79
mikroprotsessor 8 razryadli ikki tomonlama ichki ma’lumotlar shinasi,
16 razryadli adreslar shinasi va boshqarish shinalariga ega.
Ichki ma’lumotlar shinasi magistral hisoblanib u orqali
mikroprotsessor ulangan boshqa bloklar ma’lumotni almashinishi
mumkin. Bir vaqtning o‘zida ma’lumotlar shinasi bo‘yicha
faqatgina
mikroprotsessorning ikkita qismi o‘zaro munosabatda bo‘ladi.
Boshqaruv shinasi signallarni uzatish liniyalari, protsessor holati
alomatlari va oraliq qurilmalar shinalarini o‘z ichiga oladi. Jumladan,
ma’lumotni uzatish nosinxronlashtirish
va moslashtirish signallari,
oraliq qurilmalarning tayyorligi to‘g‘risida MP ni xabardor qiluvchi
signallar; signallarni uzishga ruxsat berish amallar orqali bajariladi.
Mikroprotsessor – strukturasi qo‘yidagi bloklarga ajratiladi:
- Registrlar bloki;
- Arifmetik- mantiqiy qurilma;
- Bufer sxemalari;
- Boshqaruv qurilmalari.
Registrlar bloki.
Registrlar mikroprotsessor texnikasida kodlarni
saqlashga muljallangan funksional qurilmalar hisoblanadi. Undan
tashqari registrlar kodni chapga va o‘ngga
mantiqiy operatsiyalar soni
qancha bo‘lsa, shuncha razryadga siljitadi.
KR 580 IK 80A
mikroprotsessori programmalashtirilgan 8
razryadli registrlar: - registr akkumulyator; umumiy registrlar; alomatlar
registri va 16 razryadli maxsuslashtirilgan registrlar:- buyruk
hisoblagichi; stek ko‘rsatkichi registrlari va bilvosita adres registrlaridan
iborat.
Registr
bir – biriga ulangan bir nechta triggerdan iborat bo‘lib,
bunda triggerlar soni razryad soniga mutanosib o‘rnatiladi.
80
Umumiy registr
operandlarni saqlash, oraliq va yakuniy natijalar,
shuningdek adres indekslarini xotirada tutish uchun ishlatiladi.
Registrlar bloki
o‘z tarkibida alohida registr- akkumulyatorni
saqlaydi. Akkumulyatordan operandlarni birining va operatsiya natijasi
qayd qilinadigan joyning quvvat manbai sifatida ham foydalaniladi.
Akkumulyatorning foydalanish zaruratini buyruk amali kodi ko‘rsatib
turadi. Boshqacha aytganda akkumulyatorga
nisbatan qisqa formatga
ega bo‘lgan 1 adresli buyruklarni qo‘llash shaklidagi adresatsiya nazarda
tutiladi.
Akkumulyator 1 vaqtning o‘zida ham operand registri ham
operatsiya registri bo‘lishi uchun u ikki tabaqali trigger negizida
tayyorlanadi. Akkumulyatordan foydalanish umumiy registrda kiritish
buyruklarini bajarish jarayonida xotiraga murojaatlarni
kamaytirish va
shu orqali mikroprotsessor tezkorligini oshirshga imkon beradi.
Mikroprotsessordagi registr blokining afzalligi uni tarkibida
inkeremenator sxemasining mavjudligidir. U AMQ ni jalb etmasdan
registr ichidagi amallarni bajarib, nafaqat stek ko‘rsatkichida
balki
buyruk hisoblagichida ham adresatsiya qilish uchun sharoit yaratadi.
Bu holatda mikroprotsessorda ba’zi operand va natijalarni qisqa
muddat saqlab turish zarurati tug‘iladi. Bu maqsadlar uchun ma’lumotni
vaqtincha saqlash registrlardan foydalaniladi. Vaqtincha saqlash
registrlaridan foydalanish mikroprotsessorga bir sikl ichida ikkita registr
hajmida ma’lumot almashinishini ta’minlaydi.
Ikkilangan uzunlikdagi so‘zlar bilan bajarilgan amallarning
samaradorligini oshirish uchun operatsiyani shakllantirish va 2
baytli
adreslarni uzatish uchun mikroprotsessorlar registr juftlari ichida
81
ma’lumotlarni konkatinatsiya qiladi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ketma –
ket 2 bayt axborot junatiladi.
Registrlar bloki tarkibiga registr – (zashyolka) kiritilgan bo‘lib, u
adresni bufer sxemaga va keyinchalik adres shinasiga uzatadi.
AMQ ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun shaxsiy registrga
ega. U registrlar o‘rtasida «poyga» bo‘lmasligi uchun o‘rnatiladi. ALU
eng oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni (musbat
va manfiy siljitish,
taqqoslash, mantiqiy ko‘paytirish amallarini) bevosita bajara oladi.
Murakkab operatsiyalar ko‘paytirish, bo‘lish, elementar funksiyalarni
hisoblash podprogamma yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: