O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


– Oliy sud qanday yo’l tutishi kerak?



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom


Oliy sud qanday yo’l tutishi kerak?


251 
bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi 
“O’zgalar mulkini o’g’rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-taroj qilish 
jinoyat ishlari bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi 6-sonli Qarori o’g’rilikning 
boshqa jinoyatlardan farqli jihatlarini aniqlash amaliyotida qo’l keladi.
O’zgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatlari ichida o’zlashtirish yoki 
rastrata yo’li bilan talon-taroj qilish va firibgarlik jinoyatlari sodir etilganda, 
yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan 
mahrum qilish jazolari qo’llash ko’zda tutilmaydi. 
O’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar
Mulkiy zarar yetkazish aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan 
amalga oshirilganda, o’zganing mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq xususiyatlar 
mavjud bo’lmasa, bunday jinoyatlar JKning 170-moddasi bilan kvalifikatsiya 
qilinadi. Bunda zarar miqdori ancha miqdor, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining 
yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorni tashkil etishi zaruriy shart 
sanaladi. Bunday jinoyatlar ishonchnoma asosida rahbar nomidan shartnomalar va 
boshqa bitimlarni tuzish vakolatiga ega bo’lgan xodimlar bilan bog’liq holatlarda 
uchrab turadi. Bunday holatlarda asosan foyda boy beriladi. Ushbu xususiyati bilan 
aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyati 
o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-taroj qilish jinoyatidan ajralib turadi.
Jinoyat kodeksining 171-moddasida jinoiy yo’l bilan topilgan mulkni olish 
yoki o’tkazish jinoyati aks etgan. Moddaning dispozitsiyasi mulkning jinoiy yo’l 
bilan topilganligini bilgan holda, oldindan va’da bermay olish yoki o’tkazish 
jinoyat ekanligini tavsiflaydi.
Jinoyatning ob’ekti o’zgaga tegishli mulk bo’lib, jinoyatning sub’ekti uni 
jinoiy yo’l bilan topilganligini qilmish sodir etilgandan keyin bilishi ahamiyatlidir. 
Agar jinoyatdan oldin jinoiy yo’l bilan topilgan mulkni olish va o’tkazishga va’da 
bersa, mazkur jinoyatning ishtirokchisiga aylanib qoladi.
Jinoiy yo’l bilan topilgan mulkni oldindan bilmagan holda olish yoki 
o’tkazish shaxs uchun javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Zotan, JKning 24-


252 
moddasida belgilangan qoida asosida tahlil qilsak, shaxs jinoiy yo’l bilan topilgan 
mulkni olish yoki o’tkazish xavfli ekanligini anglamagan, anglashi mumkin va 
lozim ham bo’lmagan, uning oqibatiga ko’zi yetishi mumkin va lozim ham 
bo’lmagan bo’lsa, uning harakati qilmish aybsiz holatda sodir etilgan deb topilishi 
uchun asos bo’ladi.
Mulkni qo’riqlashga vijdonsiz munosabatda bo’lish jinoyatining sub’ekti 
mansabdor bo’lmagan shaxs sanaladi. Ob’ekti esa bunday shaxsga ishonib 
topshirilgan o’zga shaxsga tegishli bo’lgan mulkdir. Mulkka ko’p miqdorda zarar 
yetkazilishi uning talon-taroj qilinishi, shikast yetkazilishi, nobud qilinishida 
aybdorning mulkni qo’riqlash yuzasidan o’z vazifalarini vijdonsiz bajarishi bunda 
belgilovchi shart bo’ladi. Mulkka ko’p miqdorda zarar yetkazilishi ehtiyotsizlik, 
ya’ni o’z-o’ziga ishonish yoki beparvolik tufayli kelib chiqadi. 
Ko’p miqdordagi zarar bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 
baravarigacha bo’lgan miqdor sanaladi. Agar buncha miqdordagi zarar mansabdor 
shaxsning o’z vazifasini vijdonsiz bajarishi oqibatida yuz bersa, Jinoyat 
kodeksining 207 yoki 208-moddalari bo’yicha javobgarlik kelib chiqishi uchun 
asos bo’ladi.
O’zga shaxsga tegishli bo’lgan mulk ishonib topshirilgan shaxsga nisbatan 
jinoiy tajovuz uyushtirilishi yoki tabiiy ofatlar natijasida mulkning nobud bo’lishi, 
shikast yetkazilishi holatlari uchun jinoiy javobgarlik asoslari kelib chiqmaydi.
O’zgaga tegishli bo’lgan mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar 
yetkazish ancha miqdor, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch 
yuz baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etsa, bunday qilmish uchun JKning 
173-moddasida belgilangan jinoyat kelib chiqadi. Mazkur jinoyat ko’pincha o’zga 
shaxsga tegishli bo’lgan ko’chmas mulkka qasddan zarar yetkazishda ko’zga 
tashlanadi.
Mulkni nobud qilish uni qayta tiklash imkonsizligini anglatadi. Bunda zarar 
ko’rgan mulkni ehtiyot qismlar bilan ta’mirlash imkoniyati bo’lmaydi. Shunday 
bo’lsada, qasddan harakat qilgan aybdor moddiy zararni uch karra miqdorda 


253 
qoplasa, unga nisbatan ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazosini 
qo’llanilmaydi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish