Raqamli hisoblash texnikasi qurilmasiga parametrlar haqidagi
axborotni kiritish.
Ta’kidlab o‘tilganidek, texnologik parametrlarni
o‘lchashning zamonaviy vositalari o‘zgarmas tok, chastota va bosim
ko‘rinishidagi chiqish signallariga ega bo‘ladi, ya’ni analogli bo‘ladi Bu
signallarni raqamli hisoblash texnikasi vositalariga kiritish uchun
tegishli moslovchi qurilmalardan (eki ko‘shish qurilmalaridan)
foydalanish zarur. Bunda hal qilinadigan umumiy masala
xabarchi
qurilmalar
(yoki dastlabki o‘lchov o‘zgartkichlari (DUU)) signallarini
hisoblash texnikasi vositalari qabul qiladigan elektr kodli signalga
almashtirishdan iborat.
Kod signalini hisoblash texnikasi vositalariga kiritish asbobli
interfeyslar yordamida amalga oshiriladi.
86
Parametrlarni nazorat qilish vositalari uchun
interfeys
(asbobli
interfeys) tegishli kod ko‘rinishdagi chiqish signaliga ega bo‘lgan
o‘lchov vositalari bilan raqamli hisoblash texnikasi vositalari o‘rtasida
axborot almashish uchun mo‘ljallangan.
4.3.MIKROPROSYeSSORNING BUYRUQ TIZIMI
Mikroprotsessor buyruk tizimining o‘ziga xos tomonlarini
chuqurroq tushunib olish uchun MP ning soddalashtirilgan strukturasiga
mos keluvchi KR 580 modeli tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Chunki shu
model bilish kerak bo‘lgan eng muhim qismlarni o‘z ichiga oladi.
KR 580 MP si uchun buyruklarni ijro etish jarayeni uchun muxim
bo‘lgan qismlari – Arifmetik mantiqiy qurilma, ichki xotira registrlari,
xotira adresi registrlari xisoblanadi. K 580 mikroprotsessorining
buyruklar tizimi bir, ikki va uch baytli buyruklardan iborat bo‘lib,
ma’lumotni uzatish, arifmetik operatsiyalar, mantiqiy operatsiyalar,
boshqaruvni uzatish va maxsus buyruklar guruhidan tashkil topgan.
Buyruklar bajaradigan operatsiyalarning nisbatan soddaligi,
murakkabroq operatsiyalarni amalga oshirishda (ko‘paytirish, bo‘lish va
h.k.) dastur osti dasturlarni ishlatishni taqozo etadi.
Dastur osti dasturlarga o‘tish va ulardan qaytishni osonlashtirish
maqsadida stek xotirasi va bir qator maxsus buyruklardan foydalaniladi.
Dastur osti dasturni chaqirish buyruksi bo‘yicha buyruklar
xisoblagichi tarkibi baytma – bayt stekga joylashtiriladi. Bunda stek
ko‘rsatkichi har bir baytni joylashtirishdan oldin 1 ga kamayadi va
dastur osti dastur boshi ko‘rsatilgan adres buyruklar hisoblagichiga
87
uzatiladi. Ikkinchi baytni joylashtirishda esa, aksincha stek ko‘rsatkichi
1 ga ko‘payadi.
Stekni boshqarish uchun berilgan registrlar juftidan stekga va
orqaga, alomatlar registridan stekga va orqaga uzatish, stek tarkibi bilan
registrlar jufti orasida o‘zaro almashish buyruklari, stek ko‘rsatkichini
yuklash buyruklari ishlatiladi.
KR 580 mikroprotsessorida adressiz uzatilishni amalga oshiradigan
stek xotirasi
tashkil etiladi. Umumiy xolatda stek – ketma – ket
nomerlangan registrlar yoki xotira yacheykalaridan iborat. Stek
ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan bunday xotira elementlarida, axborotni
yozish va avtomatik ravishda oxirgi egallangan stek yacheykasi nomeri
o‘rnatiladi.
Stekga so‘zni kiritish amali bajarilayotganda u stekning navbatdagi
bo‘sh xonachasiga joylashtiriladi, o‘qish amalida esa – xonachadan
oxirgi kiritilgan so‘z chiqarib olinadi. Shunday qilib, stekda «oxirgi
keldi, birinchisi ketdi» shaklidagi xizmat ko‘rsatish prinsipi qo‘llaniladi.
Bu prinsip xar gal stekga murojaat qilinganda avtomatik amalga oshadi.
Ko‘rib chiqilayetgan MP da «ag‘darilgan» stek ishlatiladi, ya’ni
so‘z uzatilayetganda stek ko‘rsatkichi kamayadi, so‘zni stekdan chiqarib
olishda oshadi.
Bilvosita KR 580 da stek xotirasi jixozlaridan faqatgina stekning
ko‘rsatkich – registri va mos boshqarish zanjiri mavjud. Stekning o‘zi
esa tezkor xotiradagi ketma – ket joylashgan xonachalar guruxi orqali
amalga oshiriladi.
Stekli adreslash dastur osti dasturlar bilan ishlashda va uzish
muolajalarini bajarishda keng foydalaniladi.
88
Avtomatikaning raqamli qurilmalari, xususan EHM lar to‘g‘risida
oldingi mavzularda so‘z yuritganda programmalash tilining har bir
buyruksi yoki tizim buyruksi EHM bajaradigan bir qator harakatlar
ketma - ketligini keltirib chiqarishi xaqida aytib o‘tilgan edi.
Mikroprotsessor ishi nuqtai nazaridan esa bu MP bajarishi kerak bo‘lgan
kandaydir elementar (bo‘linmas) harakatdir. (Masalan, akkumulyator
ichini bo‘shatish, tozalash, bir registirdagi ma’lumotlarni boshqa
registrga uzatish va h.k)
Mikroprotsessor buyruksi
deganda - MP tomonidan "o‘qiladigan
" va uni muayyan harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladigan ikkili
so‘z tushuniladi.
Ikkili so‘z buyruklari uzunligi ma’lumotlar so‘zi uzunligiga mos
tushadi. Xususan, 8- razryadli MP ning buyruk so‘zi uzunligi 8 bitga, 16
razryadli MP niki 16 bitga teng. Lekin, buyruklar 2-3 so‘zga teng
uzunlikka esa bo‘lishadi, ya’ni 8-razryadli MP buyruksi uzunligi 8, 16
yoki 24 bitga teng bo‘lishi mumkin.
MP da buyruklar ichki shina bo‘yicha xotira qismidan buyruklar
registiriga uzatilishi, deshifrator va boshqaruv sxemalarida deshifrovka
qilinishi va natijada MP ning boshqa qismlariga yo‘naltiriladigan
signallari shakllanishi xususida aytib o‘tgan edik. Aynan ana shu
signallar
yordamida
buyruk
talab
etgan
amallar
bajariladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, MP buyrukdan
89
nafaqat ma’lumotni nima qilishni, balki uning qayerda joylashganligi
to‘g‘risida ham axborotni olib turishi kerak.
Shuning uchun buyruklar ikki kismdan -
operatsiya kodi
va
adres
kodi
dan iborat bo‘ladi. Operatsiya kodi MP ga ma’lumotlarni eltuvchi
ma’lumotlar joylashtirilgan manzilni ko‘rsatib turadi.
Agarda buyruk uzunligi ikki yoki uchta so‘zni tashkil qilsa, bunday
xolatda birinchi so‘z
operatsiya kodi,
ikkinchisi va uchinchisi -
ma’lumotlar manzilini
bildiradi.
Buyruk bir so‘zdan iborat bo‘lganda esa so‘zning birinchi qismi
operatsiya kodi uchun, ikkinchi qismi manzil kodi uchun ajratiladi.
Buyruklarni
yozishda
mnemonik
yozuv
formasi
yoki
buyruklarning qisqartirilgan nomlari ishlatiladi. Odatda bu maqsadlar
uchun buyruk bajaradigan Operatsiyaning ingliz tilidagi nomlanishining
uchta harfidan foydalaniladi.. Masalan,
CLA-CLEAR
(tozalash) so‘zidan
kisqartirib olingan.
Ishlov berilayotgan ma’lumotlarning adresi simvollar yoki
raqamlar kurinishida berilishi mumkin.
E’tirof etish joizki, sanoat usulida ishlab chiqarilayotgan MP
lardan foydalanish buyicha yuriqnomalarda mnemonik yoki raqamli
yozuv shaklida operatsiya kodlari ko‘rsatilgan muayyan buyruklar
tuzilishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi. MP ishi uchun
dasturlar yaratish chog‘ida shunday ma’lumotlardan foydalangan
ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |