9-MAVZU. KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH
Reja:
9.1.Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari
9.2. Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining
tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash
9.3.Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash
Tayanch iboralar: korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlik faoliyati,
korxona salohiyati, resurslar, xodimlar,rahbar, raqobat
9.1.Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari
141
Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko‘proq xorijiy biznesda
menejmentnig tarkibiy elementi bo‘lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma,
kontsern, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va
biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to‘g‘ri
tanlangan strategiyasiga bog‘liq. Strategiyani tanlash o‘z navbatida bir necha
omillarga bog‘liq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining
raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u
yetakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona o‘zining oldiga qanday
maqsadlar qo‘ygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish,
―o‘rtada‖ mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qo‘yilgan
maqsadlarga ko‘ra bozordagi hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda
korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasining o‘zi quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samarador- ligining
tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash;
korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;
korxona salohiyati rezervlari va yo‘qotishlarini tahlil qilish;
korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategiya va
taktikani tanlash;
tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona
salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish.
SHunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatni boshqarish,
mohiyatiga ko‘ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati
raqobatbardoshligini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil
qilish, u yoki bu mo‘ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va
taktikani tanlash)dan iborat bo‘ladi.To‘g‘ri strategiyani tanlash uchun menejerga
hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor.
Har qanday korxonaning
iqtisodiy salohiyati –
bu korxona ixtiyorida bo‘lgan
resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va
uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq
daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning
iqtisodiy salohiyati to‘rtta asosiy alomatlar bilan ta‘riflanadi.
Birinchi alomat
. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy
faoliyatning u yoki bu sohasidagi
haqiqiy imkoniyatlari
bidan belgilanadi. Buning
ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo‘yicha amalga
oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat
. Har qanday korxonaning imkoniyatlar ko‘proq unda mavjud
bo‘lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy,
sotsial)ga bog‘liq. SHuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab
chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun
tayyorlangan
resurslar va rezervlarning hajmi
bilan belgianadi.
Uchinchi alomat
. SHaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday
biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo‘lish zarur, ammo hali bu yetarli
142
emas. Biz resurslarning hajmi bo‘yicha AQSH bilan tenglasha olishimiz va hatto
undan ustun kelishimizdan qanday ma‘no bor! Ishlab chiqarish natijalarichi?
Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu qanchalik siyqa bo‘lib
yangramasin, yana mavjud resurslardan foydala- nishni bilmoq kerak. Bu esa – har
qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqamasligi
kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar va
resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar , xizmatlarni yaratish va kattaroq
foyda olish maqsadida foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |