1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Raqamli hisoblash texnikasi qurilmasiga parametrlar haqidagi



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/94
Sana13.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#663750
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
Bog'liq
gazieva

Raqamli hisoblash texnikasi qurilmasiga parametrlar haqidagi 
axborotni kiritish.
 
Ta’kidlab o‘tilganidek, texnologik parametrlarni 
o‘lchashning zamonaviy vositalari o‘zgarmas tok, chastota va bosim 
ko‘rinishidagi chiqish signallariga ega bo‘ladi, ya’ni analogli bo‘ladi Bu 
signallarni raqamli hisoblash texnikasi vositalariga kiritish uchun 
tegishli moslovchi qurilmalardan (eki ko‘shish qurilmalaridan) 
foydalanish zarur. Bunda hal qilinadigan umumiy masala 
xabarchi 
qurilmalar
(yoki dastlabki o‘lchov o‘zgartkichlari (DUU)) signallarini 
hisoblash texnikasi vositalari qabul qiladigan elektr kodli signalga 
almashtirishdan iborat. 
Kod signalini hisoblash texnikasi vositalariga kiritish asbobli 
interfeyslar yordamida amalga oshiriladi. 


86 
Parametrlarni nazorat qilish vositalari uchun 
interfeys 
(asbobli 
interfeys) tegishli kod ko‘rinishdagi chiqish signaliga ega bo‘lgan 
o‘lchov vositalari bilan raqamli hisoblash texnikasi vositalari o‘rtasida 
axborot almashish uchun mo‘ljallangan. 
4.3.MIKROPROSYeSSORNING BUYRUQ TIZIMI
Mikroprotsessor buyruk tizimining o‘ziga xos tomonlarini 
chuqurroq tushunib olish uchun MP ning soddalashtirilgan strukturasiga 
mos keluvchi KR 580 modeli tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Chunki shu 
model bilish kerak bo‘lgan eng muhim qismlarni o‘z ichiga oladi.
KR 580 MP si uchun buyruklarni ijro etish jarayeni uchun muxim 
bo‘lgan qismlari – Arifmetik mantiqiy qurilma, ichki xotira registrlari, 
xotira adresi registrlari xisoblanadi. K 580 mikroprotsessorining 
buyruklar tizimi bir, ikki va uch baytli buyruklardan iborat bo‘lib, 
ma’lumotni uzatish, arifmetik operatsiyalar, mantiqiy operatsiyalar, 
boshqaruvni uzatish va maxsus buyruklar guruhidan tashkil topgan. 
Buyruklar bajaradigan operatsiyalarning nisbatan soddaligi, 
murakkabroq operatsiyalarni amalga oshirishda (ko‘paytirish, bo‘lish va 
h.k.) dastur osti dasturlarni ishlatishni taqozo etadi.
Dastur osti dasturlarga o‘tish va ulardan qaytishni osonlashtirish 
maqsadida stek xotirasi va bir qator maxsus buyruklardan foydalaniladi. 
Dastur osti dasturni chaqirish buyruksi bo‘yicha buyruklar 
xisoblagichi tarkibi baytma – bayt stekga joylashtiriladi. Bunda stek 
ko‘rsatkichi har bir baytni joylashtirishdan oldin 1 ga kamayadi va 
dastur osti dastur boshi ko‘rsatilgan adres buyruklar hisoblagichiga 


87 
uzatiladi. Ikkinchi baytni joylashtirishda esa, aksincha stek ko‘rsatkichi 
1 ga ko‘payadi. 
Stekni boshqarish uchun berilgan registrlar juftidan stekga va 
orqaga, alomatlar registridan stekga va orqaga uzatish, stek tarkibi bilan
registrlar jufti orasida o‘zaro almashish buyruklari, stek ko‘rsatkichini 
yuklash buyruklari ishlatiladi. 
KR 580 mikroprotsessorida adressiz uzatilishni amalga oshiradigan 
stek xotirasi
tashkil etiladi. Umumiy xolatda stek – ketma – ket 
nomerlangan registrlar yoki xotira yacheykalaridan iborat. Stek 
ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan bunday xotira elementlarida, axborotni 
yozish va avtomatik ravishda oxirgi egallangan stek yacheykasi nomeri 
o‘rnatiladi.
Stekga so‘zni kiritish amali bajarilayotganda u stekning navbatdagi 
bo‘sh xonachasiga joylashtiriladi, o‘qish amalida esa – xonachadan 
oxirgi kiritilgan so‘z chiqarib olinadi. Shunday qilib, stekda «oxirgi 
keldi, birinchisi ketdi» shaklidagi xizmat ko‘rsatish prinsipi qo‘llaniladi. 
Bu prinsip xar gal stekga murojaat qilinganda avtomatik amalga oshadi. 
Ko‘rib chiqilayetgan MP da «ag‘darilgan» stek ishlatiladi, ya’ni 
so‘z uzatilayetganda stek ko‘rsatkichi kamayadi, so‘zni stekdan chiqarib 
olishda oshadi. 
Bilvosita KR 580 da stek xotirasi jixozlaridan faqatgina stekning 
ko‘rsatkich – registri va mos boshqarish zanjiri mavjud. Stekning o‘zi 
esa tezkor xotiradagi ketma – ket joylashgan xonachalar guruxi orqali 
amalga oshiriladi. 
Stekli adreslash dastur osti dasturlar bilan ishlashda va uzish 
muolajalarini bajarishda keng foydalaniladi. 


88 
Avtomatikaning raqamli qurilmalari, xususan EHM lar to‘g‘risida 
oldingi mavzularda so‘z yuritganda programmalash tilining har bir 
buyruksi yoki tizim buyruksi EHM bajaradigan bir qator harakatlar 
ketma - ketligini keltirib chiqarishi xaqida aytib o‘tilgan edi. 
Mikroprotsessor ishi nuqtai nazaridan esa bu MP bajarishi kerak bo‘lgan 
kandaydir elementar (bo‘linmas) harakatdir. (Masalan, akkumulyator 
ichini bo‘shatish, tozalash, bir registirdagi ma’lumotlarni boshqa 
registrga uzatish va h.k) 
Mikroprotsessor buyruksi 
deganda - MP tomonidan "o‘qiladigan 
" va uni muayyan harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladigan ikkili 
so‘z tushuniladi. 
Ikkili so‘z buyruklari uzunligi ma’lumotlar so‘zi uzunligiga mos 
tushadi. Xususan, 8- razryadli MP ning buyruk so‘zi uzunligi 8 bitga, 16 
razryadli MP niki 16 bitga teng. Lekin, buyruklar 2-3 so‘zga teng 
uzunlikka esa bo‘lishadi, ya’ni 8-razryadli MP buyruksi uzunligi 8, 16 
yoki 24 bitga teng bo‘lishi mumkin. 
MP da buyruklar ichki shina bo‘yicha xotira qismidan buyruklar 
registiriga uzatilishi, deshifrator va boshqaruv sxemalarida deshifrovka 
qilinishi va natijada MP ning boshqa qismlariga yo‘naltiriladigan 
signallari shakllanishi xususida aytib o‘tgan edik. Aynan ana shu 
signallar 
yordamida 
buyruk 
talab 
etgan 
amallar 
bajariladi. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, MP buyrukdan 


89 
nafaqat ma’lumotni nima qilishni, balki uning qayerda joylashganligi 
to‘g‘risida ham axborotni olib turishi kerak. 
Shuning uchun buyruklar ikki kismdan - 
operatsiya kodi
va 
adres 
kodi
dan iborat bo‘ladi. Operatsiya kodi MP ga ma’lumotlarni eltuvchi 
ma’lumotlar joylashtirilgan manzilni ko‘rsatib turadi. 
Agarda buyruk uzunligi ikki yoki uchta so‘zni tashkil qilsa, bunday 
xolatda birinchi so‘z 
operatsiya kodi, 
ikkinchisi va uchinchisi - 
ma’lumotlar manzilini
bildiradi. 
Buyruk bir so‘zdan iborat bo‘lganda esa so‘zning birinchi qismi 
operatsiya kodi uchun, ikkinchi qismi manzil kodi uchun ajratiladi. 
Buyruklarni 
yozishda 
mnemonik 
yozuv 
formasi 
yoki 
buyruklarning qisqartirilgan nomlari ishlatiladi. Odatda bu maqsadlar 
uchun buyruk bajaradigan Operatsiyaning ingliz tilidagi nomlanishining 
uchta harfidan foydalaniladi.. Masalan, 
CLA-CLEAR 
(tozalash) so‘zidan 
kisqartirib olingan. 
Ishlov berilayotgan ma’lumotlarning adresi simvollar yoki 
raqamlar kurinishida berilishi mumkin. 
E’tirof etish joizki, sanoat usulida ishlab chiqarilayotgan MP 
lardan foydalanish buyicha yuriqnomalarda mnemonik yoki raqamli 
yozuv shaklida operatsiya kodlari ko‘rsatilgan muayyan buyruklar 
tuzilishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi. MP ishi uchun 
dasturlar yaratish chog‘ida shunday ma’lumotlardan foydalangan 
ma’qul. 

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish