (ya'ni X asrga) kelib, murakkab o‘rta forsiy-pahlaviy yozuvini
siqib chiqardi. Buning oqibatida shu bo‘ldiki, sharq xalqlarining boy yozma obidalari bizning
kunlargacha juda kam saqlanib qoldi. Musulmonlarning muqaddas kitobi «Qur'oni Karim» arab
yozuvida bitilgani, shuningdek arab alifbosi nisbatan ilg‘orligi, tovushlarga asoslangani, ya'ni xar
bir fonema-tovushga alohida belgi-harf borligi ham katta ta'sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo xalqlari
orasida kimlar va qachon birinchi bo‘lib, arab yozuvini qo‘llay boshlaganligi biz uchun
qorong‘u. Bizningcha, arablar qo‘l ostidagi o‘lkalarda asta- sekin tabiiy ravishda shu yozuv
qo‘llana boshlagan bo‘lsa kerak. Samarqand yaqinidagi Mug‘ g‘oridan topilgan Divashtich
tilxati shu yozuvda bitilgan. Ishonch bilan
shuni taxmin qilish mumkinki, arab yozuvi dastlab
ma'muriy-xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatilgan bo‘lsa kerak. Chunki arab yozuvi sodda, qulay va
tez yozishli edi. Ehtimol, keyinroq yirik xajmdagi forsiy va turkiy matnlarni, pandnoma
dostonlarni va adabiy-tarixiy risolalarni xam shu yozuvda bitish qulay ko‘ringandir? Har holda
dastlabki vaqtlarda qo‘lyozmalarning qaysi tilda bitilishi muhim bo‘lgandir.
Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar
taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir
muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni o‘rganadi va taxlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat
tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar)
tarixi bilan ham shug‘ullanadi. Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o‘ziga xos mustaqil o‘ringa
ega. Uning o‘zining manbalari, tadqiqot usullari mavjud. Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy
jarayonning o‘zi bo‘lmay,
balki tarixiy tafakkur, uni o‘rganish, tarix haqidagi fan hisoblanadi.
Masalan O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining
yoyilishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi va hokazolarlarni o‘rganadi.
Tarixshunoslik ijtimoiy‒tarixiy tafakkur tarixi haqidagi fan bo‘lib, u yoki bu davrning
g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Tarixshunoslik tarix fanlaridan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada bo‘lib, har bir
davr manbalarning ko‘pligi, ularga tanqidiy yondashuv va foydalanish, tarixiy tafakkurning,
bilimning darajasi, saviyasini belgilaydi.
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o‘sha davrdagi tarixiy
tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot usullarining takomillashishi (masalan:
tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik)
manbalarning paydo bo‘lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tarixshunoslik
tarixning manbashunoslik, arxeologiya,
etnografiya, numizmatika va lingvistika fanlari bilan
chambarchas bog‘liq.
Jahon tarixi tarixshunosligi insoniyat sivilizatsiyasi va tarixiy tafakkur darajasi harakteriga
qarab bir necha bo‘limlarga bo‘linadi. Bular qadimgi, o‘rta asrlar (medievistika), yangi va eng
yangi davr tarixi tarixshunosligidir.
Tarixiy asarlar mafkuradan holi, ob’ektiv, haqqoniy yozilishi kerak. Ammo har doim ham
bunday bo‘lmagan. Tarixiy asrlarni tarixshunoslik nuqtai nazardan tadqiq etish, tarixni
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz tarixiga oid juda ko‘p tadqiqot va asarlar
mavjud bo‘lib, ularning o‘rganish yozilish uslubi, ilgari surilgan muammolari, harakterli
xususiyatlaridan xabardor bo‘lish foydadan holi emas.
Tarixshunoslikni o‘rganish orqali yoshlarda tarixga muhabbat, tarixni bilish, o‘zlikni bilish
ekanligini anglash, moddiy va ma’naviy madaniyatni ko‘z qorachig‘iday asrash hissi uyg‘onadi.
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs yuritishga,
ijodkorlikka ilhomlantiradi. Tarix-ajdodlar o‘giti, tajribasi, bir qilingan xatoni takrorlamaslik
haqidagi saboq, kelajak so‘qmoqlarini yorituvchi chiroq vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston tarixi tarixshunosligi ham shartli ravishda davrlar va tarixiy tafakkur hamda
tadqiqot usullaridan kelib chiqib davrlarga bo‘lish mukin. Bular O‘zbekistonning qadimgi, o‘rta
asrlar, Rossiya mustamlakachiligi, sovetlar davri va mustaqillik davri tarixshunosligidir.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganimizda, O‘rta Osiyo xalqlarining eng
qadimgi zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixiga manba bo‘lib xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot,
ya’ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz.
Tarixshunoslikning asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: