173
2030 yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050 yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi
mumkin.
Tahlillar iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini,
2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillardagi kabi qurg‘oqchilikning
davomiyligi va davriyligi
ko‘payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda
jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi
jon boshiga suv ta’minoti 3 048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi.
Shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga o‘rtacha 650 — 700 ming nafarga
oshib, 2030 yilga borib 39 mln nafarga yetishi, ularning sifatli suvga bo‘lgan talabi 2,3 mlrd kub
metrdan 2,7 — 3,0 mlrd kub metrga (18 — 20 foiz) yetishi kutilmoqda. Bu esa kommunal sohani
yildan yilga suvga bo‘lgan talabini ortishiga olib keladi.
So‘nggi yillarda sanoat va energetika sohalari faol rivojlanib, ularning suvga bo‘lgan
talabi yil sayin oshib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra bu sohalarning yillik umumiy suv
iste’moli 1,9 mlrd kub metrdan 2030 yilga borib 3,5 mlrd kub metrga (1,8 barobar) yetadi.
3.2. Suv xo‘jaligi ob’ektlari va ulardan foydalanish.
Respublikada barpo qilingan aksariyat suv xo‘jaligi infratuzilma ob’ektlarining xizmat
ko‘rsatish muddati 50-60 yildan ortib, ularning texnik holati yildan-yilgan yomonlashmoqda.
Xususan, irrigatsiya tizimi kanallarining 66 foiz qismi tuproq o‘zanli bo‘lib, suvning filtratsiya
hisobiga yo‘qolishi yuqoriligicha qolmoqda. Bundan
tashqari, 77 foiz irrigatsiya tizimi kanallari
ta’mirlash va tiklashni, 20 foiz qismi esa rekonstruksiya qilishni talab etadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarining 77 foiz sug‘orish tarmog‘i
tuproq o‘zanli bo‘lib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya
qilishga muhtoj.
Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat ko‘rsatib ularni o‘z
vaqtida ta’mirlash ishlari
amalga oshirilmaganligi, shuningdek, xizmat muddatlarini o‘tib
ketganligi natijasida ularning 70 foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv
iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish
vositalari bilan jihozlanmagan.
Natijada irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti o‘rtacha
0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past bo‘lib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35
— 40 foizi sug‘orish tarmoqlarida yo‘qotilmoqda.
Suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi 1 687 ta nasos stansiyalarining 74 foizi 30 yildan,
20 foizi 20 yildan, 6 foizi 10 yildan ortiq xizmat qilmoqda yoki 94 foiz nasos stansiyalari
normativ xizmat muddatini (16 — 18 yil) o‘tab bo‘lib, ularni modernizatsiya qilish va
almashtirish, jami 2 887 km bosimli quvurlarning 10,3 foiz qismi esa birinchi navbatda
almashtirishni talab etib, oqibatda ularni ishlatishda avariya holatlari ko‘plab kuzatilmoqda,
shuningdek, elektr energiyasi sarfi yuqoriligicha qolmoqda.
3.3. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati.
Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning 45,3
foizi turli darajada, shundan 31,1
foizi kuchsiz, 12,2 foizi o‘rtacha, 2 foizi esa kuchli darajada sho‘rlangan, 24,4 foiz maydonda esa
yer osti suv sathi 2 m va undan yuqorida joylashgan.
Keyingi yillarda kuzatilgan suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonligi va
boshqa tashkiliy chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilmaganligi bois 560 ming gektar sug‘oriladigan
yer maydonining suv ta’minoti darajasi pastligicha qolmoqda, jami 298,5 ming gektar
sug‘oriladigan yer maydoni esa foydalanishdan chiqib ketgan.
14,5 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoq, 93 ta meliorativ nasos stansiya va 1 530 ta
vertikal drenaj quduqni rekonstruksiya qilish va yangidan qurishni talab etmoqda.
3.4. Suv resurslaridan foydalanish va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy
qilish.
Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari asosan an’anaviy usulda — egatlab
sug‘orilmoqda, yerlarni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar bilan tekislash ishlarining
ko‘lami juda past darajada qolmoqda. 2019 yildan boshlab suv tejovchi sug‘orish
texnologiyalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilindi. Natijada 77
174
470 gektar maydonda tomchilatib, 1 123 gektar maydonda yomg‘irlatib, 2 000 gektar maydonda
esa diskret usulda sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi.
Shu bilan birgalikda ushbu zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydon
ulushi pastligicha (6 foiz) qolmoqda. Natijada, bir kompleks gektar maydonga to‘g‘ri keladigan
suv sarfi miqdori 10 690 kub metrni tashkil qilib, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan
yuqoriligicha qolmoqda.
3.5. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi.
Hozirgi paytda suv xo‘jaligi tizimidagi
ekspluatatsiya tashkilotlari, ayniqsa tuman
irrigatsiya bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi (meliorativ texnika, transport vositalari,
tashkiliy ta’minoti) hanuz pastligicha qolmoqda.
Suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlash xarajatlari davlat budjeti mablag‘laridan amalga
oshirib kelinmoqda. Lekin keyingi yillarda ajratilgan mablag‘ning 70 foizi elektr energiyasi
xarajatlarini qoplashga yo‘naltirilib, irrigatsiya tizimini ta’mirlash-tiklash ishlariga ajratilgan
mablag‘ ulushi 2,9 foizni tashkil etib, pastligicha qolmoqda.
Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish tizimi
talab darajasida tashkil etilmaganligi natijasida ularning kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari
yuqoriligicha qolmoqda.
3.6. Suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlar.
Respublikada suv resurslaridan foydalanishni integratsiyalashgan boshqarishni joriy
qilishda suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi idoralar o‘rtasida
muvofiqlashtirish ishlari
talabga javob bermaydi.
Sohaga davlat-xususiy sheriklik amaliyotini joriy qilishga kirishilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunini
keyingi yillarda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan
kelib chiqib takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini ishlab
chiqish talab etilmoqda.
3.7. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va xalqaro suv munosabatlari.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi suv xo‘jaligi munosabatlari
sezilarli ravishda yaxshilandi, transchegaraviy suvdan foydalanish
muammolarini hal qilish
bo‘yicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.
Biroq, kelgusida Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida yangi yirik
gidroenergetik ob’ektlar va suv omborlari qurilishi, shuningdek, mavjudlari energetik rejimda
ishlatilishi daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun
ham suv ta’minotida qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, keyingi yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirilishi mintaqa davlatlari
o‘rtasidagi suv taqsimoti muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa Orol dengizi
havzasi suv resurslaridan foydalanish sohasidagi mintaqaviy huquqiy asosni yanada
takomillashtirishni talab etadi.
3.8. Suv xo‘jaligini malakali kadrlar bilan butlash, ilmiy-tadqiqot ishlari.
Bugungi kunda suv xo‘jaligi tashkilotlarida oliy ma’lumotli suv xo‘jaligi xodimlarining
ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. Hozirgi paytda suv xo‘jaligi tizimidagi mutaxassislar va rahbar
kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi malaka oshirish tizimi
mavjud emas. «Oliy ta’lim-fan-ishlab chiqarish» tizimida o‘zaro integratsiya bugungi talabga
javob bermaydi.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligining oliy ma’lumotli kadrlari asosan Toshkent irrigatsiya
va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tayyorlanib, uni zamonaviy va
xalqaro miqyosdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasiga aylantirish yo‘lidagi izchil harakatlar
davom ettirilishi lozim.
Suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha ish haqi mamlakatdagi o‘rtacha ish
haqiga nisbatan 64% ni tashkil etib, pastligicha qolmoqda. Ish
haqining past darajasi suv
xo‘jaligi xodimlarining ijtimoiy maqomini va kasbining jozibadorligini pasaytirib, yuqori
malakali kadrlarni saqlab qolish imkonini bermayapti.