2.48-rasm. Plitaning shponkali choki:
1 – po’lat plastinalar (yarimshponkalar);
2 – ponasimon o’rnatmalar
Тemir yo’l oraliq qurilmalarning bloklari diafragmalarining choklari
bo’ylab oldindan o’rnatiluvchi detallarni payvandlash yo’li bilan
birlashtiriladi (2.49-rasm). Blokning har bir yarimdiafragmasi, sterjenli
armuturaga payvandlangan, 140×140×12
mm
burchaklik bilan
hoshiyalanadi.
Bloklarni montaj qilishda burchakliklarga yo’l-yo’l (polosali) vertikal
ustamalarni payvandlab biriktiriladi. Bunday birikma chokni quymalashni
o’ng’ayroq vaqtga qoldirib, undan foydalanishni darhol boshlash imkonini
beradi. Diafragmalar choklarini quymalash, ayniqsa, po’lat elementlarni
korroziyadan muhofazalash uchun bajariladi. Quymalash betonining chok
konstruksiyasiga bog’lanishini yaxshilash uchun, teshiklarga ega bo’lgan
ustamalarga armatura to’rlari payvandlanadi.

Ko’priklarning zamonaviy tutash va konsol oraliq qurilmalari, qoidaga
ko’ra, ko’ndalang montaj choklari o’rnatib, ayrim bloklardan bunyod
qilinadi. Montaj jarayonida choklar armatura o’ramlarining oldindan
zo’riqtiruvchi kuchlanishlari bilan siqiladi. Siqilgan choklar katta eguvchi
76
momentlar va ko’ndalang kuchlarni qabul qiladi. Qo’shni bloklar turli
shakldagi choklarga ega bo’lishi mumkin: yassi vertikal hamda pog’onali
qiya, shuningdek uchburchak va trapetsiyasimon tarhli, tishsimon.
2.49-rasm. Diafragmaning montaj choki: 1 – qamrovchi
okaymlyayu
щiy) burchaklik; 2 – po’lat ustama (nakladka); 3 –
armaturali to’r
Montaj mobaynida choklarning sirti epoksid
qatroni asosidagi yolimlar bilan qoplanadi. Qo’shni
bloklarning uchlari bir-biriga mos tushishini
ta’minlash uchun, ularni yasashda, navbatdagi
blokning uchlaridan biri uchun oldinga blokning bosh
va oxirgi sirti qolip sifatida hizmat qiladigan iz uslubi
qo’llaniladi. Ko’ndalangiga bo’laklanadigan yig’ma
konstruksiyalarning choklari quruq (yelimsiz) ham
bajarilishi mumkin. Ba’zi hollarda keyinchalik
quymalanadigan keng choklar (ho’l choklar)
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |