7.
AUTOMATIC CONTROL AND CENTRAL CONTROL
SYSTEM
143
7.1.
General information
143
7.2.
The main tasks of automated control systems for technological
processes
144
7.3.
Functional structure of the process control system
146
7.4.
Automated process control system software
151
Used literature
159
A
pplication
176
Ilova
O‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI PRYEZIDYENTINING
FARMONI
O‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020
— 2030 YILLARGA MO‘LJALLANGAN KONSYEPSIYASINI TASDIQLASH
TO‘G‘RISIDA
169
So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini
boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va
rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining
o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi
yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2
foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib,
ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv
bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv
xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,
suv xo‘jaligi ob’ektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga
mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya)
1-ilovaga
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga
mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish
bo‘yicha «Yo‘l xarita»si
2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini
shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash;
suv xo‘jaligi ob’ektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) modernizatsiya
qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar
asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda
ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini
hamda ishonchli ishlashini ta’minlash;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv
iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli texnologiyalarni
joriy qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining
joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash,
yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish
va uning oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash;
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan suvni yetkazish
xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini
joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash,
raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish;
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi
ob’ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan
mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash
va rag‘batlantirishga yo‘naltirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini
suv bilan kafolatli ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror yetkazib berish, suvning
sifatini yaxshilash va atrof-muhitning ekologik muvozanatini saqlash;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo
munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni
170
ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va
suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish;
suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini
oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy
qilish.
Konsepsiyani uning ustuvor yo‘nalishlari va tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli
parametrlari va ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan O‘zbekiston
Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga
oshirish belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Konsepsiyada belgilangan ustuvor
yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni
ta’minlasin:
sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;
suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming
gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;
sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi
iste’molini 25 foizga kamaytirish;
barcha irrigatsiya tizimi ob’ektlariga «Smart Water» («Aqlli suv») suv o‘lchash va
nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab
olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug‘orish
texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga
oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
a) bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z
muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi tizimidagi respublika budjetidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlarga ajratilgan umumiy cheklangan xodimlar soni doirasida 4 ta
shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini
ta’minlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya
institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin;
b) suv xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarini shakllantirishda xalqaro moliya institutlari
va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan mablag‘ jalb etishda davlat tashqi qarzi uchun
o‘rnatiladigan yillik me’yorlar doirasida belgilangan tartibda takliflarni kiritib borsin;
v) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan
mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi bo‘yicha har yil yakuni
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
5. Qishloq xo‘jaligi ekin yerlarini o‘z balansiga olgan klasterlarga ushbu yerlarda
joylashgan suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarish yo‘nalishidagi Suv xo‘jaligi vazirligining
funksiyalarini qishloq xo‘jaligi yer egalariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘tkazish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy
muddatda Suv xo‘jaligi vazirligi balansida bo‘lgan suv xo‘jaligi ob’ektlarini davlat-xususiy
sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish bo‘yicha ob’ektlar ro‘yxatini Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin.
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos
stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv
xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik
171
mexanizmlarini joriy etish hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya
qilish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va xodimlarning
oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar suv xo‘jaligi tizimidagi
rahbar va mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda:
uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari, tartibi va bosqichlarini,
shuningdek, moliyalashtirish manbaini aniq belgilash;
suv xo‘jaligi rahbar xodimlarini uzluksiz ravishda malakasini oshirib borish va
attestatsiyadan o‘tkazish, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish
imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish mezonlari
inobatga olinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Konsepsiyaning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik
nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirliklar va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat,
Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda
xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va
vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I.
Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |