Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

Kufiy xati. 
Arablar fath qilingan yerlardagi devonlarni arabiylashtirish va 
tartibga solishdan avval barcha musulmonlar uchun o‘qishga oson bo‘lgan yozuvni 
tanlash ustida bosh qotiradilar. Oqibatda Kufa ahli o‘rgangan xat turining aniq va 
chiroyliroq bo‘lgani sabab boshqa shaharlardagi joriy xat turlaridan ko‘ra ushbu 
kufiy xat turini tanlaydilar. Bu xat turi nuqtalardan xoli bo‘lib, o‘zining soddaligi 
va bezaklardan xoliligi bilan ajralib turadi.
Bu yozuv turi geometrik shakllarga asoslangan bo‘lib, yozuvda faqat to‘g‘ri va 
doiraviy chiziqlar qo‘llanadi. Bu xat turidan asrlar davomida boshqa turli xil arab 
xatlari vujudga kelgan. Har asrning kufiycha xatti turlicha o‘zgarib, turli 
viloyatlarda uning turli xil shakli qo‘llanilganligi hamda u ishlatilgan asr va 
mintaqaga qarab, unga turli nomlar berilgan (masalan, V asr kufiysi, VII asr 
kufiysi, mamluklar kufiysi, andalus kufiysi). Shu zaylda undan yetmishdan ortiq 
shu turdagi xat tarqaladi.
Xat san’ati haqidagi barcha risolalarda xabar qilinishicha, xatti ma’qaliy va 
kufiy xati asosida arab yozuvining san’atkorona yaratilgan 6 xil asosiy xat uslubi 
shakllandi. Ular:



Suls xati – to‘rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloqdir (ilmiy asarlar xat yo‘l-
yo‘riqlarida…); 

Nasx xati – ixtirochisi mashhur san’atkor xattot Ibn Muqla hisoblanadi 
(qissa va xabarlarda);

Muhaqqaq – bir bo‘lak qismi tekis bo‘lib, qolgan bo‘laklari yumaloq 
shakldadir (qasida va she’rlar yozishda); 

Rayhoniy xati
 
– muhaqqaqdan kelib chiqqan. Muhaqqaq va rayhoniy 
xatining ixtirochisi Ibn Bavvob bo‘lgan. 

Tavqe’ xati – yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan (buyruq 
va farmonlarda); 

Riqo’ xati – ko‘pchilik harflari bir-biriga qurama qilib yoziladi 
(maktublarda) ishlatiladi.
Bu yozuv turlarining har biri oziga xos xususiyatlarga ega. Ko‘fiy va suls 
xatlari boshqalariga qaraganda o‘qilishi va yozilishi jihatidan birmuncha 
murakkab. Bu xatlar ko‘pincha imoratlar, me’morchilik yodgorliklari peshtoqiga
qabr toshlariga yozilgan. Nasta’liq yozuvi bu turlar ichida oson o‘qilishi va 
Kufiy 
3
suls 
4
nasx 
6
riqo

5
tavqe

7
ta’liq

muhaqqaq 
2
rayhoniy 


chiroyli yozilishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo va Kavkazda 
u rasmiy yozuv sifatida qabul qilingan. Yozma yodgorliklar shu yozuvda 
yaratilgan. 
Nasta’liq- “nasx” hamda “ta’liq” xatlarining o‘zaro birikuvidan vujudga 
kelgan yozuv turidir. O‘rta Osiyo va Kavkaz xalqlari singari o‘zbek xalqining ham 
ming yillik ma’naviy merosi ana shu yozuvda bitilgan. 
Mashhur shoir-u nosirlar, muarrix-u mutarjimlarimizdan: Mahmud Koshgariy, 
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bobur va Ogahiylardan 
tortib, Hamza, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarning eng yaxshi badiiyat 
durdonalarigacha, Beruniy, Juvayniy, Muhammad Narshahiy, Rashididdin Votvot
Nasaviy, Bayhaqiy singari muarrixlar yaratgan o‘lkamiz tarixiga oid mumtoz 
asarlarning barchasi arab yozuvida bitilgan. Bulardan tashqari, tibbiyot, riyoziyot, 
handasa, kimyo, ilmi nujum, jugrofiya kabi fanlar tarixi haqida qimmatli 
ma’lumotlar beruvchi manbalar ham ana shu yozuvda saqlanib qolgan. 
Movarounnahr tarixida arab alifbosi, garchi bu o‘lkalarda ungacha amal qilgan 
sug‘d, uyg‘ur yozuvlari umrini qisqartgan bo‘lsa-da, asrlar osha ajdodlarimiz 
tomonidan yaratilgan ganjinalarning bizgacha yetib kelishida asosiy vosita 
xizmatini o‘tadi.
Usmon mushafi yozuv uslubi keyingi davrlarda yanada mukammallashgan va 
hozirgi kunda ishlatiladigan xatdan qisman farq qiladi. Shuningdek, bu yozuv 
adabiyotlarda hijoziy deb ham yuritiladi. Arab yozuvi asli nabotiy yozuvidan, u 
esa oromiy yozuvidan kelib chiqqan. So‘ng Kufa va Xijoz maktablari yo‘nalishi 
asosida taraqqiy etgan. Kufa maktabidan farqli ravishda Hijoz maktabi uslubi 
mayin, oson yozilishi bilan ajralib turadi. Qur’onning dastlabki qo‘lyozmalarida
nuqtalar, harakatlar, suralarning boshlanishini ajratish, oyatlarga raqamlar
qo‘yilishi bo‘lmagan. Shuningdek, Usmon mushafida so‘zlar satr oxiriga 
sig‘magan hollarida uning davomi keyingi satrga yozilgan. Keyiichalik esa so‘zni 
satrga sig‘dirish, uni bo‘lmaslik uslubi kelib chiqdi. Qur’on matnini 
mukammallashtirishning birinchi bosqichida e’rob nuqtalari qo‘yilgan. Bu 
bosqichda harakatlar hozirgidagidek bo‘lmay, nuqtalar bilan ifodalangan: fatha 


harfning ustiga nuqta qo‘yish, kasra harfning ostiga nuqta qo‘yish, zamma 
harfning yoniga nuqta qo‘yish bilan ifodalangan. Nuqtalar asosiy matndan boshqa
rangda, aksariyat qizil rangda belgilangan. Ummaviylarning Iroqdagi voliysi 
bo‘lgan Ziyod ibn Ubaydulloh Abu-l-Asvad Duvaliyga (vaf. 69/688y.) 
so‘zlarning kelishigini (marfu’, mansub, majrur) ya’ni, e’robini ajratish uchun 
belgilar qo‘yishni buyuradi. Duvaliy dastlab Qur’onga hech narsa qo‘shib 
bo‘lmasligini aytib, uni rad etadi. So‘ng bir kun bir kishi "Innalloha bariy’un minal 
mushrikina va rasulihi", deb ya’ni "rasuluhu"ni xato o‘qigani va ma’no 
buzilganini eshitib, Ziyodning oldiga kelib, so‘zlarga belgilar qo‘yishga roziligini 
bildipadi va e’robni ifodalash maqsadida nuqtalar qo‘yadi. Ikkinchi bosqichda 
harflarga nuqtalar qo‘yish amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulmalik 
ibn Marvon (685—705) Xajjojga Iroq ulamolarini yig‘ishni va harflarni ajratish 
uchun nuqtalar qo‘yish lozimligini aytadi.
Ma’lumki, 
و،وظو،وطو،وضو،وصو،وشو،و و،و و،و و،وذو،ودو،وثو،وتو،وب
وفو،وغو،وع
va 
وق
kabi harflar nuqtalarsiz yozilgan. Xajjoj Yahyo ibn Ya’mur va Nasr ibn
Osimlarga bu ishni amalga oshirish buyuriladi. Harflarga nuqtalar qo‘yish e’jom 
nuqtalari yoki zabt nuqtalari deb atalgan. Ibn Muqla tomonidan nasx xati kashf 
etilgandan so‘ng Qur’on ushbu xat turi bilan yozila boshlanadi. Matnda nuqtalar va 
harakatlar saqlanib, harflarning shakli aniqlashtirilib, yozilishi va o‘qilishi 
osonlashtirildi.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish