1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/94
Sana13.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#663750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
gazieva

Ma’sul muxarrir: 
professor Ishanxodjayev G.K.
 
 
Taqrizchilar: 
t.f.n, dotsent M.Abdullayev, Toshkent davlat texnika universiteti
«Mexatronika va robototexnika» kafedrasi mudiri 
t.f.d., professor A.Isakov, TIQXMMI, «Kishlok va suv 
xo‘jaligi elektr energetikasi» fakulteti dekani



© 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti, 2020
 
Kirish 
“O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 
yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi
O‘zbekiston 
respublikasi Prezidentining PF-6424 –son 10.07.2020 yildagi
Farmoniga ko‘ra
so‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini 
modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga 
oshirilmoqda. [ 1 ]
Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot 
tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli 
suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda. 
Foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, 
jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi 
esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga 
qisqargan. 
Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda 
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining ishonchli 
ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish maqsadida: 
1. Quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga 
mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga 
muvofiq; 
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga 
mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022 yillarda 
amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: 



suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar 
bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash; 
suv xo‘jaligi ob’ektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) 
modernizatsiya qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarishni 
raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa 
resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va 
samarali foydalanishni ta’minlash; 
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’ektlarining 
xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash; 
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv 
iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli 
texnologiyalarni joriy qilish; 
qishloq 
xo‘jaligi 
ekinlarini 
yetishtirishda 
suv 
tejovchi 
sug‘orish 
texnologiyalarining joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan 
rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish; 
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini 
ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning 
sho‘rlanish darajasini pasaytirish va uning oldini olish bo‘yicha samarali 
texnologiyalarni qo‘llash; 
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan suvni yetkazish 
xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan 
qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini o‘z 
vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda 
samarali boshqarishga yo‘naltirish; 
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv 
xo‘jaligi ob’ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun 
berish hamda tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish 
va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish; 



suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, 
aholini suv bilan kafolatli ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror 
yetkazib berish, suvning sifatini yaxshilash va atrof-muhitning ekologik 
muvozanatini saqlash; 
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo 
munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi 
muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro 
maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish 
hamda ilgari surish; 
suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini 
oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari 
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-
xaularni ishlab chiqarishga joriy qilish. 
Konsepsiyani uning ustuvor yo‘nalishlari va tegishli davrga mo‘ljallangan 
maqsadli parametrlari va ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda 
tasdiqlanadigan 
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish 
strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilab qo‘yilsin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Konsepsiyada belgilangan 
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030 yilga qadar quyidagi 
ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlasin: 
sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; 
suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming 
gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; 
sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; 
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi 
iste’molini 25 foizga kamaytirish; 

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish