qobiliyatilari bilan
ta‘riflanadi.
To’rtinchi alomat
. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va
natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan
tadbirkorlikning shakli
va korxonaning unga mos keluvchi
tash- kiliy tuzilmasi
bilan belgilanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma o‘zini
ko‘rsatib bo‘lganligi tushunib, markazlash- tirilganlikni tugatgan. Natijada
belgilangan tijorat doirasida bir birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14
mustaqil birliklar – kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbiokorlikni
rivojlanishi va umuman IBMning foydasini ko‘payishiga olib kelgan. Uning
bo‘linmalari endi nafaqat ―foyda markazlari‖ sifatida, balki ―yangilik kiritishlar
markazi‖ sifatida faoliyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan
ajrab chiqqan 14 kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin yaqingacha bu barcha
to‘rtta alomatlarni, ya‘ni korxonalarning ―iqtisodiy salohiyati‖ni birlashtiruvchi
tushuncha mana nima uchun bo‘lmagan. G‘arbdagi texnologik ko‘tarilish paytida
ustivorlik asosiy kapital: mashinalar, dastg‘ohlar, uskunalar va boshqa moddiy-
ashyoviy resurslar turlarida bo‘lgan. Keyin esa texnik omildan katta samara olish
imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e‘tibor kishilik kapitalga, xuddi
xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiatidan to‘liq foydalanishga
qaratilgan. SHunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar
tugagan bo‘lib ko‘ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. SHuning uchun
bugun muvaffaqiyat qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli
quyidagicha ko‘rinadi:
kishilik kapital + asosiy kapital + aylanma kapital =
firmaning iqtisodiy salohiyati.
G‘arbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyatning barcha
ko‘rsatib o‘tilgan elementlarini, va hammadan avval kishilik va asosiy kapitalni
muvafiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga ―kalit‖ni
ko‘radilar. SHuning munosabati bilan biznes doiralarida katta obro‘ga ega Li
Yakokkning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: ―Barcha xo‘jalik
operatsiyalarni pirovardida uchta so‘zlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin:
odamlar, mahsulot, foyda. Birinchi o‘rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli
jamoa bo‘lmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin‖.
An‘anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va
to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar
shaklida) hisobga olingan, shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab
chiqarishni rivojlanishidagi mustaqil asosiy omil bo‘ladi. Pulni hisoblashni
biluvchi xorijiy biznesmenlar o‘zlarining tajribalarida shunga iqror bo‘ldilarki,
insonga kiritma(malakani oshirish, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, firma hisobidan bo‘sh
143
vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni ko‘paytiradi va raqobarbardoshlikni
oshiradi.
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli
uzoq vaqtlar amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan
biznesimizda ham ko‘rsatib o‘tilgan modelning ayrim elementlarini qo‘llash
zarurligini his qilgan korxonalar bo‘lsa ham. Masalan, ―Plastik‖ kooperativi
xodimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan shifokorlarning
navbatchiligi, o‘z xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman to‘lash
bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pulardan bir qismini hayriya
ishlariga ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni
bizning korxonalarimiz hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy
salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan,
insonparvarlik, innavatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha
belgilaniladi:
- unda mavjud bo‘lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo‘lganlarning soni, aylanma
fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar,
litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan);
- xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir
mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma‘lumotli,
malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan;
- menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga
qobiliyati ( menejerning tayyorgarligi, ist‘edodi va kasbiy moslashganligi, korxona
tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan;
- innavtsion qobiliyatlari bilan ( ya‘ni korxonani ishlab chiqarishlarni
yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan);
- axborotli qobiliyatlari bilan (ya‘ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda
foydalanish uchun ishlab chiqish va ―qo‘shimcha ishlov berish‖ usuli);
- moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi
ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan.
Yig‘ilgan holda ular korxonaning yig‘ma (iqtisodiy va sotsial) qobili- yatini
tashkil qiladilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan
solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi.
SHunday qilib,
korxona salohiyatining raqobatbardoshligi
– uning muhim
parametrlari holatinini qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo‘jaligi,
soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo‘lgan
salohiyatining solishtirma ta‘rifidir. Xori- jiy biznesda korxona salohiyati raqobat
bardoshligini baholash uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Indikatorli usul.
Uning asosiga indikatorlar tizimi qo‘yilgan bo‘lib, uning
yordamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy
iqtisodiyot salohiyati raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda
indikator ostida u yoki bu tadqiqot qilinayotgan ob‘ektni shakllantirilgan
ko‘rinishda bayon qilishga imkon beruvchi ta‘riflarning majmuasi va ular asosida
144
uni faoliyat yuritishining performance (natijaviyligi)ni oshirish bo‘yicha
tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, o‘z navbatida, enli tadqiqot
qilinayotgan ob‘ektning alohida elementlapi holatini aks ettiruvchi bir qator
ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi – u yoki
bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va ―salomatli- gi‖ning holatini
belgilashga imkon beruvchi o‘ziga xos ―gradusnik‖, ―barometr‖dir. Keyin
sog‘lomlashish va ularning holatini yaxshilash ( ya‘ni raqobatbardoshligini
oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va
mavjud salohiyatdan foydalanish yo‘llari bashoratlanadi, ularni boshqarishning
yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |