«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Yig’ma  elementlar  va  ulama  konstruksiyalar



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/73
Sana07.06.2021
Hajmi1,45 Mb.
#65818
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
koprik va quvurlarni loyihalash va qurish

Yig’ma  elementlar  va  ulama  konstruksiyalar.  Ko’priklar  qurilishini 

industriallashning  asosiy  yo’nalishi  yig’ma  konstruksiyalarni  qo’llashdir. 

Industrial xildagi konstruksiyalarning o’ziga xos xususiyati – konstruksiyaning 

birgalikdagi  ishini  to’la  ta’minlaydigan  montaj  choklarining,  shuningdek 

zaruriy 


mustahkamlik, 

chidamlilik, 

ustivorlik, 

yoriqbardoshlik, 

namo’tkazmaslik  va  umrboqiyliklarning  mavjudligidir.  Choklarni  loyihalashda 

ularning konstruksiyasi soddaligiga, o’rnatishdagi mehnat sarfining iloji boricha 

kamligiga,  konstruksiyani  turli  ob-havo  hamda  harorat  sharoitlarida,  ayniqsa, 

qishki davrda yig’ishning imkoni borligiga etibor qaratmoq zarur. Ayrim-ayrim 

to’sinlardan montaj qilinadigan ko’priklarning oraliq qurilmalarida choklarning 

turli  xillari  qo’llaniladi.  Qatnov  qismi  plitalarining  bo’ylama  choklari  (2.47,a-

rasm)  armatura  uchlarini  ustma-ust  payvandlab,  keyinchalik  plitalararo 

choklarni  betonlab  bajariladi.  Bir  tomonlama  bog’lovchi  payvandli  chokning 

uzunligi  choklarning  qalinligi  kamida  4  mm  bo’lganida  tutashayotgan 

sterjenlarning diametridan 6 barobar katta bo’lishi kerak. Bunday chok eguvchi 

momentlarni ishonchli qabul qiladi, biroq, uning o’rnatilishi armatura uchlarini 

birlashtirish  va  payvandlash  ishlarini  amalga  oshirish  zaruriyati  bilan 

murakkablashadi.  Plitalarda ustma-ust tutashtiriladigan davriy profilli 

armaturalarning o’zaro chiqarmalariga ega choklarni, shuningdek to’g’ridan 

to’g’ri o’rnatatiladigan ilmoqli choklarni ham qo’llash ruhsat etiladi (2.47,bv-



 

74 


rasm). 

 

 



2.47-rasm. Qatnov qismi plitasi armaturasining choklari: 1 – plita bloklari;  

2 – quymalash betoni; 3 – spiralsimon armatura 

 

Shu  o’rinda  armatura  chiqarmalari  uni  diametrining  15  barobaridan  kam 



bo’lmagan  uzunlikka  ega  bo’lishi  va  to’g’ri  ilmoqlar  bilan  tugallanishi  kerak, 

ilmoqlar  diametri  esa  to’g’ri  o’rnatma  uzunligi  ilmoq  diametridan  kam 

bo’lmaganida,  armatura  diametrining  kamida  10  barobariga  teng  etib  qabul 

qilinadi. Choklar tutashayotgan elementlar betoni sinfidan past bo’lmagan sinfli 

beton  bilan  yaxlitlanadi.  Plitalarning  ishonchli  birikishini  ko’ndalangiga 

siqiladigan  chokni  qo’llab  yaratish  mumkin.  Ushbu  holatda  choklar,  plitalar 

ichra  ko’prikning  o’qiga  ko’ndalang  yo’nalgan,  berk  yoki  ochiq  kanallarda 

joylashtiriladigan oldindan zo’riqtirilgan armatura bilan siqiladi. 

Тemir yo’l oraliq qurilmalari, ayrim bloklardan montaj qilinadigan ballast 

koritasi  plitasining  bo’ylama  choklari  ko’pchilik  hollarda  yaxlitlanmaydi. 

Bunday chokni uzunligi 15 m dan ortiq bo’lgan plitali oraliq qurilmalarda yoki 

plitali  oraliq  qurilmalarning  egrilarida  joylashishida  birlashtirish  maqbuldir. 

Ballast  koritasi  plitasining  eng  oddiy  birlashmasi  tutashayotgan  qirg’oqlardagi 

bo’ylama  tuynukni  beton  bilan  to’ldirish  yo’li  bilan  bajariladigan  shponli 

chokdir  (2.47,g-rasm).  Shponchalarning  qirqilishga  ishini  yaxshilash  uchun, 

bo’ylama tuynukka spiralchimon armatura o’rnatiladi. Bunday chok bloklarning 

vertikal  yo’nalishda  o’zaro  siljishiga  to’sqinlik  qiladi,  biroq,  cho’zuvchi 

kuchlanishlarni  qabul  qila  olmaydi.  Plitalarning,  oraliq  qurilmalarning  barcha 

xillarida  muvaffaqiyatli  qo’llanilayotgan quruq  bo’ylama choklari  istiqbollidir. 

Тemir  yo’l  oraliq  qurilmalarida  plitalarni  quruq  bo’ylama  chok  bilan 

birlashtirish  ko’ndalang  kesimni  P-simon  romga  aylantiradi,  bu  esa 

diafragmalardan 

voz 

kechish 


imkonini 

beradi, 


hamda 

to’sinlarning 

qovurg’alariga  burovchi  momentning  ta’sirini  sezilarli  kamaytiradi.  Bundan 

tashqari, plitalari quruq bo’ylama chokli qutisimon oraliq qurilmalarni yaratish 

imkoniyati paydo bo’ladi. 

Ikkita  qo’shni  plitalarning  quruq  bo’ylama  choki  qator  payvandli 

birikmalardan  –  bir-biridan  teng-barobar  masofada  joylashgan  shponkalardan 



 

75 


iboratdir  (2.48-rasm). Shponkali birikma,  montaj mobaynida ponasimon po’lat 

o’rnatmalarni  payvandlab  biriktiriladigan  ikkita  yarimshponkadan  (oldindan 

o’rnatiluvchi  po’lat  plastinalar)  iborat.  Yarimshponkalarning  listlari  plita 

tekisligiga  60°  burchak  ostida  og’dirilgan  va  plitaning  armaturasiga  kontaktli-

yoysimon  payvandlov  vositasida  uchma-uch  payvandlangan.  Payvandli 

shponkali  chokning  konstruksiyasi  plitalarni  tutashtirishdagi  ehtimoliy 

noaniqliklarni  yaxshi  kompensatsiyalaydi  va  ixtiyoriy  ko’rinishdagi  ta’sirlarni 

ishonchli qabul qiladi. 

 

 

 




Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish