O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO`JALIK INSTITUTI
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI
MAVZU: ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY- MA`RIFIY QARASHLARI
Bajaruvchi: Kasb ta’limi (Agronomiya) yo’nalishi
210 guruh talabasi Oripova G
Ilmiy rahbar: Sirliboyeva B
SAMARQAND 2014
1
Kirish 3
І BOB. Beruniyning ilmiy izlanish davri 6
Abu Rayhon Beruniyning ma`rifiy qarashlari 6
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari 11
ІІ BOB. Beruniy inson kamoloti tarbiyasi masalasida 13
Beruniy odob-axloq haqida 13
Beruniyning didaktik g`oyalari 15
Fan va texnikadagi yutuqlari 22
Xulosa 24
Foydalanilgan adabiyotlar 25
2
KIRISH
Mavzuning dolzarligi. Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati,qadriyatlari va tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortibbormoqda. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasl-nasabi, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, vatanining tarixini bilishni istaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prizdenti I.A.Karimov o’zining «Yuksak manaviyat-yengilmas kuch» asarida «O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo’q»-deb alohida takidlagan edi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximiz, qadriyatimiz, urf-odatlarimiz qaytadan tiklanmoqda. Ularni milliy mafkura nuqtai-nazaridan o’rganishga etibor qaratilmoqda.
«Talim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va boshqa meyoriy hujjatlarda talim-tarbiya tizimini yuqori pog’onaga ko’tarish yo’llari belgilab berilgan. Ayni paytda ana shu vazifalarni bajarish uchun muayan ishlar amalga oshirilmoqda
Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu- fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan.
Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshi bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa, astronomiya, geografiya, tibbiyot, matematika, astrologiya, fizika, adabiyot kabi fanlarni mukammal o’rgandi va ilmiy izlanishlar olib bordi. Bundan ming yillar avval yaratilgan ushbu fan sohalariga oid asarlar hali-hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Mavzuning maqsadi. Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi.
3
Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan.
Bizning o`z oldimizga qo`ygan maqsadimiz esa, bunday ulug` zotlarning hayot yo`li va qoldirgan merosini to`liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyondalari timsolida ma`rifat, ilmu-fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o`zida uyg`unlashtirgan xalqimizning ma`naviy olami naqadar boy va rang – barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir.
Mavzuning vazifalari. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni quydik.
Beruniyning ilmiy izlanish davrini o`rganish.
Abu Rayhon Beruniyning ma`rifiy qarashlarini ilmiy tadbiq etish
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini ta`lim jarayonida qo`llash
Beruniy inson kamoloti tarbiyasi masalasida aytilgan o`gitlarini yoshlar qalbiga singdirish
Beruniy odob-axloq haqida yozgan kitob va qo`llanmalaridan unumli foydalanish
Beruniyning didaktik g`oyalaridan ta`lim jarayonida foydalanish
Fan va texnikadagi yutuqlarini ilmiy asoslangan holda ta`limga tadbiq etish.
Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va O’rta maxsus xalq ta’limi vazirliklari tomonidan qabul qilingan qarorlar, me’yoriy hujjatlar; pedagogika, psixologiya va metodika bo’yicha ta’limni innovasion texnologiya asosida tashkil etishga oid xorijiy tajribalar, nazariyalar va konsepsiyalar, shuningdek, respublikamiz olimlarining qarashlari; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ta’lim sohasida ilgari surilgan g’oyalardan iborat.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 5 paragrif, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |